Mana yangi oʻquv yilini ham boshlab oldik.
Ilk safar va pedagoglar bilan uchrashuvni Soʻx tumanidan boshlashni niyat qilgandim. Shu maqsadda kecha
Soʻxga bordik, kunning birinchi yarmida tumandagi
pedagoglar bilan uchrashib, ochiq muloqot qildik.
Tumanda oʻzgarishlar katta, birgina joriy yildagi investitsiya davlat dasturi asosida
3 ta maktab, 3 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti yangidan barpo etilib,
qoʻshimcha 360 oʻrin yaratildi. Yana
bitta maktabgacha taʼlim tashkilotida qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Kunning ikkinchi qismida yangi qurilgan, 120 oʻringa ega
30-sonli MTTda boʻldim. Bolajonlar bilan suhbat, mashgʻulotlarda qatnashish, ularni tinglash, mahoratlarini koʻrib zavqlanish – men uchun kechagi kunning eng yorqin voqeasi boʻldi.
Tuman bilan bogʻliq maqsadlarimiz katta, birgina misol: Soʻxda maktabgacha qamrov –
70,8 foiz boʻlib, yil oxiriga qadar
76 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Bu vazifalarni
jonkuyar pedagoglar, jamoamiz, taʼlimga befarq boʻlmagan insonlar koʻmagida uddalaymiz, albatta!
@hilola_umarovaПоказать полностью ...