❇️IBORALAR❇️
▪️Jon kuydirmoq ➖ Ruhan kuchli bezovtalangan holda g'amxo'r bo'lmoq.
▪️Yuziga oyoq qo'ymoq Behurmat qilish darajasida hisoblashmaslik. Varianti: yuziga oyoq bosmoq; yuziga oyoq tiramoq.
▪️Ipidan ignasigacha ➖ Butun tafsiloti bilan, mayda-chuydasigacha batafsil. Varianti: ignasidan ipigacha. Ma'nodoshi: miridan
sirigacha, qilidan quyrug'igacha. O'xshashi: boshdan oyoq.
▪️Istarasi issiq Xush ko'rinishli, yoqimli, jozibador. Varianti: yulduzi issiq; sitorasi issiq. Zidi: so'xtasi sovuq.
▪️Ich-etini yemoq ➖ Ruhan azoblanmoq, ezilmoq (fikr-o'yini boshqalarga aytmay). Varianti: ichini yemoq, etini yemoq. Ma'nodoshi: o'z yog'iga o'zi qovurilmoq. O'xshashi: ichini kemirmoq, o'zini o'zi yeb qo'ymoq.
▪️Kayfi buzuq ➖ Kayfiyati yomon, xafa. Ma'nodoshi: ta'bi xira; ta'bi tirriq. O'xshashi: avzoyi buzuq.
▪️Ko'z ilg'amas I ➖Bilinar-bilinmas, mayda.
▪️ Ko'z ilg'amas II ➖Cheksiz, poyoni(oxiri)ko'rinmaydigan.
▪️Ko'ngliga qo'l solmoq➖ Eng yashirin fikr-o'ylarini bilishga harakat qilmoq. Varianti: yuragiga qo'l solmoq. O'xshashi: qo'yniga qo'l solmoq.
▪️Ko'nglida kiri yo'q ➖ Kek saqlamaydigan, g'arazi yo'q, begidir. Varianti: yuragida kiri yo'q. O'xshashi: ko'ngli toza.
▪️Yetti uxlab tushiga kirmaslik➖ Mutlaqo o'ylamaslik, kutmaslik.
▪️ Yetti uxlab tushida ko'rmaslik➖ Hech qachon ko'rmaslik.
❗️Abituriyentlarga yetkazib qo‘ying.
🏢 @ONA_TILI_TEZKOR |
@ONA_TILI_TEZKOR
@ONA_TILI_TEZKOR
Показать полностью ...
ONA TILI TEZKOR | SulolaEDU
✯ Oʻzbek tili va adabiyotiga ixtisoslashgan kanal!
✓ Sulola education
Istalgan kitobni topib beradi:
➪ @Books_BazaBot
🎓Onlayn kurs: @Sulola_Edu
📞 +99-8-(88)-007-98-97
Reklama xizmati: @RekXizmatiii
@Admission_course