The service is also available in your language. To switch the language, pressEnglish
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Категорія
Гео і мова каналу

статистика аудиторії METODIK YORDAM

«METODIK YORDAM» kanaliga hush kelibsiz! GURUXIMIZ👇👇👇  https://t.me/+TbEkgukx5Q-MsT3W  ✔️Ta'lim yangiliklari ✔️Dars ishlanmalar ✔️Testlar ✔️Taqdimotlar ✔️Media mahsulotlar ✔️Ssenariylar ✔️Kitoblar Adminga murojaat  @ZAFARBEK_ADMIN  Reklama:  @Rg_Agentlik  
Показати весь опис
8 4430
~0
~0
0
Загальний рейтинг Telegram
В світі
61 301місце
із 78 777
У країні, Узбекистан 
1 701місце
із 2 295
У категорії
2 155місце
із 2 347

Стать підписників

Ви можете дізнатися, яка кількість чоловіків і жінок підписані на канал.
?%
?%

Мова аудиторії

Дізнайтеся який розподіл підписників каналу по мовах
Російська?%Англійська?%Арабська?%
Кількість підписників
ГрафікТаблиця
Д
Т
М
Р
help

Триває завантаження даних

Період життя підписника на каналі

Дізнайтеся на скільки затримуються користувачі на каналі.
До тижня?%Старожили?%До місяця?%
Приріст підписників
ГрафікТаблиця
Д
Т
М
Р
help

Триває завантаження даних

Погодинне зростання аудиторії

    Триває завантаження даних

    Час
    Приріст
    Всього
    Події
    Репости
    Згадування
    Пости
    Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
    ⚡️Umumiy oʻrta ta’lim maktablari uchun 2023-2024 oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv reja tasdiqlandi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining "Umumiy oʻrta ta’lim maktablari uchun 2023-2024 oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejani tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 125-sonli buyrugʻi. Umumiy oʻrta ta’lim maktablari uchun 2023-2024 oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv reja BUYRUGʻI va unga ILOVALAR bilan yuqoridagi faylda batafsil tanishishingiz mumkin. 📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling 👉
    Показати повністю ...

    2023-2024 таянч ўқув режаси .pdf

    4 975
    115
    Maktablarning egasi bormi? Umuman olganda maktablarga xoxlagan odamning kelib tekshiruv qilishi bu maktablar darvozasiz karvonsaroy bo'lib qolganligini, maktabga tekshirish deganda hech yo'q tekin tushlik yoki tekin choyxona ko'zga ko'rinadi. Maqsad nima o'zi agar shunchaki yelkani tepasidagi boshni ishlatib qaralsa ro'mol aslida bir parcha mato xalos. Shu mato yoshlarning ta'lim olishiga qanchalik ta'sir o'tkazadi. Agar boshingiz ishlasa albatta buni tushunasiz. Xo'sh qayoqdagi bir mahalla faoli maktabga kelib voyaga yetmagan qizlarga sen vatan xoinisan deyishi qaysi mantiqqa to'g'ri keladi. Na qonunga na o'zbekchilik na axloqqa to'g'ri kelmaydi. Direktor janoblari siz nima qilib o'tiribsiz maktabda. Kim kelsa quchoq ochib kutib olavermasdan keskinroq va qatiyatliroq bo'lmaysizmi. Prezidentni o'zi ro'molga ruxsat deb turganida qolganlar kim bo'libdiki buni rad etsa. Yoki sizlar prezident siyosatiga qarshimisizlar? Shunda kim xoin ekanini qaytadan ko'rib chiqarmiz? Endi ta'lim vazirligi qayoqqa qarayabdi? Maktablarga huquqiy ongi bor, dunyoqarashi kengroq shahslarni raxbar qilinglar. Yoki bu imkonsizmi? Shu qizlarni sinf raxbari yoki maktabdagi ustozlar sizlar nima qildinglar? Qarsak chalib turdinglarmi? Maktablarni egasi bormi o'zi ?
    Показати повністю ...
    3 213
    20
    Таълим масканларида яна ҳижоб мавзуси... Олтиариқ тумани, 10-умумтаълим мактабидан билдирги ёзишибди. Сиз ҳижоб мавзусига қандай қарайсиз? Каналга уланиш👇👇👇 | |
    2 764
    18
    💜💜💜💜💜💜 💜💜💜💜💜 ENDI YANGILANGAN KO'RINISHDA!!! Al Chiroq - sizni har kuni 5.000 MB, 3.000 daqiqa, 500 tagacha SMS, shuningdek, ko’plab qimmatbaho sovg’alar va hisobingizga 50.000 so’mgacha olish imkoni kutmoqda. Faqat Ucell abonentlari uchun. 🔼USSD - *️⃣7️⃣1️⃣8️⃣#️⃣ 📲 🤖 💬
    1 609
    2
    ⚡️Maktablarda “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha zarur tavsiyalar ishlab chiqildi Joriy yil umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻtkaziladigan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi. Unga koʻra: 👉 umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari 2023-yil 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!» shiori ostida tashkil etiladi; 👉 tadbirga maktabdagi oʻquvchilar sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi; 👉 mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish va boshqa zarur choralarni koʻrish taʼminlanadi; Shuningdek, tadbir davomida: 👉 maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, shuningdek, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” kabi nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi; 👉 2022-2023-oʻquv yili davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlanadi; 👉 faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, kasaba uyushmasi, mahalla va hamkor tashkilotlar, shuningdek, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi. 2022-2023-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taʼqiqlanadi: 👉 “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish; 👉 umumiy oʻrta taʼlim muassasalari rahbarlari hamda oʻqituvchilarga bitiruvchilar tomonidan turli qimmatbaho sovgʻalar taqdim etish, qoʻshimcha turli tantanali tadbirlarni oʻtkazish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish. 📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling 👉
    Показати повністю ...
    3 918
    50
    Direktor oʻrinbosarlari maktab direktori hamda tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi lavozimlariga tavsiya etiladi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan imzolangan qoʻshma qarorga koʻra maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari umumiy oʻrta taʼlim maktablari direktori hamda tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi lavozimlariga tavsiya etiladi. Shuningdek, tashabbuskor, islohotlarni amalga oshirishda haqiqiy jonbozlik koʻrsatgan har tomonlama munosib direktor oʻrinbosarlari davlat mukofotlariga ham tavsiya etib boriladi. Eslatib oʻtamiz, tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etgan respublika boʻyicha 200 nafargacha maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari har chorakda 3 mln 300 ming soʻm miqdorda Yoshlar ishlari agentligining maxsus jamgʻarmasi hisobidan ragʻbatlantirib boriladi. 📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling 👉
    Показати повністю ...
    3 705
    23
    ❓ЗАКОВАТНИ ПОРТЛАТГАН САВОЛ 7–синф ўқувчиси берган саволга, 92% одамлар тўғри жавоб бера олмади, хатто заковатчилар хам! ИНСОННИНГ ҚАЙСИ ОРГАНИ, ИНСОН ВАФОТИДАН КЕЙН ХАМ ЎСА ОЛАДИ? (яъни бу орган, инсон қабрда ётканида хам ишлаб туради ва ўсади)🤔👇
    1 202
    4
    ⚡️Maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari 3.3 mln soʻm miqdorida ragʻbatlantiriladi Maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari faoliyatini Yoshlar agentligi va Yoshlar ittifoqi bilan hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlari belgilangan boʻlib, mazkur yoʻnalishda eng yaxshi naʼmunali direktor oʻrinbosarlarini har chorakda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan BHMning 10 barobar miqdorida mukofot beriladi! Asos: MMTV, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi tomonidan birgalikda imzolangan yuqoridagi fayldagi qoʻshma qarori. 📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling 👉
    Показати повністю ...

    Qo'shma qaror.pdf

    3 668
    40
    ❗️Endilikda ish haqini har bir kechiktirib berilgan kuni uchun ish beruvchi tomonidan pulli kompensatsiya toʻlanadi Yangi tahrirdagi mehnat kodeksining 333-moddasiga koʻra, ish beruvchi ish haqi toʻlash kechiktirilgani uchun xodim oldida moddiy javobgar boʻlishi belgilandi. ▪️Unga koʻra, ish beruvchi ish haqini, taʼtil toʻlovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi toʻlovlarni va xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni toʻlash muddatini buzgan taqdirda, ularni toʻlov muddatidan keyingi kundan eʼtiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni oʻz ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun Markaziy bankning oʻsha vaqtda amalda boʻlgan asosiy stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar(pulli kompensatsiya)bilan birga toʻlashi shart! Xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan pulli kompensatsiyaning miqdori Markaziy bank asosiy stavkasining oʻn foizi miqdorida belgilanadi. Uning miqdorida jamoa shartnomasi, ichki hujjat yoki mehnat shartnomasi bilan oshirilishi mumkin. ❗️Ish haqi toʻlanadigan kun dam olish kuniga yoki ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelganda, ish haqi ushbu kunlar arafasida toʻlanadi. ◽️ Maʼlumot uchun, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 2023-yilning 30-aprelidan kuchga kiradi 📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling 👉
    Показати повністю ...
    4 143
    62
    MAY OYIDAN BOSHLAB PEDAGOG XODIMLAR QANCHA OYLIK OLADI? 2023-yilning1-may oyidan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshiriladi. May oyidan oshirilgan oyliklar boʻyicha hisoblanganda pedagog xodimlar quyidagicha oylik oladilar: 👉 Mutaxassis – 2 755 655 soʻm 👉 Oliy toifa– 3 798 940 soʻm 👉 Birinchi toifa – 3 437 739 soʻm 👉 Ikkinchi toifa – 3 085 098 soʻm ( 👉 Oʻrta maxsus ma’lumotli – 2 575 883 soʻm 📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling 👉
    Показати повністю ...
    4 623
    80

    DIQQAT❗❗❗ Siz yoki sizning kasbdoshlaringiz siz ishlayotgan tashkilotda referendumni o'tkazish uchun yoki qatnashish uchun tungi navbatchilik va boshqa ko'rinishdagi ishlarga majburlanmoqdami? Barcha kanallar va guruxlarga yuboring. Anonim ovoz berish.

    Ha majburlashyabdi
    Yo'q majburlash bo'lmayabdi
    Javob berishga qiynalaman
    0
    Анонімне голосування
    2 752
    2
    Манетта - ҳар йили 1 синф ўқувчиларига (халқ/бюджет пули хисобидан) бериладиган “Президент совғаси” учун 13,5 млрд сўмга қимматроқ харид ҳолати аниқланипти. Кун.узнинг ёзишича Мактабгача ва Мактаб таълими вазирлиги раҳнамолигидаги унитар корхона орқали 13,5 миллиард сўм бюджет пули туда-сюда бўбкетиш арафасида экан. (Бу сезилиб қолгани. Ҳали, ўтган йилларда нималар бўлгани номалум). Энг қизиғи Мактабгача ва Мактаб таълими вазирлиги юқоридаги ҳолат бўйича изоҳ бермай, қочиб юрипти экан. Давлат даражасидаги бундай шубҳали “олди-бердилар” авваллари ҳам кўп кузатилган юртимизда. Лекин, бу сафаргиси ими-жимида ёпти-ёпти бўбкетмаслиги керак. Хеч йўқ шу таълим вазирликлари ўз жиғилдонларини жиловлай олишлари даркор ва шарт! Юқоридаги ҳолат (халқ пулларининг шубҳали сарфланиши) юзасидан ММТВ вазири Хилола Умаровадан изоҳ талаб қиламиз!
    Показати повністю ...
    2 513
    11
    ⚡️Pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish ham 2024-yil 1-yanvardan boshlanadi. Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari maʼlum qildi. 2023-yilda majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak boʻlgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari 2024-yilga qadar amal qiladi. 📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling 👉
    3 207
    29
    Ingliz tilini online shaklda oʻrganib IELTS 7 natija olishni xohlaysizmi? U holda navbatdagi bepul darslarda ishtirok eting! 📎 Productive School online taʼlim markazida navbatdagi bepul darslarga start berilmoqda!!! 🗒 Darslarning davomiyligi 1 hafta boʻlib ushbu darslarda siz ingliz tilini oʻrganishga doir foydali bilimlarga ega boʻlasiz. Shu bilan birgalikda IELTS olish uchun general Englishʼning ahamiyati, soʻz yodlashdagi muammolar va ularning yechimi, speaking va tarjima qilish koʻnikmalarini rivojlantirishga doir nazariy va amaliy darslar tashkillashtiriladi. 📊 Darslar 1 may soat 20:30 dan boshlanadi Ishtirok etish mutlaqo bepul, shunchaki @productive_school kanalini kuzatib boring va oʻz bilimlaringizni rivojlantiring! IELTS 7 masalasida hazillashmadik, o’quvchilarimiz orasida ushbu natijaga erishganlar bor! [Productive_school — sifatli taʼlimning online timsoli
    Показати повністю ...

    IMG_3102.MOV

    2 101
    19
    ⚡️Kundalik.com: Endi o‘qituvchi bitta sahifada ham uy vazifasini berishi, ham baho qo‘yishi, ham mavzuni ko‘rishi mumkin Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimiga o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra: “Kun uchun jurnal”da “dars o‘tkazildi” katagiga belgi qo‘yish mumkin bo‘ldi. Endi o‘qituvchilar “Kun uchun jurnal”da davomat va baholarni hamda darhol dars o‘tkazilganligini belgilashlari mumkin. O‘qituvchilar jurnalni “Kundalik”ning veb-talqinida, mobil brauzerda, shuningdek Kundalik.Teacher ilovasida to‘ldirishlari mumkin. Direktorlarning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun “Ma’naviyatni boshqarish, Maktab” hamda “Ma’naviyat boshqaruvi”, “Sinf rahbari uchun” davomat hisobotlari paydo bo‘ldi. Bu esa nazorat qiluvchi organlarga ma’lumotlarni uzatishni soddalashtiradi. 📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling 👉
    Показати повністю ...
    4 582
    59
    ⚡️Oʻquvchilar faqat o‘zlari yashaydigan hududdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga oʻqishga qabul qilinadi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2023-2024-o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish yuzasidagi brifingda bu haqida ma'lum qilindi: ➡️ Oʻquvchilar faqat oʻzlari oʻqiyotgan umumtaʼlim muassasasi joylashgan hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahri)dagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga oʻqishga qabul qilinadi. ➡️ Respublikaning turli hududlaridagi talabgorlar Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktabning 5-sinfiga hamda Mirzo Ulugʻbek va Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning 7-sinfiga parallel ravishda hujjat topshirishlari mumkin. 📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling 👉
    Показати повністю ...
    3 448
    15
    ⚡️Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2023-2024 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish yuzasidagi brifingda berilgan savollarga javoblar: 👉 00:18 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida qanaqa yoʻnalishlar tashkil etiladi va qaysi sinflarga necha nafar oʻquvchilar qabul qilinadi? 👉 00:48 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qachon va qanaqa hujjatlar topshiriladi? 👉 01:18 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjat topshirish uchun oʻquvchining baholariga qanaqa talab qoʻyiladi? 👉 01:33 Oʻquvchi Respublikadagi xohlagan Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjat topshira oladimi? 👉 02:12 Kirish imtihonalarining natijalari qachon eʼlon qilinadi?  👉 02:37 Qanday holatlarda hujjatlarni qabul qilish rad etiladi? 👉 03:10 Kirish imtihonlari takroran o‘tkaziladimi? Agentlik axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov 📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling 👉
    Показати повністю ...

    IMG_4448.MP4

    1 637
    15
    🟦🟦🟦🟦 VAQT KAM QOLMOQDA! ———————————————— MAGISTRATURA va Doktaranturaga kirish imkoniyatini beruvchi TURK TILI Milliy sertifikat uchun tayyorlov boshlandi! ✅Davomiyligi: 4-5 oy (A1,A2,B1,B2) ✅Boshlanish vaqti: 25.04.23 Hoziroq ro’yxatdan o’ting va chegirmalarga ega bo’ling😊 ———————————————— 👉 👩🏻‍🏫 Menejerga 📞 (55)5006050 META-TA’LIM | Turk tili markazi ———————————————— 🕊 📱 📱 📺 📱
    1 365
    3
    ⚡️Oʻquv jarayonlari joriy yilning 25-aprelidan boshlanadi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli asosan Ramazon hayiti munosabati bilan berilayotgan qoʻshimcha dam olish kunlari 21-apreldan 24-aprelga qadar (shu kuni ham) mamlakatimizdagi barcha umumtaʼlim va maktabgacha taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonlari boʻlmasligini, oʻquv jarayonlari joriy yilning 25-aprelidan boshlanishini maʼlum qilamiz. Dam olish kunlariga toʻgʻri kelgan mavzular oʻquv yilining 4-choragi davomida tigʻizlashtirib oʻtilishi tavsiya etiladi. 📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling 👉
    Показати повністю ...
    6 428
    86
    ‼️Prezident maktabi kirish imtihonlarida qanday savollar berilad!? DIQQAT👉Prezident matkabiga jiddiy tayyorlanib kirishga muvaffaq bo’lgan o’quvchi oila budjetiga qancha foyda keltiradi⁉️👇👇👇 👉Shu yerga bosing.👈 TEZKOR ‼️Prezident maktabi🔰 imtihonlari numunasidagi eng sara matematika testlari, tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testlari berib boriluvchi @PMTESTS kanalida imtihonlarning namunaviy testlari bo'yicha to'liq tasavvurga ega bo'ling! Kanalimiz obunachilari hozirgacha: 💠 ✅65 ta matematika fanidan saralash imtihoni testlari ✅32 ta tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testlari bilan bilimlarini oshirib 🔑yechimlarini o'rganib (jami 2300 ga yaqin savollar📄) o'zlashtirib📈 bo'ldi. 🫵SIZCHI? Siz ham prezident maktabi imtihon savollaridan xabardormisiz?! BUGUN soat 20:00da 66-online Matematika testi @pmtests Kanalimizda ochiq o'tkaziladi. 🫵SIZning bilimingizni oshirib beruvchi quyidagi kanallarga obuna bo'ling.👇👇👇 👉 1-kanal. Prezident maktabi testlari Asosiy kanal. 👉 2-kanal. 1-11-sinflar uchun MATEMATIKA testlar. 👉 3-kanal. Prezident maktabi ingliz tili testlari.
    Показати повністю ...
    Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
    Kanalda PREZIDENT MAKTABLARIga tayyorlanayotgan maktab o'quvchilari uchun ♦️Testlar 🔴Tanqidiy fikrlash 🔵 Maktab yangiliklari berib boriladi. Guruh: @pmtests_guruh Ingliz tili testlari: @pmtests_english Pullik kanal ma'lumotlari: @pullikkanaltavsifi
    1 880
    4
    Maktablarda oʻqish 25-apreldan boshlanadi 21-apreldan 24-aprelga qadar Oʻzbekistondagi barcha umumtaʼlim va maktabgacha taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonlari boʻlmaydi, oʻquv jarayonlari 25-apreldan boshlanadi. 📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling 👉
    6 021
    100
    ❗️Rasman: 4 kun ketma-ket dam olish kuni bo’ladi Prezident farmoniga ko’ra, Ramazon Hayiti munosabati bilan quyidagi kunlar dam olish kuni bo’ladi: 👉 21-aprel, juma — Hayit bayrami; 👉 22-aprel, shanba — 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni; 👉 23-aprel, yakshanba — odatdagi dam olish kuni; 👉 24-aprel, dushanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni. 📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling 👉
    7 016
    100
    🌙Rasman: Ramazon hayiti 2023-yil 21-aprel kuni nishonlanadi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi diyorimizda joriy yilda Ramazon hayiti 2023-yil 21-aprel juma kuniga toʻgʻri kelishi haqida qaror qabul qildi. 📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling 👉
    3 256
    21
    ❗️Surxondaryo viloyatida erkak o'qituvchi ayol oʻqituvchilarni kaltakladi Aytishlaricha bu holat 14-aprel kuni Uzun tumani 31-umumiy oʻrta taʼlim maktabida sodir boʻlgan. Bosh prokuratura tomonidan maktab oʻqituvchilari ommaviy doʻpposlanganligi bilan bogʻliq videoyozuvdagi holat oʻrganilmoqda. Manba: @uzaxborot24 📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling 👉

    file

    3 428
    26
    IT va BIZNES sohasiga qiziqasizmi ? Unday boʻlsa, IT va biznes sohasida IDU universitetida GRANTda oʻqishni qoʻldan boy bermang! IDU - International Digital University (Xalqaro Raqamli Universitet) 90% grantda oʻqishni 📥Hujjatlar 27-aprelga qadar onlayn tarzda orqali qabul qilinadi. 🎲 Universitetga kirish imtihoni 29-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Fursatni qoʻldan boy bermang! Joylar soni chegaralangan! Xalqaro diplom;Britaniya ta’lim standartlari; ✅Oʻqish mobaynida IT-kompaniyalarda malaka oshirish; ✅Bitiruvchilar uchun AQSH va Yevropa mamlakatlarida ish faoliyatini yuritish imkoniyati. ✅ 21-asrning eng talabgir IT va biznes yo'nalishlar sizni kutmoqda. 🔗 |
    Показати повністю ...
    2 390
    7
    ⚡️Oʻzbekistonda maktab direktorlari tanlov asosida tayinlanishi mumkin “Vazirga murojaat” portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga videobayonot tarzida berilgan javobga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktab direktorlarini lavozimga tayinlash va umumtaʼlim muassasalarini zamonaviy bilimli rahbar kadrlar bilan taʼminlash maqsadida qator amaliy ishlar olib borilmoqda. “Xususan joriy yil davomida maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish jarayonini Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan tanlov asosida tashkil etish boʻyicha tegishli huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanmoqda”, — deyilgan bayonotda. Ayni paytda maktab direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish hokimlar boshchiligidagi mahalliy xalq deputatlari kengashi bilan kelishilgan holda amalga oshirilmoqda. 📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling 👉
    Показати повністю ...
    3 495
    14
    #Tezkor ⚡️9-11-sinflarga 2022-2023-oʻquv yili uchun imtihon javoblarini hoziroq yuklab oling! Boshqa fanlarni yuklash ⬇️
    33 972
    727
    ⭕️⭕️⭕️ ⚡️Shu yildan maktabda olingan yakuniy baholar kirish imtihonlarida hisobga olinadi 📌 Hukumat qarori bilan Ta'lim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining o'rtacha ko'rsatkichini hisoblash va uni oliy ta'lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi. ✅Nizomga muvofiq, maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik ta'limning so'nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qo'shiladi. Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi. ✅Baholarning o'rtacha ko'rsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yig'indisini o'qitilgan fanlarga bo'lish orqali chiqariladi. 🟢Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha o'tkaziladi: ➡️ 86-100% uchun – 5 baho; ➡️ 71-85% – 4 baho; ➡️ 56-70% – 3 baho va 56% gacha – 2 baho. 📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling 👉
    Показати повністю ...

    Ўзбекистон_Республикаси_Вазирлар_Маҳкамасининг_696_сонли_қарори.pdf

    6 581
    83
    ⚡️Oʻzbekistonda pensiya yoshini 65 yoshga oshirish tavsiya qilindi Jahon bankiga koʻra, Oʻzbekistondagi demografik oʻzgarishlar va qariyalar sonining koʻpayishi pensiya tizimiga bosim koʻrsatmoqda. «2025-yildan pensiya yoshini sekin 65 yoshgacha oshirishni nazarda tutuvchi 2021-2030-yillarga moʻljallangan Milliy ijtimoiy himoya strategiyasi doirasida qaror qabul qilish eng yaxshi variant boʻladi. Kelgusida bu demografik oʻzgarishlar bosimini kamaytirib, mehnatga layoqatli va pensiya yoshi oʻrtasidagi chegarani asta-sekin oʻzgartiradi. Ishchi kuchining demografik oʻsish salohiyati tugagunga qadar (2040-yillarning oʻrtalarida) buni amalga oshirish uchun mamlakatda vaqt boʻlishi juda muhim, chunki bu milliy raqobatbardoshlik masalasidir», deyiladi Jahon banki hisobotida. Eslatib o'tamiz, hozirda pensiya olish huquqiga: erkaklar 60 yoshda - ish staji 25 yil bo'lganda, ayollar esa 55 yoshda - ish staji 20 yil bo'lganda ega bo'ladilar. 📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling 👉
    Показати повністю ...
    5 546
    93
    Yutuqli olimpiadada ishtirok eting - sovrin 12 ta g'olib uchun 600,000 so'm! Bugun 11-aprel kuni soat 09:00 dan 21:00 ga qadar platformasida 3-6-sinf o'quvchilariga mo'ljallangan onlayn olimpiada bo'lib o'tadi. Test savollari Matematik mantiq va ingliz tilidan, barcha maktab o'quvchilari qatnashishi mumkin. 💰 1-o'rin va 11 ga karrali yana 11 ta o'rin (11-22-33-44-55-66-77-88-99-110-121 o'rinlar) sohiblarining har biriga 50,000 so'mdan pul yutuqlari beriladi. 🏅 50% va undan yuqori natijali ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi! ➡️ Testda qatnashish uchun orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak. Qani olg'a, sinfdosh va do'stlaringizni tezroq xabardor qiling!
    Показати повністю ...
    2 350
    4
    Останнє оновлення: 11.07.23
    Політика конфіденційності Telemetrio