Prezident Shavkat Mirziyoyev
qishloq xoʻjaligidagi islohotlar ijrosiga oid taqdimot bilan tanishdi.
Yurtimizda
136 ta tumanda
1 million gektardan ziyod yerda
paxta yetishtiriladi. Hosildorlikni oshirish maqsadida bu yil, odatdagilariga qoʻshimcha,
42 ta istiqbolli va
18 ta xorijiy navlar ekilgan. Jumladan,
ilk bor Xitoy, Hindiston va Turkiyadan olib kelingan navlar qariyb
100 ming gektarda yetishtirilmoqda.
Shuningdek, yangi tajribalar sifatida
112 ming gektarga
tindirilgan urugʻ,
200 ming gektarga viloyatlararo va tumanlararo navlar almashlab ekildi.
Mutasaddilar ushbu yangiliklarning natijalari va kelgusi yil uni yanada kengaytirish rejalari yuzasidan
axborot berdi.
Kanalga ulanish:
➖
@uzauzПоказати повністю ...