The service is also available in your language. To switch the language, pressEnglish
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Категорія
Гео і мова каналу

статистика аудиторії Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal ▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki! Reklama uchun👉  @Reklama_TalabaUz  Savol, taklif va muommolar uchun:👉  @NodirUz  
Показати весь опис
21 2590
~0
~0
0
Загальний рейтинг Telegram
В світі
37 343місце
із 78 777
У країні, Узбекистан 
1 120місце
із 2 295
У категорії
1 470місце
із 2 347

Стать підписників

Ви можете дізнатися, яка кількість чоловіків і жінок підписані на канал.
?%
?%

Мова аудиторії

Дізнайтеся який розподіл підписників каналу по мовах
Російська?%Англійська?%Арабська?%
Кількість підписників
ГрафікТаблиця
Д
Т
М
Р
help

Триває завантаження даних

Період життя підписника на каналі

Дізнайтеся на скільки затримуються користувачі на каналі.
До тижня?%Старожили?%До місяця?%
Приріст підписників
ГрафікТаблиця
Д
Т
М
Р
help

Триває завантаження даних

Погодинне зростання аудиторії

Триває завантаження даних

Час
Приріст
Всього
Події
Репости
Згадування
Пости
Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
Imtiyozlar tartibga solinishi emas, tugatilishi kerak Diplomatiya universitetiga kirish imtihonlarida maksimal ball to‘plaganiga qaramay, imtiyozxo‘rlar byudjet o‘rinlarini egallab bo‘lgani tufayli kontraktda o‘qishi aytilgan talabalarning Prezident granti asosida byudjet hisobida o‘qishi jamoatchilik tarafidan xursandchilik bilan kutib olindi. Men ham iqtidorli qizlar uchun juda xursandman. Lekin shu bilan adolat tiklandi, deyish g‘irt yolg‘onchilik bo‘lardi. Muammoning ildizi qanday bo‘lsa, shundayligicha turipti. Hatto kvotalarning alohidalashtirilishi yoki ularning ro‘yxatini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish ham yechim emas. Imtiyozlar butunlay tugatilishi lozim va bu ishni aytaylik, ramziy ma’noda Prezident maktablaridan boshlash zarur. To‘rt muchasi sog‘, ayniqsa o‘zini iqtidorli deb bilganlar imtiyozdan foydalanishdan uyalishlari kerak. Ta’lim mafkurasi ham shuning ustiga qurilishi zarur. O'tgan safarshu haqda yozgandim. Temurbeklar maktabimi, zulfiyachimi, melisaning yo o‘rmonchining bolasimi, farqi yo‘q. Barchaga teng imkoniyatlar yaratilishi zarur. Yana takrorlayman: Marhamat qilib, raqobatga kirishing. Kurashing. Yuting. Haloli bo‘lsin. Yutqazing. Yana kurashga kiring. © Iqtisodchi Otabek Bakirov 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
Показати повністю ...
8 846
40
Shuncha imtiyoz nimaga kerak o'zi? 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
6 523
44
ZO’RDAN ZO’R CHIQDI. PREZIDENT ADOLATNI TIKLADI 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇

ZO’RDAN ZO’R CHIQDI. PREZIDENT ADOLATNI TIKLADI.mp4

9 917
75
Zaring yo zo‘ring bo‘lmasa biliming bir tiyin. O‘zbekiston bu! 🎬 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇

tizer~1.mp4

10 103
71
⚡️ 2023-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari ✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida tashkil etiladi. 👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi. 📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. 📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. ❗️ Oktabr oyidan boshlab chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida har bir bo‘lim uchun alohida vaqt belgilanadi va test materiallari alohida tarqatiladi. Ⓜ️ Bilim va malakalarni baholash agentligi 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
Показати повністю ...
9 051
62
🤔 Qanday qilib koʻpchilik kursdoshlaringiz va hamkasblaringizdan koʻra muvaffaqiyatliroq boʻlish mumkin? 📈 Iqtisodiyotning jadal oʻsishiga qaramay, Oʻzbekistonda ishsizlik hali hamon dolzarb muammo boʻlib qolmoqda, mehnat bozoridagi raqobat esa soʻnggi yillarda faqat kuchaymoqda. 📚 IT Park va Coursera qoʻshma loyihasi — sizga eng ishonchli vosita — bilim orqali raqobatbardoshligingiz va talabgirligingizni oshirishga yordam beradi. Statistik maʼlumotlarga koʻra, Coursera bitiruvchilarining 91 foizi yangi ishga joylashadi yoki lavozimi oshiriladi. Bundan tashqari, platformasida roʻyxatdan oʻtganingizda har bir kursni alohida sotib olishingiz shart emas. Bir martalik restoranda ovqatlanish narxi evaziga barcha kurslarga kirish imkoniga ega boʻlasiz. ❗️ Stenford universiteti yoki Microsoft sertifikati bilan ish beruvchilarni hayratda qoldirish imkoniyatini boy bermang. Hoziroq saytida roʻyxatdan oʻting!
Показати повністю ...
10 229
48
"Andijon qishloq xoʻjaligi institutidagi holat" sarlavhasi ostida ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan video boʻyicha institut matbuot xizmatining rasmiy bayonoti. – Telegraph
"Andijon qishloq xoʻjaligi institutidagi holat" sarlavhasi ostida ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan video boʻyicha institut matbuot xizmatining rasmiy bayonoti.
Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, bekorchi ishlar bilan band boʻlmasligini taʼminlash maqsadida institutda koʻplab toʻgaraklar tashkil etilgan. Qolaversa, ular oʻrtasida sport bellashuvlari, turli musobaqalar oʻtkaziladi. Talabalarning istaklarini va soʻrovlarini inobatga olgan holda kechki vaqtda konsert dasturi ham namoyish etiladi. Bunga viloyatning taniqli sanʼatkorlari, adabiyotshunoslar, shoirlar taklif etiladi. Har juma kuni oʻtkaziladigan…
10 391
40
❗️Andijon qishloq xo'jaligi institutidagi holat. "Aka bu holatni ko'ring, men singlim shu yerda o'qiydi. Yotoqxonada turadi. Shu holat bo'lib turaversa biz qanday ishonaylik? O'qishda qizlar, bollar aralash hoxlaganday o'ynashib, bilganini qilyapti. Institut madaniyat boshqaruvchilari vazifasiga shu darajada loqaydmi?" Kanalimiz obunachisidan kelgan ushbu videoda qandaydir shubhali holatlar ham kuzatilgandek. Obunachimizning ta'kidlashicha, hijobli qizlar ham majburlikdan olib chiqilgan. Balkim boshqa sababi ham bordir, nima bo'lgan taqdirda ham fitna qilishayotgan bo'lmasa bo'ldi... 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
Показати повністю ...

file

11 199
101
O‘zgarish bugundanmi yoki bugun dammi? 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
11 143
47
Maktabda tanaffus vaqti. 🏃🏻 Avval va hozir 📱 Avvallari bolalar katta boʻlgan sari kuchga toʻlib borishardi. Sababi doim harakatda boʻlishgan. Hozir esa aksincha, doim bir joyda oʻtirishadi, kam harakat, qon aylanmaydi. 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
11 961
55
​❗️ Yoshlar daftariga kiritilganlarga 1.320.000 so‘mgacha bir martalik yordam puli beriladi 📄 Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022 yildagi 312-son qaroriga ikkinchi ilova qilib keltirilgan nizomga asosan, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam yuqoridagi rasmda keltirilgan sxemaga muvofiq har bir individual holatda 🔷 Ariza beruvchining hayotiy vaziyati murakkabligini, uning ijtimoiy himoyaga muhtoj ekanligini inobatga olgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari (1 320 000)gacha miqdorda to‘lab beriladi. ❗️Moddiy yordam shaxsga bir kalendar yil davomida bir marotaba beriladi. 🔷 Shaxsga bir martalik moddiy yordam berilishi uni «Yoshlar daftari»dan chiqarishga asos bo‘lmaydi. Ya’ni, Sizga bir martalik yordam pulini berdik endi Sizni yoshlar daftaridan chiqaramiz deyishga mas’ullar haqli emas. Fuqarolarga beriladigan imtiyozlar, baxillik qilmay, ulashinglar Farhod Normbo'tayev 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
Показати повністю ...
image
14 359
145
⚡️ Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari 🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun davlat granti asosida 3 000 ta, to‘lov-kontrakt asosida 6 500 ta qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan. ✅ Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimida: 🔸 respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga – davlat granti asosida 3 000 ta; 🔸 viloyatlardagi davlat oliy ta’lim muassasalariga – bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 6 500 ta qo‘shimcha qabul parametrlari tasdiqlandi. ✅ Bunda: 🔹 davlat granti asosidagi qabul parametrlari – kirish imtihonlarida 68,0 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan; 🔹 bazaviy to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi. 👨🏻‍💻 Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin. 📋 Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkazilgan. Ⓜ️ BMB 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
Показати повністю ...
13 227
52
"O‘zbekneftgaz" AJ tomonidan oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalari uchun “GTL stipendiyalar dasturi - 5” tanlovi e’lon qilindi. Unda texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining 3-, 4-bosqich bakalavr va 1-, 2-bosqich magistr ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin. Gʻoliblar uch bosqich natijalariga ko‘ra aniqlanadi. Joriy yilning 15 sentyabridan 15 oktyabriga qadar talabgorlardan orqali anketa to‘ldirib, ro‘yxatdan o‘tishlari va telegram-boti orqali o‘zlari haqida batafsil ma’lumot beruvchi video yuborishlari so‘raladi. Joriy yilning 20 oktyabridan 15 noyabriga qadar onlayn anketalar va videolar orqali saralangan talabalar o‘rtasida mutaxassisliklari va ingliz tili bo‘yicha yozma ish yoki test shaklida imtihon o‘tkaziladi. Joriy yilning 20 noyabridan 15 dekabriga qadar ikkinchi bosqichda yuqori natijaga erishgan talabalar suhbatda ishtirok etadi. Tanlov doirasida o‘tkaziladigan har bir bosqich bo‘yicha batafsil ma’lumot (keyingi bosqichga o‘tgan talabalar ro‘yxati, imtihon o‘tkazish kuni, joyi va vaqti) Kompaniyaning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi. Dastur g‘oliblarini taqdirlash marosimi joriy yilning dekabr oyida o‘tkaziladi. Gʻoliblarga 1 yil mobaynida har oy 1 000 000 so‘m miqdorida stipendiya to‘lab boriladi hamda oliy ta’lim muassasasini tugatgandan so‘ng doimiy ish bilan ta’minlanadi. Shuningdek, “Uzbekistan GTL” zavodida kengaytirilgan ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. (Amaliyot davomida transport, yashash va ovqatlanish xarajatlari Kompaniya tomonidan qoplanadi.) Eslatib o‘tamiz, ushbu stipendiya dasturi 2019-2020 o‘quv yilida ta’sis etilgan. O‘tgan o‘quv yillarida dasturda jami 5714 nafar talaba qatnashib, 70 ga yaqin iqtidor egalari g‘olib va faol ishtirokchi sifatida e’tirof etilgan. “Uzbekistan GTL” MCHJ Matbuot xizmat 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
Показати повністю ...
27 043
114
RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqda “Namangan muhandislik-texnologiya instituti talabalari haligacha sentyabr oyining stipendiyasini olishgani yo'q” material e’lon qilindi. Ushbu murojaat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, talabalar stipendiyasini plastik karta orqali tarqatish bo’yicha dasturlarda texnik nosozliklar va bir qator kamchiliklarga duch kelingan. Shu sababli stipendiyalarni kechiktirmaslik uchun zarur choralar amalga oshirilib, joriy yilning sentyabr oyi stipendiyalari institut xisobchilik bo’limi kassasida naqd pulda tarqatilishi yo'lga qo'yilgan. Hurmatli talabalar, Stipendiyalarni yetkazish maqsadida xisobxona kassasi yakshanba - 17 sentyabr kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha ham ishlashini ma'lum qilamiz. Agarda, NamMTIda stipendiyalarni olish bo’yicha muammolarga duch kelsangiz institut bosh xisobchisiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin: Institut xisobchilik bo’limi - tel:+99894 275 50 00; NaN. ©NamMTI Axborot xizmati 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
Показати повністю ...
11 569
56
❗️Namangan muhandislik-texnologiya instituti talabalari haligacha sentyabr oyining stipendiyasini olishgani yo'q. "Bugun 16 sentyabr, lekin hali ham sentyabr oyi stipendiyasi tushgani yo'qku, qayerga murojaat qilsam bo'ladi, stipendiyalar har oyning 5 chi sanasigacha tushgan bo'lishi kerak ediyu, bizga mana shu 10 kun kechiktirgani uchun kompensatsiya to'lab berishadimi?" Prezident institut mas'ullari tupurib qo'yganmi yoki talabalar pulini aylantirish bilan ovvorami? 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
Показати повністю ...
12 693
42
❗️Prezidentning ushbu qarori hufiyona bekor qilindimi? "Murojaatim quyidagilardan iborat, mening qizim Toshkent Davlat ona-tili va adabiyoti universitetida kontrakt asosida taxsil oladi. Prezidentning tegishli qaroriga asosan, viloyatlardan kelgan qiz bolalarning yashashi uchun ijara haqinining bir qismini davlat tomonidan to‘lab berilishi belgilangan edi(adashmasam Toshkent shahri uchun bu 1 BXM edi), lekin bu yildan boshlab ushbu kompensatsiya puli to‘lanishi universitet tomonidan noma’lum sabablarga ko‘ra to‘xtalibdi. Rektoratda - "Faqat temir daftarga kiritilgan va kam ta’minlangan oilalar farzandlariga to‘lanadi" degan vajni keltirishibdi. O‘zim nafaqaxo‘rman, lekin kontrakt bo‘lsa xam qizimni Toshkentda o‘qitayapman. Ajablanarlisi, universitetda talabalarga - "Yashash hududlaringdagi MFYlardan borib kam ta’minlangan yoki temir daftarga kiritilgan oila degan ma’lumotnomani olib kelsalaring ijara puli to‘lanadi, "MFY bergan ma’lumotnomani baribir hech kim tekshirmaydi, rasmiyatchilik uchun kerak" deb aytishibdi. Ehtimol bunaqa oilalar tegishli idora ma’lumotlar bazasida ham bordir, MFY raislari xam axmoq emasdir bunaqa soxta ma’lumotnomani berishga. Xullas, ehtimol prezidentning ushbu qarori hukumat tomonidan xufiyona bekor bo‘lgandir, biz esa bexabar qolgandirmiz. Shu masalaga aniqlik kiritishingizni so‘rab qolamiz." 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
Показати повністю ...
12 882
11
Super-kontraktni bo’lib to’lash muddatlari haqida Qoidaga ko’ra, super-kontraktda o’qimoqchi bo’lganlar talabalikka qabul qilish to’g’risida buyruq chiqishi uchun dastlab 50% qismini to’lashi kerak. Oddiy kontraktga kirganlar esa 25% qismini to’lasa yetadi. Odatda super-kontraktning yarmini 15-sentyabrgacha to’lashni so’rashadi. Ammo kontrakt va super-kontrakt miqdorlari kech tasdiqlangani hamda natijada ariza berish kech boshlangani hisobiga ushbu muddat uzaytirilsa kerak (oddiy kontraktda ham). O’zi har yili uzaytirishadi bu muddatni. Ko’pchilik agar biz 50% ni to’lasak, qolgan yarmini qachon to’lash kerak, deb so’rayapti. Qolgan 50% qismini OTM rektorlari belgilagan muddatda to’lash kerak. Odatda bu muddatlar oddiy kontrakt muddatlari bilan bir xil bo’ladi. Ya’ni: 75% qismini — 1-aprelgacha; 100% qismini — 1-iyulgacha. Eslatib o’tamiz, agar super-kontraktni 15-oktyabrga qadar 100% miqdorda qoplasangiz, sizga 10% chegirma beriladi. Lekin bu 10% chegirma oddiy kontrakt uchun hamda 4 ballgacha shkaladagi super-kontrakt uchun taalluqli emas. Xushnudbek 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
Показати повністю ...
12 789
32
⚡️14 ta hududiy professional tayyorgarlik markazlari tashkil etiladi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga asosan, professional ta’lim tizimini rivojlantirish orqali o‘quvchilarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga o‘rgatish maqsadida: ➖700 ta professional ta’lim muassasalarida ta’lim sifati oshirilib, moddiy-texnika bazasi takomillashtiriladi; ➖14 ta hududiy professional tayyorgarlik markazlari tashkil etilib, malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar ulushi 50 foizga, masofaviy yoki aralash shakllarda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari ulushi 30 foizga yetkaziladi; ➖o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlashda davlat granti axborot texnologiyalari, qurilish, transport va logistika yo‘nalishlarida 100 foizga yetkaziladi. 🎓 rasmiy kanali 👇
Показати повністю ...
13 495
2
Oliy ta’lim olish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun yana bir qator yengilliklar berilmoqda 2023/2024-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan bakalavriatga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, quyidagilarga: ➖ talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan birida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati; ➖ ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan 2-, 3-, 4- yoki 5-bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga talabalikka tavsiya etilgan, biroq to‘plagan bali tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past bo‘lgan abituriyentlarga tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati berildi. Bunda, abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari asos sifatida qabul qilinadi. Eslatma: belgilangan , kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, belgilangan minimal o‘tish balidan (56,7 balldan) kam ball to‘plagan abituriyentlarga ham birinchi o‘quv yiliga muayyan ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorining 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi beriladi. Ⓜ️ Edu.uz 🎓 rasmiy kanali 👇
Показати повністю ...
21 461
55
Ana ijaraga uy ham topildi. 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
13 836
34
Beozor, ochiq ko‘ngil, mehribon insonni hatto hayvonlar ham yaxshi ko‘radi. Abdulhodiy Yusuf 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
12 778
11
"O‘g‘limning muhtaram o‘qituvchisi! …Men o‘g‘limga hayotni bo‘yab-bejab ko‘rsatishingizni istamayman. U hayotda hamma ham adolatli va samimiy bo‘lavermasligini bilishi shart. Siz unga hayotda ablahlar ham qahramonlarga aylantirilishi mumkinligini, uquvsiz va takabbur rahbarlarga ham sodiq xodimlar uchrashi mumkinligini tushuntirishdan qo‘rqmang. Unga uqtiringki, modomiki dushmanlari bor ekan, demak do‘stlari ham bo‘ladi. Bilaman, bunga ancha vaqt sarflanadi, lekin imkoningiz bo‘lsa, unga nohalol yo‘l bilan topilgan o‘n dollardan ko‘ra, halol yo‘l bilan topilgan bir dollar ko‘proq foyda keltirishini o‘rgating. Shunday ta’lim beringki, u g‘alaba nashidasini surish uchun oldin yutqazish alamini totib ko‘rish kerakligini anglasin. Qo‘lingizdan kelsa, uning tabiatiga hasad chang solmasligining chorasini ko‘ring. Unga maqtanchoq odamlar ustidan g‘alaba qozonish juda ham oson bo‘lishini his etishga sharoit yarating. Yana imkoningiz bo‘lsa, uni kitoblarga oshno qiling… Shunday ta’lim beringki, u jasur, kuchli, temir irodali yigit bo‘lib ulg‘ayish bilan birga, ko‘kdagi qushlardan, qirlar uzra ochilgan gullardan va bu gullardan bol yig‘ib yurgan asalarilardan, qo‘yingchi tabiatning betakror go‘zalliklaridan ta’sirlana oladigan nozik qalbga ham ega bo‘lsin. Shunday o‘qitingki, u hayotdagi eng mayda holatlar yuzasidan ham mulohaza qilib ko‘rishni o‘rgansin. Men uning shu kichik yoshidanoq hayotda qalloblik qilib g‘alabaga erishgandan ko‘ra, halollik tufayli omadsizlikka uchrash afzal ekanini anglab yetishini istayman. Uni atrofdagilar har qancha o‘z yo‘riqlariga yurgizishga urinishmasin, o‘z shaxsiy fikrlarida sobit tura olishga ham o‘rgatasiz, degan umiddaman. Uni yumshoq fe’llilar bilan – yumshoq, qahrlilar bilan qahrli bo‘lishga o‘rgating. O‘g‘limga mohiyatni anglamasdan turib, g‘alaba qozonganlar tarafiga o‘tib ketadigan olomonga ergashmaslikni uqtirishga harakat qiling. Uni hammani eshitishga va har bir eshitganlarini mulohaza qilib, haqiqatni ajratib olishga o‘rgating. O‘rgata olsangiz, mahzun vaqtda kulish kerakligiga o‘rgating. Vaqti kelganda ko‘z yoshi to‘ka bilishni va buning hech uyatli emasligini o‘rgating. Unga o‘ziga ortiqcha zeb bermaslik kerakligini o‘rgating. Zarurat bo‘lganida o‘z aqli va tanasidagi mushaklar kuchini eng qimmat narxda sotishi mumkin-u, lekin o‘lsa ham yuragi, ruhi, vijdonini sotishga haqqi yo‘qligini anglating. Unga jasur bo‘lish uchun eng avvalo sabrli bo‘lish lozimligini uqtiring. O‘tda qattiq toblangan po‘latgina yuqori sifatga ega bo‘lishini tushuntiring. Unda o‘ziga ishonch hissini shakllantiring, shundagina u boshqalarga ham ishonch bilan munosabatda bo‘ladi. U bilan yumshoq, lekin ortiqcha muloyimliksiz muomala qiling. …Bilaman, Sizdan istayotganlarimni bajarish oson ish emas, lekin, har holda so‘raganlarim orasidan qo‘lingizdan nima kelishini ajratib olsangiz ham bo‘ladi. U ajoyib bola, yaxshi bola — mening o‘g‘lim!.. Balki u ham kelajakda dunyoning yetakchi liderlaridan bo‘lar… Sizga cheksiz hurmat va ishonch bilan Abram Linkoln, 1855 yil". AQSHning o‘n oltinchi prezidenti Abram Linkolnning besh yoshli o‘g‘li Uilyamning o‘qituvchisiga yozgan maktubi 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
Показати повністю ...
13 809
45
#rasman ❗️To‘xtasinov Ilhomjon Madaminovich O‘zbekiston davlat Jahon tillari universitetining rektori etib tayinlandi Bugungacha Samarqand davlat chet tillari institutida rektor bo'lib ishlagan. 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
13 156
25
"Kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish bo'yicha video qo'llanma. "Kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish uchun soliq organlariga tashrif buyurmasdan, orqali shartnoma va to‘lov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin. “Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatining yangi versiyasida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik shakllanadi. Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yo‘naltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad solig‘ini masofadan qaytarib olish mumkin: ▫️kontrakt; ▫️nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari; 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
Показати повністю ...

Endi_"kontrakt"dan_12%_daromad_solig‘ini_qaytarib_olish_to‘liq_masofadan.mp4

24 427
438
⚡️ Ertaga kollej va texnikumlarga qabul yakunlanadi ✅ 2023-yil 10-avgust kuni professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangan edi. 🖥 Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Bilimni baholash agentligining saytida “” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda. 📆 10-sentabr — professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni hisoblanadi. 👨🏻‍💻 Shu sababli professional ta’lim muassasalarida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlar ertaga 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz. 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
Показати повністю ...
10 817
22
O'rtoqlar, endi jiddiy savol: O'zbekistonda ota-onalar darsliklarni shaxsiy puli evaziga chiqartirib olarkan, bu o'rinda konstitutsiya normalari buzilmayaptimi? Qaysi huquq organi yuzaga kelgan bugungi vaziyat sabablarini o'rganishi, javobgarlarga chora ko'rishi kerak? Nega darsliklar borasida barcha vakolat va mas'uliyatni o'ziga olgan "Novda" nashriyoti o'zi paydo qilgan krizisli vaziyat yuzasidan izoh bermayapti? Nahotki, butun millat o'quvchilari taqdiri bitta nashriyot ishiga qarab qolgan bo'lsa?! Kun.uz xodimi Ilyos Safarov 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
Показати повністю ...
12 130
5
FOJIAMIZ Armani: — Sizga kim kerak, azizim? «Qorovul Petrosyan» deysizmi? Vax-vax-vax! U qorovul emas, akademik! Donishmand odam! Yuring, uyini ko‘rsataman. Yaqinda ikki qavatli uy soldi, azamat! Gurji: — Kimni so‘rayapsiz, batano? «Etikdo‘z Panjikidze?» O-o-o! U etikdo‘z emas, akademik! Bunaqa donishmand odam yuz yilda bir tug‘iladi! Yuring, dachasiga oborib qo‘yaman. Uch qavatli dacha quryapti, azamat! O‘zbek: — Nima? Kim deysiz! «Akademik Alijonip?» Hech qanaqa akademik emas u! Qorovulchalik savodi yo‘q! Etikdo‘zchalik ilmi yo‘q! Gʻirt ahmoq odam. Poraxo‘r! O‘rikzorda dang‘illama imorat solayapti. Shuncha pulni qayoqdan oladi? Umuman... men hech qanaqa Alijonip-palijonipni tanimayman! "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"dan 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
Показати повністю ...
13 086
23
Hududlar kesimida abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari 2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
12 605
43
Super-kontraktlar uchun shartnoma berish boshlandi Beshala yo‘nalishga ham kira olmagan abituriyentlar sayti orqali super-kontraktda o‘qish hamda shartnoma olish uchun ariza berishlari mumkin. ❗️ Hozirda, amaldagi qonunchilik bo‘yicha, faqat o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga super-kontrakt uchun ariza yuborish imkoniyati mavjud. Ikkinchi va undan keyingi yo‘nalishlari bazada ko‘rinmaydi. Chunki hali beshala yo‘nalishga ham kira olmaganlar istalgan birini tanlab super-kontrakt qilishga rasman ruxsat berilgani yo‘q. Ammo shunaqa imkoniyat chiqib qolishi mumkin, kutilmoqda. Agar siz birinchi yo‘nalishga emas, ikkinchi yoki undan keyingi biror yo‘nalishga super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsangiz, unda ariza bermasdan kutib turishni maslahat beraman. ✅ Shuningdek, birinchi yo‘nalishdan yiqilgan, lekin ikkinchi va undan keyingilardan birortasiga o‘qishga kirganlar ham birinchi yo‘nalishiga super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsa, unda hozir bunga imkoniyat yo‘q. sayti orqali faqat o‘qishga kirgan universitetining oddiy kontraktini olishi mumkin. Bunday toifadagi abituriyentlar ham biroz kutib turishlari kerak. Hozirda shu masala ko‘rib chiqilmoqda. Balki tez unda o'qishga kirganlar uchun ham birinchi yo'nalishga super-kontraktda o'qishga ruxsat berilishi mumkin. Xushnudbek 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
Показати повністю ...
14 604
89
Bitta bizning kanalda lirik chekinish bo'ldimikan desam, Samarqand Davlat universitetida ham bayram avjidayu-a? Qiziq, ishlar bo'lyapti) Bu chalg'itishning eski usulimi? Ha aytgancha, yarim kechasi yotoqxona hududida tartibni buzgan holda konsert qo'yish "nech pul bo'lyapti?"😁 Eslatma: Videoni ko'rishdan oldin telefoningizni ovozini pasaytiring :) 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇

file

file

file

32 074
108
Останнє оновлення: 11.07.23
Політика конфіденційності Telemetrio