Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti
(🗓8—12-may kunlari)
✅Hamkorlik:
▫️12-may
🤝 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Jamoat xavfsizligi universiteti o‘rtasida
hamkorlik memorandumi imzolandi.
✅
O‘rganishlar:
📄Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga
taqdimnomalar hamda Bosh prokuraturaga
so‘rovnomalar yuborildi.
🔸Namangan xalqaro aeroporti tomonidan o‘tkazilgan
davlat xaridi bekor qilindi.
🔸O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasiga tegishli “
etender.uzex.uz” maxsus elektron axborot portali orqali
davlat buyurtmachilari tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan davlat xaridlari tahlil qilindi.
✅
Korrupsiyaga qarshi ekspertiza:
🔎Agentlikka kelib tushgan
6 tа normativ-huquqiy hujjat loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazildi, ular
da 5 tа korrupsiyaviy omil aniqlandi.
✅
Komplaens-nazorat:
▫️8-may
🔹“Ipoteka-bank” ATIBning
korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi faoliyatiga bag‘ishlangan videolavha eʼlon qilindi.
🔹Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi
Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi yo‘lga qo‘yilganligi o‘rganildi.
✅
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash:
▫️12-may
🔹Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatidagi
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash natijalari e'lon qilindi.
✅O‘quv seminar va boshqa tadbirlar:
▫️11-may
📌 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligida
“Korrupsiyaga qarshi kurashishga doir davlat siyosati” mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi.
▫️12-may
📌 “Agrobank” ATB xodimlari uchun
“Tijorat banklarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplaens) tuzilmalari faoliyatini samarali tashkil etishga doir milliy qonunchilik talablari va xalqaro standartlar” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.
▫️11-12 may
📌 Bosh prokuraturada
“Murakkab korrupsion jinoyatlarni tergov qilishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
✅
Ochiqlikni taʼminlash bo‘yicha:
▫️11-12 may
📎 Davlat organlari va tashkilotlarida
ochiqlikni taʼminlashga masʼul bo‘lgan xodimlar uchun ikki kunlik seminar tashkil etildi.
✅
Xalqaro hamkorlik doirasida:
▫️10-may
🇺🇿🇫🇮Agentlik direktori va
Xelsinki universiteti qoshidagi Qonun ustuvorligi markazi rahbariyatining o'zaro uchrashuvi tashkil etilib, istiqboldagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
✅
Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:
📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan
46 ta (shundan 39 tasi jismoniy shaxslardan, 7 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.
📞Agentlikning
“Call-markazi” – 1253ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan
34 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi, shundan
3 tasi ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.
Facebook |
Telegram |
YouTube|
Instagram|
anticorruption.uzПоказати повністю ...