Xizmat sizning tilingizda ham mavjud. Tarjima qilish uchun bosingEnglish
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Kanal joylashuvi va tili

auditoriya statistikasi Migrant.uz

👉 youtube.com/ @migrantuzb  👉 instagram.com/migrantuzb Donatlar uchun: 🇷🇺 https://pay.cloudtips.ru/p/7c97c6c0  💵 https://destream.net/live/migrantuz/donate  🇺🇿 https://tirikchilik.uz/migrantuz  Reklama:  @migrantreklama  Xabarlar uchun:  @migrantxabar  
Ko‘proq ko‘rsatish
37 817+177
~11 873
~10
38.96%
Telegram umumiy reytingi
Dunyoda
29 717joy
ning 78 777
0joy
ning 0
da kategoriya
241joy
ning 640

Obunachilarning jinsi

Kanalga qancha ayol va erkak obuna bo'lganligini bilib olishingiz mumkin.
?%
?%

Obunachilar tili

Til bo'yicha kanal obunachilarining taqsimlanishini bilib oling
Ruscha?%Ingliz?%Arabcha?%
Kanal o'sishi
GrafikJadval
K
H
O
Y
help

Ma'lumotlar yuklanmoqda

Kanalda foydalanuvchining qolish muddati

Obunachilar sizning kanalingizda qancha vaqt turishini bilib oling.
Bir haftagacha?%Eskirganlar?%Bir oygacha?%
Obunachilarning ko'payishi
GrafikJadval
K
H
O
Y
help

Ma'lumotlar yuklanmoqda

Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
#qora_roʻyxat ❗️ O‘zbekistonga "tosh otgan" xorijliklar uchun "qora ro‘yxat" yuritiladi 20-sentyabr kuni o‘tkazilgan Oliy Majlis senatining yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Unga ko‘ra, «O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati» yuritiladi. Ro‘yxatga kimlar kiritiladi? Bular O‘zbekiston davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xavfsizligiga zid bo‘lgan, davlatlararo ijtimoiy, irqiy, diniy va milliy adovatni keltirib chiqaruvchi, O‘zbekiston xalqi sha’ni, qadr-qimmati va tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlar hamda harakatlar sodir etgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar. Ro‘yxatga kirgan shaxslarga 5 yil davomida O‘zbekistonga kirish, banklarda hisobvaraq ochish, ko‘chmas mulk sotib olish, davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etish, moliyaviy va shartnomaviy munosabatlarga kirishishi taqiqlanadi (O‘zbekistonda hududidagi o‘z mulkini sotishi yoki hadya qilishi mumkin). "Nomaqbul deb topilgan shaxs" Tashqi ishlar vazirligi xabarnomasini olgan kundan e’tiboran 10 kun ichida ixtiyoriy ravishda O‘zbekistondan chiqib ketishi kerak. Aks holda, ichki ishlar organlari va boshqa vakolatli organlar tomonidan deportatsiya qilinadi, ya’ni majburiy tarzda chiqarib yuboriladi. Ro‘yxat muddati 5 yil . Agar u ushbu muddatda ro‘yxatga kirish uchun asos bo‘lgan sabablarni bartaraf qilsa, muddatidan ilgari ro‘yxatdan chiqarilishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda bir qator rossiyalik propagandachi siyosatchilar Zaxar Prilepin, Mixail Smolin, Mixail Delyagin, Yevgeniy Fyodorov, Pyotr Tolstoy va boshqalar O‘zbekiston va o‘zbek xalqi haqida kurakda turmaydigan fikrlar, mustaqillikka xavf soluvchi bayonotlar berayotgan va bu jamoatchilikning e’tirozlariga sabab bo‘layotgandi. | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...

IMG_1507.MP4

1 460
6
#huquq 🟥 Rossiyadagi 25 kunlik qamoq. Sud va tiklangan huquq To'liq video Youtube va VK kanalida Youtube: 👉🏻 | | | |
Rossiyadagi 25 kunlik qamoq. Sud va tiklangan huquq
www.BizMedia.uz - o‘zbek tilidagi 10 ta telekanal, 2 ta radiokanal, 1000 dan ortiq filmlar, yuzlab seriallar va multfilmlar! Telegram 👉 https://t.me/migrantuz (@migrantuz) TikTok 👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb Instagram 👉 https://www.instagram.com/migrantuzb (@migrantuzb) YouTube 👉 https://www.youtube.com/@migrantuzb Facebook 👉 https://fb.com/migrantuz Одноклассники 👉 https://ok.ru/migrantuz ВКонтакте 👉 https://vk.com/migrantuz Rasmiy veb-sayt: https://www.migrant.uz MIGRANT каналининг мобил мухбирларидан маълумот йиғувчи бот https://t.me/mobilmigrant_bot #патент #регистрация #migrant
2 254
3
#reyestr 📢 Rossiyadan chiqarib yuborish rejimi doirasida noqonuniy muhojirlar reyestri yaratilishi boshlandi Reyestr ishga tushganidan keyin undagi ro‘yxatga tushgan muhojirlar “ЗАГС”dan o‘ta olmaydi, bank va davlat xizmatlaridan foydalana olmaydi, farzandlarini bog‘cha va maktablarga joylashtira olmaydi. Bu haqida Rossiya Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy “Коммерсант” nashriga bergan aytib o‘tgan. Rossiyada 2025-yilning fevral oyidan noqonuniy migrantlar reyestri, ya’ni ro‘yxati ishga tushishi haqida saytida avvalroq xabar berilgan edi. Ushbu reyestr, Rossiyadan chiqarib yuborish rejimi kiritilishi bilan ishga tushadi. Ushbu reyestrga kiritilgan shaxslar transport vositasini boshqarish, bank xizmatlaridan foydalanish, mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, “ЗАГС”dan o‘tish va uni bekor qilish, bolalarini maktabgacha yoki maktab muassasalariga joylashtirish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Mazkur cheklovlar haqida Gorovoy “Коммерсант”ga bergan intervyusida yana bir bor gapirib o‘tgan. "Mamlakatda 6 milliondan ortiq chet el fuqarolari bor, ularning aksariyati O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Armaniston va Ozarbayjondan kelgan. Ularning 739 mingdan ortig‘i noqonuniy migrantlardir. Hukumat migratsiya siyosatini kuchaytirishni o‘rganmoqda, jumladan, malakasi past bo‘lgan mutaxassislarning oilalarini olib kelishni taqiqlash va ayrim sohalarda ularni ishga qabul qilishga cheklovlar joriy qilish masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, 2024-yilning 1-dekabridan boshlab Moskva aeroportlarida chet elliklarni foto va barmoq izlari orqali identifikatsiya qilish tartibi sinov tariqasida joriy etiladi. Sinov tugagach, ushbu tartib barcha chegara postlarida joriy qilinadi. Bunday tizim nafaqat Moskvada, balki Orenburg viloyatidagi Mashtakovo avtomobil chegara punktida ham bo‘lishi rejalashtirilmoqda", deydi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari. Aleksandr Gorovoyning ta’kidlashicha, Rossiya mehnat bozorida ishchi kuchi yetishmovchiligi mavjud. Shu bilan birga, mamlakatda 10 milliondan ortiq kishi mehnat shartnomasini tuzmasdan ishlamoqda. Ularning 10 foizdan ko‘prog‘ini chet elliklar tashkil qiladi. Bu ishchilar mahalliy byudjetlarga soliq to‘lamaydi va Rossiyaning ijtimoiy fondiga hissa qo‘shmaydi, bu esa hammaga zarar bo‘lmoqda. Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasida noqonuniy muhojirlarning reyestri yaratilganidan keyin barchaga amnistiya berilishi muhokama qilingani haqida ma’lumot berilgan. Ma’muriy amnistiya masalasini Rossiya huquq-tartibot organlarining barchasi, jumladan Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ham qo‘llab-quvvatlagan edi. bu haqida batafsil bergan. | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
7 128
38
💸 T-банк Black kartasidan foydalaning 💳 Kartaning afzalliklari: ✅ Kartani internet orqali rasmiylashtirish mumkin; ✅ Karta siz ko‘rsatgan manzilga bepul yetkazib beriladi; ✅ Pul o‘tkazish tizimlari orqali oyiga 100 ming rublgacha pulni chetga komissiyasiz o‘tkazish mumkin (boshqa banklar kartalarida 200 rubl komissiya bor); ✅ Oyiga 20 ming rublgacha pulni Rossiya ichida komissiyasiz o‘tkazish mumkin. Kartani rasmiylashtirish uchun quyidagi havola orqali o‘ting 👉
Ko'proq ko'rsatish ...
8 606
2
Виза картага пул ўтказиш! ➡️ Бу видеода «Unired» иловаси орқали Bиза картага пул ўтказиш ўргатилган. Истасангиз рус карталарингиздаги рублдан ёки Uzcard ва Humo карталарингиздаги сўмларни Виза картага доллар қилиб ўтказа оласиз. ✅ Ўрганиб олиш учун батафсил видеони томоша қилинг! Хозироқ «Unired» иловасини юклаб олинг 🤖📱📱 Маълумот Илованинг расмий телеграм канали:

IMG_2221.MP4

8 744
25
#huquq 🟥 Rossiyadagi 25 kunlik qamoq. Sud va tiklangan huquq To'liq video Youtube va VK kanalida Youtube: 👉🏻 | | | |
MIGRANT
www.BizMedia.uz - o‘zbek tilidagi 10 ta telekanal, 2 ta radiokanal, 1000 dan ortiq filmlar, yuzlab seriallar va multfilmlar! Telegram 👉 https://t.me/migrantuz (@migrantuz) TikTok 👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb Instagram 👉 https://www.instagram.com/migrantuzb (@migrantuzb) YouTube 👉 https://www.youtube.com/@migrantuzb Facebook 👉 https://fb.com/migrantuz Одноклассники 👉 https://ok.ru/migrantuz ВКонтакте 👉 https://vk.com/migrantuz Rasmiy veb-sayt: https://www.migrant.uz MIGRANT каналининг мобил мухбирларидан маълумот йиғувчи бот https://t.me/mobilmigrant_bot #патент #регистрация #migrant
2 159
1
#migrant "Nega odamlar o‘z hayotini xavfga qo‘yib uzoq masofaga avtomobilda yo‘lga chiqyapti, avtahalokatlarga uchrayapti? Nega? Kim buni o‘rganadi? Biz ozo‘ina o‘rgandik. Bildikki, odamlarda yo‘lkira uchun pul yo‘q. Yengil avtomobil egalari qarzga olib ketar ekan..." | | | |

video_2024-09-20_18-58-38.mp4

9 299
10
#reyd «Русская община» vakillari nima asosda muhojirlarni tekshirmoqda? Bugun, 18-sentyabr kuni tongda, «Русская община» Yekaterinburgdagi Kolsovo shahrida migrantlarni tekshirgani xabar berilmoqda. Bu haqda Uralweb nashri berdi. Reyd Gornistov ko‘chasidagi «Kolsovo INN» xostelida o‘tkazilgan. Yotoqxonada migrantlar yashagan bo‘lgan. Tekshiruvdan keyin migratsiya qoidalarini buzgan 10 ga yaqin chet el fuqarosi politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Yekaterinburg IIV boshqarmasi matbuot guruhiga ko‘ra, bu reydda shahar politsiyasi ishtirok etmagan, deb yozadi nashr. Ko‘rinib turibdiki, «Русская община» faollari yotoqxonada politsiyasiz tekshiruv o‘tkazgan. Politsiyasiz qaysi asosda reyd uyushtirganlari noma’lum. Rossiya Federatsiyasining 2014-yil 2-apreldagi № 44-FZ «Jamoat tartibini muhofaza qilishda fuqarolarning ishtirok etishi to‘g‘risida»gi qonunning 25-moddasiga ko‘ra, politsiya o‘z faoliyatida ko‘ngilli yordamchilarga tayanish huquqiga ega. Ammo ko‘ngillilar politsiyasiz jamoat tartibini saqlashi, reyd o‘tkazishi yoki migrantlarni tekshirish huquqiga ega emas. Shunday ekan, nega politsiya nazorat qilib bo‘lmaydigan va qonunga bo‘ysunmaydigan "raqobatchilarni" javobgarlikka tortmayotgani ochiq savol bo‘lib qolmoqda. | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
8 406
22
SalamPay 👉🏻 Onlayn 💵 O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 20.09.2024 Toshkent 16:30 Moskva 14:30 PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI • Мир Привилегий - 95,84 (-1,50) rubl (Promokod - migrantuz) • Kwikpay - 96,36 (0) rubl • AkaPay - 96,40 (+0,03) rubl • Золотая Kорона - 97,04 (-0,04) rubl O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI • Solidarnost - 133,70 (-1,60) so'm • Unired Mobile - 133,50 (0) so'm 👉🏻 Onlayn • Kwikpay - 132,40 (-1,00) so'm • Sberbank - 130,00 (-0,50) so'm ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSIUnired Mobile - 139,00 (0) so'm 👉🏻 Onlayn | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
8 930
5
Oliy ta’lim: O‘zbekiston dunyodagi o‘zgarishlar tezligiga moshlasha olyaptimi? Dunyoda oliy ta’lim tizimi tezkorlik bilan o‘zgarib bormoqda. Kecha qaysidir rivojlangan davlat YAIMda universitetlar, ulardagi ishlanmalar o‘rni oshib borayotgani haqida eshitgan bo‘lsak, bugun boshqa bir rivojlangan mamlakatda ta’limni zamon tezligiga moslash uchun ikki yillik tizimga o‘tkazishayotgani yoki qaysidir universitet talabasining ixtirosi millionlab dollarga sotilgani haqida o‘qiyapmiz. Xo‘sh, dunyo ta’lim tizimi katta tezlikda o‘sib, o‘zgarib borayotgan bir paytda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi bu trendlarga moslasha olyaptimi? Bugun dunyo ta’lim tizimi oldida qanday masalalar turibdi-yu, o‘zbek oliy ta’limi qanday muammolar bilan bosh qotirmoqda? “Nuqtalar” dasturining navbatdagi soni shu solishtirishlar, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining buguni va kelajagi masalalariga bag‘ishlandi. Dastur mehmonlari oliy ta'lim masalalari bo‘yicha ekspertlar: Azamat Akbarov va Hikmat Abdurahmonov bo‘ldi. Intervyuni tomosha qilish: 👉🏻 | | |
Ko'proq ko'rsatish ...

TG_TIZER.mp4

8 863
5
#siyosat 🔻 Rossiya migratsiya siyosatidagi yirik o'zgarishlar oldida turibdi 2024-yil 24-sentabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirokida muhim yig‘ilish rejalashtirilgan bo‘lib, unda migratsiya qonunchiligidagi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar muhokama qilinadi. Davlat Dumasining MDH ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Konstantin Zatulin kun tartibiga migratsiya oqimlarini tartibga solish va migratsiya siyosati boʻyicha yangi departamentni yaratish ehtimoli bilan bogʻliq asosiy masalalar kiritilganini . Yopiq uchrashuv va kelajak rejalari 2024-yil 17-sentabrda Davlat Dumasining MDH ishlari bo'yicha qo'mitasining yopiq yig'ilishi bo'lib o'tdi, unda migratsiya masalalari bilan shug'ullanadigan alohida bo'lim yaratish rejalari muhokama qilindi. Zatulinning taʼkidlashicha, bunday boʻlimni tashkil etish masalasi avval ham koʻtarilgan, ammo amalga oshirilmagan. Rasmiylar migratsiya siyosatini qayta qurish jarayoni ustidan nazoratni yo'qotishdan qo'rqishmoqda. Ishchi kuchi tanqisligi va o'sib borayotgan migrant fobiyasi Rossiyada migratsiya bilan bog'liq vaziyat og'irligicha qolmoqda. Bir tomondan, mamlakat, ayniqsa, qurilish va qishloq xo'jaligi kabi sohalarda ko'proq ishchilarga muhtoj. Boshqa tomondan, ijtimoiy keskinliklar kuchayib, migrantlarga fobiya kuchaymoqda. Ayrim deputatlar radikal choralar, jumladan, Rossiyaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOI) doirasidagi majburiyatlarini buzishi mumkin bo‘lgan migrant oilalarini Rossiyaga olib kirishni taqiqlashni taklif qilmoqda. Bunday taqiqlar nafaqat Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistondan kelgan muhojirlarga, balki YeOIIga a’zo boshqa mamlakatlar fuqarolariga ham ta’sir qiladi. Migrantlar uchun xalqaro raqobat Germaniya va Buyuk Britaniya kabi G‘arb davlatlari mehnat muhojirlarini jalb qilish bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari bilan faol shartnomalar tuzmoqda. Masalan, Germaniya O‘zbekiston bilan migratsiya kvotasi bo‘yicha shartnoma imzoladi. Konstantin Zatulinning ta'kidlashicha, bu choralar Rossiyaning mehnat resurslari uchun kurashdagi pozitsiyasini zaiflashtirishi mumkin, chunki migratsiya oqimlari qayta taqsimlana boshlaydi. Huquqiy cheklovlar va ularning oqibatlari Davlat Dumasi qo‘mitasida migrantlar bilan bog‘liq 33 ta qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Ularning aksariyati migrantlar uchun qattiqroq shart-sharoitlar, jumladan, oila bilan yashashni taqiqlash va farzandlarining Rossiyada ta'lim olishiga cheklovlarni o'z ichiga oladi. Biroq, Zatulin fikricha, bunday choralar Rossiyaning ko‘p millatli davlat sifatidagi uzoq muddatli manfaatlariga putur etkazishi mumkin. Statistikada qarama-qarshiliklar Rossiyadagi muhojirlar soni bo‘yicha aniq statistik ma’lumotlarning yo‘qligi dolzarb muammolardan biridir. Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda 6,3 millionga yaqin muhojir istiqomat qiladi, Tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrikin esa bu koʻrsatkichni 16 million deb eʼlon qildi. Bu kelishmovchiliklar migratsiya siyosatini boshqarishda qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘diradi va jamiyatdagi keskinlikni kuchaytiradi. Kutilayotgan o'zgarishlar Zatulinning fikricha, 24-sentabrga belgilangan uchrashuv migratsiya masalalari muhokamasida burilish nuqtasiga aylanishi kerak. Biroq, manbalarga ko'ra, bu uchrashuv allaqachon besh marta qoldirilgan va uning belgilangan sanada bo'lib o'tishiga to'liq ishonch yo'q. Shunday qilib, Rossiya migratsiya siyosatida ham muhojirlarning o‘zlari, ham butun mamlakat kelajagiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar yoqasida turibdi. | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
9 443
19
#diplom 📢 Muhojirlarga "ВНЖ" uchun soxta diplom berganlar ushlandi Huquq-tartibot idoralari xodimlari Primoryeda noqonuniy migratsiya kanalini to‘xtatdi - kollej xodimlari 70 nafar muhojirga yashash uchun ruxsatnoma olish uchun soxta diplom bergan. Uch nafar xodim, jumladan Primorsk o‘lkasidagi Mintaqaviy texnika kolleji direktori va uning qo‘l ostidagi ikki xodim noqonuniy migratsiyani tashkil etish va o‘quv jarayonini tashkil qilishda mansab vakolatlarini suiiste'mol holatlari bo‘yicha jinoiy ishda ayblanmoqda. Ular 2021-yil sentabr oyidan, 2023-yil noyabrigacha 70 nafar xorijlik fuqarolarni kollejlarga o‘qishga qabul qilish va o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi guvohnomani noqonuniy ravishda olib bergan. | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...

ск.MOV

9 779
10
#migrant 🟥 Drujinachilarning migrantlarni tergashga nima haqqi bor? - “Xohlagan odam “drujinachiman” deb, guruh tuzib olib, qoshu ko‘zi qora odamlarga yopishaveradigan zamon kelayaptimi? Rossiyada qonunsizlik, anarxiya boshlanayaptimi?“ O‘zbekistonlik Iqboljon Rossiyada “Drujinachilar”ning noqonuniy migrantlarga qarshi reydlardagi harakatlarini kuzatarkan, o‘zini qiynagan mulohaza va savollarini “Migrantxabar”ga yo‘lladi. “Drujinachilar”ning harakatlari qonuniymi? Nega ularga aynan migrantlar bilan shug‘ullanish huquqi berildi? “Drujinachilar”ga duch kelgan muhojirlar nima qilishi kerak? ” bu mavzuga oydinlik kiritadi. To'liq video Youtube va VK kanalida Youtube: 👉🏻 | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
10 657
21
SalamPay 👉🏻 Onlayn 💵 O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 19.09.2024 Toshkent 20:00 Moskva 18:00 PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI • Мир Привилегий - 96,35 (+1,31) rubl (Promokod - migrantuz) • Kwikpay - 96,36 (+1,52) rubl • AkaPay - 96,37 (+1,25) rubl • Золотая Kорона - 97,08 (+1,58) rubl O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI • Solidarnost - 135,30 (-1,00) so'm • Unired Mobile - 133,50 (-3,50) so'm 👉🏻 Onlayn • Kwikpay - 133,40 (-0,50) so'm • Sberbank - 130,50 (0) so'm ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSIUnired Mobile - 139,00 (-2,10) so'm 👉🏻 Onlayn | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
10 714
18
Samarqandlik shifokor Maqsud Aralov gepatitning eng og‘ir darajasi bilan kasallanib, jigar serroziga chalingan. U 1982-yil tug‘ilgan va yaqindagina bemorligidan xabar topgan. Oxirgi tashxis natijalariga ko‘ra, Hindistonga borib, jigar ko‘chirish amaliyoti bajarish zarurligi aytilgan. Oila qiyin vaziyatda. Operatsiya uchun 30 000$ miqdorida mablag‘ kerak ekan. Hozirda uch bolaning otasi boʻlgan Maqsud aka 12 000$ yiqqan, qolganiga saxovatli kishilar yordami zarur. Saxovatli yurtdoshlarimizga murojaat qilamiz, oila qiyin vaziyatdan chiqib ketishi  uchun oz bo‘lsa ham yordamingizni ayamang. “Ehsonning mukofoti faqat ehsondir”. UzCard💳 6262 5700 1066 9986 Aralov M. Visacard💳 4187 8000 0105 2497 Aralov M. Tel.shaxsiy: 998990760232
Ko'proq ko'rsatish ...

IMG_0849.MOV

10 418
15
#uvedomleniye 📢 Piterda "uvedomleniye" topshirish 3200 rubl bo‘lgani aytilmoqda tahririyatiga Sankt-Peterburg ishlayotgan muhojirlar murojaat qilishdi. O‘zbekistonlik migrantlarning , Krasnoye Selo qishlog‘idagi Migratsiya markazida mehnat faoliyati to‘g‘risidagi bildirishnoma (uvedomleniye) topshirishda, ulardan ushbu xizmat uchun 3200 rubl to‘lov qilish talab qilinmoqda. — Avvaliga 1800 rubl to‘lashni so‘rashdi, keyin 1400 rubl. 1800 rublni naqd pulda to‘lash kerak bo‘ldi, hech qanday kartadan to‘lovni qabul qilishmayapti, chek ham berilmadi. Noqonuniy va tartibda ko‘rsatilmagan ravishda pul undirishayotgani ko‘rinib turibdi. 1400 rublni esa karta orqali to‘lay oldim, uni to‘laganim haqida chek ham berishdi. Mehnat shartnomam bor bo‘lib turib, "uvedomleniye" topshirish uchun 3200 rubl to‘lashimga to‘g‘ri keldi, deb shikoyat qiladi o‘zbekistonlik Akbar ismli murojaatchi. Avvalroq tahririyatiga Nijniy Novgoroddan migrantlar murojaat qilib, mahalliy pasport-viza xizmatida "uvedomleniye"ni topshirish uchun 1600 rubl to‘lash kerakligini xabar berishgan edi. Moskvadagi Saxarovo qishlog‘ida joylashgan Migratsiya markazida esa "uvedomleni" topshirish narxi 500 rubl. Migrantlar bunday talablardan hayratda ekanliklarini, avval "uvedomleniye" topshirish yoki bepul yoki kamroq to‘lov evaziga amalga oshirilganini ta’kidlashmoqda. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, "uvedomleniye" topshirish bepul jarayon. 2024-yil 7-yanvaridan boshlab patent asosida ishlayotgan migrantlar mehnat faoliyati to‘g‘risida bildirishnoma (uvedomleniye) topshirishi kerak. Ichki ishlar vazirligining buyrug‘ida "uvedomleniye" topshirish uchun to‘lov undirish ko‘zda tutilmagan va xizmat bepul hisoblanadi. Shikoyatlarga qaramay, mintaqalardagi Migratsiya markazlari va Pasport-viza xizmatlari ichki qoidalar va ma’muriy tartiblarga asoslanib to‘lov talab qilishni davom ettirmoqda. Hozirda mehnat faoliyati to‘g‘risidagi "uvedomleniye"ni bepul topshirishning ikki usuli mavjud: 1. Ish joyi bo‘yicha IIVning Migratsiya bo‘limiga murojaat qilish. 2. "Gosuslugi" veb-saytida tasdiqlangan akkaunt ochib, u orqali topshirish. Har ikki holatda ham "uvedomleniye"ni bepul topshirish mumkin. Mutaxassislar hujjatlarni rasmiylashtirishda kutilmagan xarajatlarga duch kelmaslik uchun oldindan xizmat narxlarini aniqlab olishni tavsiya qiladi. Piterdagi "Krasnoye Selo" migratsiya markazi Migrant.uzning vaziyatni aniqlash uchun telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi. | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
10 770
52
#лайфхак Moskva oblastida olingan patentlarning kuygan yoki kuymaginini sayti orqali tekshirish mumkin | | | |
11 361
292
⚡️«Мир Привилегий» ilovasi orqali do’stlaringiz va oila a’zolaringizga pul o'tkazmalarini yuboring 🇺🇿O'zbekistonga pul o’tkazmalari💲 va UZS 🇰🇬Qirg'izistonga pul o’tkazmalari 💲va rublda 🇹🇯Tojikistonga pul o’tkazmalari Somoniyda ❗️Bizning xizmatimiz barcha yo'nalishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi va ishlaydi❗️ PUL O’TKAZMALARIGA CHEGIRMA UCHUN PROMOKOD: MIGRANTUZ Ushbu postni 🇺🇿 🇰🇬 🇹🇯 davlatlarga pul o’tkazmalarini yuboruvchi hammaga yuboring.
Ko'proq ko'rsatish ...
11 257
1
#qullik 🟥 Migratsiya agentligi o‘zbeklarni Chechenistonga qullikka yuborayaptimi? Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali Chechenistonga ishga yuborilgan o‘zbekistonliklar 3 oydan beri ish haqini ololmayotgani, ish beruvchi ularni qarzdor qilib qo‘yganini aytishdi. - Eski boqcha binosiga joylashtirishdi, sharoitlar rasvo. Ish beruvchilar migrantlarni kaltaklaydi. Pasportlarini olib qo‘yishgan, hujjat ham qilinmadi, - deyishmoqda “Migrant.uz” bilan bog‘langan o‘zbekistonlik muhojirlar. Og‘ir ahvolda qolgan muhojirlar yordam so‘rab, migratsiya agentligining Krasnodardagi vakolatxonasiga murojaat qilishgan. “Hal qilamiz deyishadi, ammo kelib ham ko‘rishmaydi”, deydi muhojirlar. Tafsilotlar “” lavhasida. To'liq video Youtube va VK kanalida Youtube: 👉🏻 | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
11 514
36
#migratsiya 📢 Vyacheslav Volodin Rossiyada migratsiya siyosatini kuchaytirishni taklif qildi Rossiya "Госдума"sining kuzgi sessiyasi migratsiya sohasi haqida gap-so‘z bilan boshlandi. Xususan, "Госдума" spikeri Vyacheslav Volodin migratsiya sohasidagi qator muammolarni qonunchilik nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidlab, "migrantlar Rossiyaga madaniyatimiz va qonunlarimizni bilib, ularga hurmat bilan kelishlari kerak" deb deputatlarga qildi. Spiker migratsiya sohasida 8 ta tashabbus ko‘rib chiqilganini va ular mintaqalarga o‘rganish uchun yuborilganini qayd etdi. Spikerning aytishicha, avgust oyida migratsiya siyosatini kuchaytirishga qaratilgan 28 ta qonun loyihasi ko‘rib chiqilgan. Ular orasida malakasi past bo‘lgan mutaxassislarga oilalari, qarindoshlari va tanishlarini Rossiyaga olib kelishni taqiqlash, ayrim sohalarda muhojirlarning ishlashini cheklash takliflari bor. ❗️ Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning 1- yanvaridan boshlab Moskva oblastida migrantlarga ko‘cha ovqatlari va savdo sohasida ishlash taqiqlanishi ma’lum bo‘ldi. | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...

ввв мигранты.mp4

10 796
26
#fojia ⚡️ Wildberries ofisida otishma: ikki kishi halok bo‘ldi Wildberries hammuassisi Vladislav Bakalchuk va uning qo‘riqchilari “Романов Двор” biznes markazidagi ofisiga "noqonuniy ravishda kirishga” harakat qilishdi, deb bergan kompaniya matbuot xizmati. 18-sentabr, chorshanba kuni tushdan keyin “Романов Двор” biznes markazidagi Wildberries ofisi yonida otishma ovozi eshitildi. Bozor vakillarining ta'kidlashicha, asoschi Tatyana Bakalchukning eri kompaniya binosiga noqonuniy ravishda kirishga uringan. "Bugun Vladislav Bakalchuk tomonidan Wildberries kompaniyasi ofisiga xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan noqonuniy ravishda kirishga urinish sodir bo'ldi, huquq-tartibot idoralari zarur choralarni ko'rdi, vaziyat barqaror", - deya tushuntirdi Wildberries. O'z navbatida, Bakalchuk unga hujum qilishga uringanliklarini va u hamkasblari bilan omborlar qurilishini to'xtatish bo'yicha muzokaralar olib borish uchun ofisga kelganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, otishma vaqtida uning xodimlaridan biri yaralangan. "Men hamkasblarim bilan kompaniya ofisiga keldim, lekin kiraverishda allaqachon menga noma'lum odamlar va xavfsizlik xizmati qurolli hujum qilishdi", dedi u. Otishma vaqtida biznes markazi yaqinida joylashgan Moskva davlat universiteti jurnalistika fakulteti binosidan o‘nlab talabalar evakuatsiya qilindi. Ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan videolarga qaramay, universitet vakillari evakuatsiyani inkor etishdi. Internetda esa “Wildberries” ofisi joylashgan biznes markazida tartibsizliklar va otishma sodir bo‘lgani aks etgan videolar tarqaldi. Otishma natijasida uch kishi yaralangani xabar berilgan edi. Oxirgi ma’lumotlarga ko ‘ra, ikki kishi: 28 yoshli Islom-Bek Elmurziev va 41 yoshli Adam Almazovlar olingan jarohatlar tufayli vafot etgan. Vaziyat ko‘p o‘tmay barqarorlashgan. Hodisa joyiga 20 dan ortiq politsiya va tez yordam mashinalari yetib kelgan. Politsiya yetib kelganidan so‘ng Vladislav Bakalchuk advokat va qo‘riqchilari hamrohligida “Wildberries” ofisini tark etgan va politsiya bo‘limiga olib ketilgan. | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...

480p - 2024-09-18T125411.252.mp4

2024-09-18 12.50.54.mp4

00.mp4

SQ.mp4

9 223
13
https://www.youtube.com/watch?v=nYIBgFZZUUo
🔴JONLI EFIR: “Migrantlarga Yevropaga yo‘l ochilyapti” #fikratuz
Ekspertimiz: huquqshunos Botirjon Shermuhammad Kanalga obuna bo'lish: https://www.youtube.com/channel/UCjGq37oV_ZBz1xVDz-sZkMQ?sub_confirmation=1 Loyihani qo'llab-quvvatlash: https://www.youtube.com/channel/UCjGq37oV_ZBz1xVDz-sZkMQ/join www.fikratonline.uz Video: telegram.me/fikrat Audio: telegram.me/fikratonline youtube.com/@fikratonline facebook.com/fikratonline instagram.com/fikratonline twitter.com/fikratonline threads.net/fikratonline Pulli ko'rsatuvlarga to‘lov: https://payme.uz/fallback/merchant/?id=65253bf61ff1e7cb8e16a60d “Fikrat” tahliliy dasturi Rejissyor: Abrorxo‘ja Omonxo‘jayev Muharrir: Nurbek G‘ofurov Texnik guruh: Shokirjon Jalilov Suhbatdosh: G‘ayratxo‘ja G‘afforxo‘ja o‘g‘li Direktor: Abrorxo‘ja Omonxo‘jayev Muassis: “FIKR-MEDIA” MChJ Fikratonline.uz - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiya huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 962165 raqami bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan Reklama va hamkorlik uchun: ☎️ Telefon: +998 99 115 55 37 #fikratuz #munosabat #israel #phalastine #munosabat #suhbat #rossiya #ukraine #afghanistan
9 604
7
#fuqarolik ❗️ Rossiya fuqaroligini olib, harbiy ro‘yxatga turmaganlarni Ichki ishlar vazirligi izlashni boshladi Ichki ishlar vazirligi Rossiya fuqaroligini olgan, lekin harbiy ro‘yxatga turmagan xorijliklar haqida ma’lumotlarni harbiy komissariatlardan so‘ramoqda. Bu haqda vazirlikning rasmiy vakili Irina Volk o‘zining Telegram-kanalida berdi. «2024-yilning sakkiz oyi yakuniga ko‘ra, ichki ishlar organlari tomonidan 1117 nafar fuqarolik olgan sobiq muhojirlar huquqbuzarlik sodir etganliklari sababli Rossiya Federatsiyasi fuqaroligidan mahrum qilindi», – deb yozgan Irina Volk. Volkning ta’kidlashicha, Rossiya Ichki ishlar vazirligi «Harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonun va «Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlarni amalga oshirishni boshlagan. O‘zgarishlarga ko‘ra, Rossiya fuqaroligini olgandan keyin harbiy ro‘yxatga turmaganlar fuqarolikdan chiqarib yuboriladi. Shu munosabat bilan Rossiya Ichki ishlar vazirligi harbiy ro’yxatga turmagan shaxslar haqida ma’lumot olish uchun harbiy komissariatlarga so‘rovlar yubormoqda. ❗️ Eslatib o’tamiz, harbiy ro‘yxatga turishdan bosh tortganlik uchun Rossiya fuqaroligidan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qonun avgust oyida qabul qilinib, kuchgan kirgan. Avval Rossiya fuqaroligidan chiqarish uchun noto‘g‘ri ma’lumot berganlik, milliy xavfsizlikka tahdid solganlik, og’ir jinoyat yoki harakatlarni sodir etish kabi asoslar mavjud edi. | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
10 046
20
#urush 📢 Urushda qatnashish ham yordam bermadi: sud Moldova fuqarosini Rossiyadan chiqarib yubordi Rostov viloyatida sud Ukrainaga qarshi Rossiya tomonida jang qilgan moldovalik Gennadiy Fedkoni mamlakatdan chiqarib yuborishga qildi. Qaror 13-sentabr kuni Fedkoning Rossiya Federatsiyasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 20.25-moddasi 3-qismini buzganligi (chet el fuqarosining Rossiya Federatsiyasidan chiqarib yuborish tarzidagi ma'muriy jazoni ijro etishdan bo'yin tovlashi) bo'yicha qabul qilingan. “Skif” ko'ngillilar guruhi 1-rotasida xizmat qilgan Fedko 12-sentabr kuni "LNR" va Rostov viloyati o'rtasidagi nazorat-o'tkazish punktidan shartnomani qayta tuzish uchun o‘tayotganida chegarachilar tomonidan qo'lga olingan. Moldova qonunchiligiga ko'ra, yollanma askarlik uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 2022-yil kuzida Moldova prezidenti Mayya Sandu Ukrainada Rossiya armiyasi tarafida jang qilayotgan Rossiya pasportiga ega bo‘lgan mamlakat aholisini Moldova fuqaroligidan mahrum qilish, shuningdek, Moldova fuqarolariga nisbatan jazoni kuchaytirish rejalari haqida gapirgan edi. Sandu Tashqi ishlar vazirligiga Rossiya tomoni bilan Rossiyada yashovchi Moldova fuqarolarini urushga safarbar qilishni istisno qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni topshirdi. Huquq himoyachilari Rossiya Federatsiyasi hududida joylashgan chet el fuqarolarini Rossiya targ'ibotining qurboni bo'lmaslikka va urushga bormaslikka bir necha bor chaqirishgan, chunki aksariyat mamlakatlarda yollanma askarlik jinoyat hisoblanadi. | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
9 851
4
✅ AkaPay Rossiyadan O'zbekistonga pul o’tkazmalari uchun qulay va arzon kursni taklif qilmoqda. Videodagi valyutalar kursi uni yaratish vaqtida, hozirgi kurs: 🇷🇺Rossiyadan - 🇺🇿O'zbekistonga kursi 18.09.2024: 1 $ (USD)  = 95,12 RUB 💵 🔔 "migrant" promokod yana foydali kursi: 1 $ (USD)  = 95,02 RUB ❗️📉 Promokodni har pul o’tkazma uchun terish kerak. Ssilka bo’ylab AkaPay ilovasini yuklang va yaqinlaringizga foydali pul o’tkazmalarni yuboring. 📲  💻
Ko'proq ko'rsatish ...

IMG_5456.MP4

9 486
6
SalamPay 👉🏻 Onlayn 💵 O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 18.09.2024 Toshkent 14:30 Moskva 12:30 PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI • Kwikpay - 94,84 (-0,05) rubl • Мир Привилегий - 95,04 (-0,21) rubl (Promokod - migrantuz) • AkaPay - 95,12 (0) rubl • Золотая Kорона - 95,50 (+0,13) rubl O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI • Unired Mobile - 137,00 (0) so'm 👉🏻 Onlayn • Solidarnost - 136,30 (0) so'm • Kwikpay - 133,90 (0) so'm • Sberbank - 130,50 (0) so'm ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSIUnired Mobile - 141,10 (0) so'm 👉🏻 Onlayn | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
9 490
10
#oqibatlar 🔻 Moskva viloyatida migrantlar mehnatidan voz kechishning taxminiy oqibatlari 2025-yil 1-yanvardan boshlab Moskva viloyatida alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi, ko‘cha taomlari, ijtimoiy xizmatlar, sport, madaniyat, dam olish, sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi asosiy tarmoqlarga xorijiy ishchi kuchini jalb qilishni taqiqlash joriy etiladi. Bu qaror qizg‘in munozaralarga sabab bo‘ldi, chunki u mehnat bozori qanday o‘zgarishi, xizmatlar aholi uchun ochiq bo‘lishi davom etadimi va bu iqtisodiyot va jamiyatga qanday ta’sir qilishi kabi muhim tug‘dirdi. Nima uchun taqiq joriy etilmoqda? Rasmiylarning chet el ishchi kuchidan foydalanishni cheklashga qaror qilishiga bir qancha sabablar bor. 1. Mahalliy ishchilarni qo'llab-quvvatlash. Rasmiylar ish bilan band bo'lgan Rossiya fuqarolari sonini ko'paytirishga intilmoqda, ayniqsa iqtisodiy qiyinchiliklar. Bu ishsizlikni kamaytirish va ichki mehnat bozorini rag'batlantirishga yordam beradi. 2. Ijtimoiy integratsiya. Mahalliy aholi ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya kabi muhim sohalarda madaniy va lingvistik bilimlar muhim bo‘lgan sohalarda yanada faol ishtirok etishi kutilmoqda. 3. Migrantlarga qaramlikni kamaytirish. So‘nggi yillarda umumiy ovqatlanish va chakana savdo kabi tarmoqlar asosan xorijlik ishchi kuchiga tayanadi. Pandemiya muhojirlarni jalb qilishdagi uzilishlar biznes faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi va tashqi xodimlardan mustaqillikni muhim muammoga aylantirishi mumkinligini ko‘rsatdi. Mumkin bo'lgan qiyinchiliklar Yaxshi niyatlarga qaramay, taqiq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. 1. Ishchilarning etishmasligi. An'anaviy ravishda ko'plab xorijlik ishchilarni ish bilan ta'minlaydigan sanoat korxonalari, masalan, ko'cha oziq-ovqatlari va chakana savdo, ishchi kuchi etishmasligiga duch kelishi mumkin. Ko'pgina ruslar har doim ham past maosh va og'ir ish sharoitida ishlashga tayyor emaslar, bu esa xizmatlar sifatining pasayishiga yoki hatto ayrim korxonalarning yopilishiga olib kelishi mumkin. 2. Ish beruvchilar uchun xarajatlarning oshishi. Chet elliklarni ishga olishni taqiqlash ish beruvchilarni mahalliy ishchilarni jalb qilish uchun ish haqini oshirishga majbur qiladi. Bu kompaniyalar uchun xarajatlarni oshirishi mumkin, bu esa o'z navbatida iste'molchilar uchun narxlarga ta'sir qiladi. 3. Biznes risklari. Kichik va o'rta korxonalar yangi qonun hujjatlariga muvofiq jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Ulardan ba'zilari moslashishga qiynaladi va yopilishi yoki mehnat migratsiyasi talablari unchalik qattiq bo'lmagan hududlarga ko'chib o'tishi mumkin. 4. Ijtimoiy sohadagi muammolar. Chet ellik ishchilar ko'pincha sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda muhim lavozimlarni egallaydi. Ularning ketishi malakali mutaxassislarning etishmasligiga olib kelishi mumkin, bu esa ushbu xizmatlarning mavjudligi va sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Moskva viloyatida xorijiy ishchi kuchini jalb qilishni taqiqlash mahalliy ishchilarni qo'llab-quvvatlash va xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan. Biroq, bu, shuningdek, ishchi kuchi tanqisligi, ish beruvchilar uchun xarajatlarning oshishi va kichik biznes uchun qiyinchiliklar kabi bir qator qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
9 400
27
#hujum 📢 Tverga dronlar hujumi: o‘q-dori omborlari portlamoqda, aholi evakuatsiya qilinmoqda Tver viloyatining Toropets shahrida dronlar hujumi sababli o'q-dorilar omborida yong'in sodir bo'lgan. Mahalliy hokimiyat aholini qisman evakuatsiya qilmoqda. Tver viloyati gubernatori Igor Rudenyaning ma'lum qilishicha, havo hujumidan mudofaa vositalari ko‘plab dron qaytarishda davom etmoqda. Telegram kanallari xabarlarida o'q-dorilarning portlashiga o'xshash kuchli portlashlar haqida aytiladi. Ombor yonida joylashgan Tsikarevo qishlog‘i aholisi yong‘in tufayli evakuatsiya qilina olmayapti va yordam kutmoqda. NASA sun'iy yo'ldosh tasvirlari, ekspertlarning fikriga ko'ra, “Grad” raketalari va artilleriya minalari saqlanadigan omborda issiqlik belgilarini qayd etgan. Avvalroq ushbu harbiy qism allaqachon ikki marta dronlar tomonidan hujumga uchragani haqida xabar qilingan edi. Rossiya Mudofaa vazirligi bir kechada Ukrainaning 54 ta uchuvchisiz uchog‘i urib tushirilganini ma’lum qildi, biroq hisobotda Tver viloyati tilga olinmagan. | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...

Тверская_обл_Сегодня!_Жители_Торопца_публикуют_видео_последствий.mp4

Илья_Зильбершейд_Тверская_обл_Взрывы💥💥💥🔥Склады_боеприпасов_1.mp4

Афанасий_Новости_Твери_и_Тверской_области_Ночной_Торопец,_18_сентября.mp4

Телеканал_360_Атака_БПЛА_Торопец,_Тверская_область.mp4

9 031
78
#aeroport 📢 O‘zbekistonliklar Rossiyaga kiritilmayapti: Sheremetyevoda vaziyat murakkab O‘zbekiston fuqarolarining ommaviy ravishda Rossiyaga kiritilmaslik holatlari hanuzgacha davom etmoqda. Xususan, Sheremetyevo aeroportida har kuni har bir reysdan o‘nlab o‘zbekistonliklar Rossiyaga kiritilmay qaytarilmoqda. O‘zbekistonliklar nima uchun Rossiyaga kiritilmayotgani borasida hech qanday olishning iloji yo‘q. Rossiyaga kiritilmagach, fuqarolar bir necha kun davomida aeroportda ovqatsiz, yetarli shart-sharoitlarsiz qolib ketyapti. Vaziyat mehnat migrantlari va ularning oilalarida katta xavotir uyg‘otmoqda. O‘zbekiston hukumati esa fuqarolarning Rossiyaga kiritilmaslik holati yuzasidan haligacha hech qanday munosabat bildirgani yo‘q. Migrant.uz tahririyatiga har kuni Rossiya aeroportlaridagi og‘ir vaziyat haqida xabarlar kelmoqda. Murojaatchilardan biri aeroportda ovqat bepul berilmasligi tufayli odamlar och qolayotganini aytadi. - Men aeroportda ikkinchi kun qolishim. Hali ham ovqat berilgani yo‘q. Bu yerda hamma narsa juda qimmat. O‘zim bilan olib kelgan pullarim tugadi. Endi kechki ovqatga nima yeyman, bilmayman. Konsullikka qo‘ng‘iroq qilib tushib bo‘lmayapti. Bizga e’tibor qaratishlari uchun ochimizdan o‘lishimiz kerakmi?, - deb savol bermoqda toshkentlik Sardorbek. Boshqa o‘zbekistonliklar Rossiyada qonunchilik bo‘yicha barcha talablarga doimo amal qilganliklarini, ammo baribir pasport nazorati bosqichida qiyinchiliklarga duch kelishgani bilan bo‘lishdi. Ma’lum bo‘lishicha, bir necha yillar davomida Rossiyada qonuniy yurgan fuqarolar ham aniq sabab keltirilmay qaytarilmoqda. Rossiyaga kiritilmaslik migrantlar uchun qo‘shimcha moliyaviy va ma’naviy qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. - Men nima uchun bizni kiritmayapsizlar deb so‘radim. Xodimlardan biri men bilan gaplashmay teskari qarab ketdi. Biz ertalab kelgan edik. Kechki payt boshqa xodim kiritmaslik haqidagi qaror vaqtinchalik ekanligini aytdi. Go‘yoki bir muddat o‘tgach qaytishimiz mumkinakan. Meni bir savol qiynayapti-da, nega bu bu haqda oldindan xabar berishmaydi? Yo‘lga sarflagan pullarimni kim qaytaradi? Men besh yildan ortiq Rossiyada barcha hujjatlarni joyida rasmiylashtirib, ishlab kelaman. Rossiyaga kiritilmaslik haqida qaror qabul qilayotib, nega bu narsa inobatga olinmayapti? Qanday qilib men to‘satdan Rossiya uchun xavfli shaxsga aylandim, tushunmayapman. Boshqa hech kim tushuntirib bera olmayapti ham. O‘zlari o‘ylab topib narsaga, o‘zlari ishonib, jabrini biz va oilamiz ko‘ryapti. Chipta pulini hech kim qaytarmoqchi emas, – deydi andijonlik Javlonbek. Sheremetyevo aeroportida o‘zbekistonliklar bilan vaziyat murakkab bo‘lib qolmoqda. Rossiyaga kiritilmay qolib ketayotgan yuzlab muhojirlar migratsiya siyosati yaxshilanishiga umid qilmoqda. Qiyinchiliklarga qaramay, ko‘plab o‘zbekistonliklar Rossiyaga ishlash va moddiy sharoitini yaxshilash maqsadida kelishda davom etmoqda. Biroq O‘zbekiston hukumati haligacha o‘zbekistonliklarning Rossiyaga kiritilmasligiga e’tibor qaratmayapti. | | | |
Ko'proq ko'rsatish ...
11 120
76

file

9 586
22
Oxirgi yangilanish: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio