#Ana_xolos
❗️"NotCoin"ini uxlatgan firibgarlar ustidan 102 ga murojaat qilgan fuqaroning o‘zi qamaldi
Qashqadaryoning Ko‘kdala tuman sudi "Notcoin" sotmoqchi bo‘lgan fuqaroga 5 sutkalik qamoq jazosi tayinlabdi.
Eng qizig‘i u "NotCoin" sotishga ham ulgurmagan, sotmoqchi bo‘lganda firibgarlar aldab, "NotCoin"ini uxlatishgan. Keyin bu bola 102 ga firibgar ustidan murojaat qilgan va murojaati o‘ziga qarshi ishlagan.
Kriptovalyuta bu kelajak. Istaymizmi yo‘qmi, yoqadimi-yoqmaydimi zamon shu yoqqa qarab ketayapti.
Shu bois, kelajakda baribiri kripto aktivlar to‘g‘risidagi qonunchilik isloh etiladi va davlat o‘z fuqarolarining jamiyat uchun xavf tug‘dirmaydigan bu kabi harakatlarini albatta tartibga solib, ularni adolatsiz jazolanishdan xalos etadi.
Bunga qattiq ishonamiz.
(Rasul Kusherbayev)
👉
@Uzbekiston24Ko'proq ko'rsatish ...