الخدمة متاحة أيضًا بلغتك. انقر للترجمةعربسكا
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Kategoriya
Kanal joylashuvi va tili

auditoriya statistikasi "El-yurt umidi" Foundation

Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining rasmiy Telegram sahifasi 👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar:  http://myurls.co/elyurtumidifoundation  👉 Website: www.eyuf.uz 
Ko‘proq ko‘rsatish
26 904-12
~5 133
~12
21.57%
Telegram umumiy reytingi
Dunyoda
34 858joy
ning 78 777
1 059joy
ning 2 295
da kategoriya
1 391joy
ning 2 347

Obunachilarning jinsi

Kanalga qancha ayol va erkak obuna bo'lganligini bilib olishingiz mumkin.
?%
?%

Obunachilar tili

Til bo'yicha kanal obunachilarining taqsimlanishini bilib oling
Ruscha?%Ingliz?%Arabcha?%
Kanal o'sishi
GrafikJadval
K
H
O
Y
help

Ma'lumotlar yuklanmoqda

Kanalda foydalanuvchining qolish muddati

Obunachilar sizning kanalingizda qancha vaqt turishini bilib oling.
Bir haftagacha?%Eskirganlar?%Bir oygacha?%
Obunachilarning ko'payishi
GrafikJadval
K
H
O
Y
help

Ma'lumotlar yuklanmoqda

Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🇺🇿 Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasida EYUF Alumni va UK Alumni Award taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 🔣 Bu taqdirlash marosimda 20 nafar Buyuk Britaniyada o‘qib qaytgan"El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiatlari va boshqa o‘zbekistonliklar ishtirok etishdi. 🔣 Tadbirda vatanimizga qaytib ko‘plab yutuqlarga erishgan va erishayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga bag‘ishlangan ma’ruza va uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. 🔣 Rivojlangan mamlakatlarda o‘qib qaytgan Jamg‘arma stipendiatlari nafaqat xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlashga, balki, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda o'z loyihalari bilan ishtirok etishmoqda. 🔣 Stipendiatlar ushbu uchrashuvda o‘zaro fikr almashib, yangi loyihalarni muhokama qilishdi! 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
Ko'proq ko'rsatish ...
2 590
8
📽🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤 🇺🇿 Navoiy teleradiokanalining Ochiq mikrofon dasturida "El-yurt umidi" jamg'armasi faoliyati bilan bog'liq ko'rsatuv namoyish etildi! 🔣 Ko'rsatuvda: Navoiy viloyati Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bosh inspektori Abror Latipov, Jamg'arma stipendiatlari, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Muhandislik mexanikasi kafedrasi o'qituvchisi Akbarjon Normurodov hamda Navoiy kon-metallurgiya aksiyadorlik jamiyati, Korporativ munosabatlar bo'limi boshlig'i Sunnatilla Murtazayevlar ishtirok etishdi. 🔣 Ushbu ko'rsatuvda "El-yurt umidi" jamg'armasi faoliyati bilan bog'liq yangiliklar, stipendiatlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, ularning O'zbekistonga qaytganidan keyingi faoliyatlari hamda ular ilgari surayotgan g'oyalar haqida so'z boradi. 🔣 To'liq jamg'armaning Yotube sahifasida ko'rishingiz mumkin. To'liq tomosha qiling 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
Ko'proq ko'rsatish ...

IMG_4572.MP4

3 351
10
🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿 2025-yil uchun Niderlandiyada Utrext Excellence stipendiya tanlovida ishtirok eting! Kimlar uchun: Yevropa iqtisodiy zonasidan tashqaridagi barcha mamlakatlar. Kurs darajasi: Magistratura. Utrext universiteti Yevropadagi barcha universitetlar orasida eng yaxshi universitet bo'lib, Yevropaning markazida joylashgan. Ma'lumot uchun, Utrext universiteti — Niderlandiyadagi qadimgi va yirik untlardan biri. 1636-yil Utrext shahrida tashkil etilgan. 1815-yil qirollik universiteti, 1961-yil davlat universiteti maqomini olgan. Huquq, tibbiyot, veterinariya, tabiiy fanlar, matematika, teologiya, gumanitar fanlar bo'yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasi (1581-yil tashkil etilgan)da 1 millionga yaqin asar saqlanadi. Universitetda 20 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. QS reytingi bo'yicha dunyoda 104-o'rinni egallaydi. Grantning asosiy maqsadi talabalarga qulaylik yaratish va hamkorlikda o'quv rejalari orqali fan va texnologiyani dunyo bo'ylab chuqur o'rganishni ta'minlashdir. Bu talabalarga tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi mutaxassislardan eng so'nggi bilimlarni olish imkonini beradi. Moliyaviy imtiyozlar: - To'liq o'qish to'lovi to'lanadi. - Barcha xarajatlar, shu jumladan yashash xarajatlari ham butun o'qish davrida qoplanadi. - Barcha yuk tashish xarajatlari qoplanadi. Hujjat topshirish muddati: 2025-yil 1-fevral. Batafsil tanishing 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
Ko'proq ko'rsatish ...
5 697
114
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿 “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati Amirjon Mardonov Illinois Urbana Champaign universitetining huquq maktabida 26-avgustdan 16-oktyabrgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha "Magistratura va xalqaro dasturlar" boshqarmasida stajirovka o‘tmoqda. 🔣 Bunday stajirovkalar, stipendiatlarimiz uchun nafaqat ta’lim sohasida, balki xalqaro huquq va professional taraqqiyot uchun ham muhim imkoniyat yaratadi. Stajirovkalar davomida ular o‘z bilimlarini kengaytirish, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
Ko'proq ko'rsatish ...
4 364
5
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔣 El-yurt umidi podkasti davom etadi! Podkastning bu sonidagi mehmonlar Jamg'arma stipendiatlari: - Bobur To'rayev, Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti klinikasi, bolalar kardiojarrohi. - Rustam Rashidov Toshkent davlat stomatologiya instituti dotsenti, tibbiyot fanlari doktori. - Shaxnoza Muftaydinova Toshkent tibbiyot akademiyasi, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar, va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi bosh mutaxassisi (DSc). 🔣 Ushbu podkast, "El-yurt umidi" jamg‘armasi va Adliya vazirligi huzuridagi "Adolat" milliy huquqiy axborot markazi bilan hamkorlikda tasvirga olinmoqda. 🔣 Podkastning uchinchi sonida, tibbiyot tizimidagi yangiliklar,ayollar kasalliklariga sabab bo'layotgan omillar, rivojlangan mamlakatlar va yurtimizdagi tibbiy xizmatlar orasidagi tafovutlar hamda Jamg'arma stipendiatlari tomonidan ilgari surilayotgan fikrlar bilan tanishishingiz mumkin! To'liq tomosha qiling 🎞Obuna bo‘lishni unutmang! 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
Ko'proq ko'rsatish ...

TG.MP4

4 833
7
📽🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤 🇺🇿 Салоҳиятли ёшлар давлатимизнинг келажагидир! УзА да Жамғарма стипендияси асосида ривожланган мамлакатларда ўқиб қайтган ва ўқиётган стипендиатлар ҳвқида мақола чоп этилди. 🔣 Бугунги кунда Навоий вилояти бўйича “Эл-юрт умиди” жамғармасининг 13 нафар стипендиатлари АҚШ, Буюк Британия, Австралия, Хитой, Россия федерациясининг нуфузли олий таълим муассасаларида таҳсил олмоқда. 🔣 Жамғарманинг таълим дастурларини тамомлаган 9 нафар малакали мутахассислар эса бугун турли вазирлик ва идоралар, олий таълим ҳамда соғлиқни сақлаш муассасаларида самарали фаолият юритмоқда. 🔣 Суннатилло Муртазаев “Навоий кон-металлургия комбинати” АЖ “Корпоратив муносабатлар” бўлими бошлиғи лавозимида ишлайди. У Америка Қўшма Штатларининг Жанубий Калифорния Университети магистратурасини “Халқаро бизнес ва иқтисодий ҳуқуқ” йўналишида тамомлаган. 🔣 Ўтган йил 18 сентябрь куни Давлатимиз раҳбари АҚШга амалий ташриф доирасида Қўшма Штатларда яшаётган ва ишлаётган бир гуруҳ ватандошларимиз ҳамда ушбу мамлакатнинг етакчи олий таълим даргоҳларида таҳсил олаётган “Эл-юрт умиди” жамғармаси стипендиатлари билан учрашган эди. С.Муртазаев ҳам ушбу учрашувда Юртбошимиз билан мулоқотда бўлган эди. Батафсил ўқинг 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
Ko'proq ko'rsatish ...
4 906
11
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿🇹🇷 "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiati, Buyuk Britaniyaning Swansea University magistratura bosqichini bitiruvchisi, hozirda Samarqand davlat universiteti intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti Sun’iy intellekt kafedrasida faoliyat yuritayotgan Munis Xamidov AQSHning Atlantic Council kompaniyasi tomonidan Turkiyada tashkil qilingan sun’iy intellekt sohasi bo‘yicha AI Connect dasturi doirasida Ilmiy-amaliy konferensiyada O‘zbekiston vakili sifatida ishtirok etdi. 🔣 Konferensiyada, sun’iyy intellektning jamiyatning turli sohalariga ta’siri va uning qonunchilikka kiritilishi masalalari muhokama qilindi. AQSH, Slovakiya, Marokash, Quvayt, Bosniya va boshqa davlat vakillari bilan hamkorlik qilishga kelishib olindi. 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
Ko'proq ko'rsatish ...
4 674
15
🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿 "Эл-юрт умиди" жамғармаси стипендиати, Тошкент давлат юридик университети ўқитувчиси Шоҳрухбек Тиллабоев ва Лондон Брунель университети Интеллектуал мулк ҳуқуқи бўйича катта ўқитувчиси Ольга Гургула "Юрист ахборотномаси" илмий-амалий журналининг 2024 йил 3-сон, 4-жилдида ҳаммуаллифликда мақола чоп этдилар. "Принудительные лицензии, как эффективный метод трансфера технологий" номли мақола журналнинг 41-46-бетларида эълон қилинган. 🔣 Мақола талабалар, амалиётчи ҳуқуқшунослар ҳамда интеллектуал мулк ҳуқуқи масалалари бўйича тадқиқотчилар учун фойдали бўлади. 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
Ko'proq ko'rsatish ...

Юрист ахборотномаси.pdf

5 660
20
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔣 El-yurt umidi podkasti davom etadi! Podkastning bu sonidagi mehmonlar Jamg'arma stipendiatlari: - Bobur To'rayev, Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti klinikasi, bolalar kardiojarrohi. - Rustam Rashidov Toshkent davlat stomatologiya instituti dotsenti, tibbiyot fanlari doktori. - Shaxnoza Muftaydinova Toshkent tibbiyot akademiyasi, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar, va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi bosh mutaxassisi (DSc). 🔣 Ushbu podkast, "El-yurt umidi" jamg‘armasi va Adliya vazirligi huzuridagi "Adolat" milliy huquqiy axborot markazi bilan hamkorlikda tasvirga olinmoqda. 🔣 Podkastning uchinchi sonida, tibbiyot tizimidagi yangiliklar,ayollar kasalliklariga sabab bo'layotgan omillar, rivojlangan mamlakatlar va yurtimizdagi tibbiy xizmatlar orasidagi tafovutlar hamda Jamg'arma stipendiatlari tomonidan ilgari surilayotgan fikrlar bilan tanishishingiz mumkin! 🔣 Podkastni Jamg'armaning Yotube kanalida, 19-sentyabr (payshanba) soat 20:00 da tomosha qilishingiz mumkin. 🎞Obuna bo‘lishni unutmang! 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
Ko'proq ko'rsatish ...

1~4.mp4

5 683
8
🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿🇨🇳 2025-yilda Xitoyning Pekin universiteti (Yenching akademiyasi) stipendiyasini qo‘lga kiriting! Barcha mamlakatlar fuqarolari uchun amal qiladi. Kurs darajasi: Magistratura. 🔣 Pekin universiteti 1898 yilda Xitoyning Pekin shahrida tashkil etilgan. Universitet, Xitoy, Osiyo va dunyodagi yetakchi akademik tadqiqot universitetlaridan biri hisoblanadi. QS World University Ranking ma’lumotlariga ko‘ra, u Xitoyda 2-o‘rinni va dunyo bo‘ylab 22-o‘rinni egallaydi. 🔣 Grant quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - O‘qish to‘lovlari. - Turar joy. - Oylik stipendiya. - Borib-kelish, sayohat va dala tadqiqotlari xarajatlari. Hujjat topshirish muddati: 2024-yil 1-dekabr. Batafsil o'qing 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
Ko'proq ko'rsatish ...
5 811
100
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Қозоғистонга Остона халқаро аэропортида давлатимиз раҳбарини Қозоғистон Бош вазири Олжас Бектенов ва бошқа расмий шахслар кутиб олди. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев с рабочим визитом в Казахстан. В международном аэропорту города Астаны главу нашего государства встретили Премьер-министр Казахстана Олжас Бектенов и другие официальные лица. 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
Ko'proq ko'rsatish ...
4 946
2
Ўзбекистон ва Германия етакчилари бошқарув кадрларини тайёрлайдиган қўшма мактабни очиб бердилар

IMG_6209.MP4

5 829
22
⚡️Ўзбекистон ва Германия раҳбарлари бошқарув кадрларини тайёрлайдиган қўшма мактабни очдилар Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Германия Федератив Республикаси Канцлери Олаф Шольц қўшма Бошқарув кадрларини тайёрлаш мактабининг очилишига бағишланган маросимда иштирок этдилар. Лойиҳа Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги ва Давлат бошқаруви академияси томонидан Ханнс Зайдел жамғармаси ҳамда Бавария давлат бошқаруви мактаби билан ҳамкорликда амалга оширилди. Мутасаддилар видеоалоқа орқали етакчиларга лойиҳа ҳақида батафсил маълумот бердилар. Унинг асосий мақсад ва вазифалари мамлакатимиз ҳудудларида бошқарув кадрларининг ижтимоий-иқтисодий ривожланиш, хорижий инвестицияларни жалб этиш ва илғор технологияларни ўзлаштириш борасидаги салоҳиятини оширишдан 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
Ko'proq ko'rsatish ...
4 484
28
🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿🇶🇦 Qatarda "Yoshlar madaniy diplomatiya forumi 2024" da ishtirok eting! Barcha mamlakatlar fuqarolari uchun mo'ljallangan. Davomiyligi: 3 kun. CSCDning Yoshlar madaniy diplomatiyasi forumi (YCDF) xalqaro diplomatiyani o‘rganish uchun platformadir. 🔣 Mavzular: - Sun’iy intellektning diplomatiyaga ta’siri'; - Turizmning madaniy almashinuvga ta’siri - Diplomatiyadagi sport. 🔣 Yosh jamoatchilik diplomatiyasi sammiti Doha (Qatar) - yosh diplomatlar uchun xalq diplomatiyasini o‘rganishga qaratilgan dinamik tadbirdir. Ishtirokchilar zamonaviy diplomatik amaliyotlar, mahalliy madaniyatlarning ahamiyati va madaniyat attashelarining rolini qamrab oluvchi turli modullarda qatnashadilar. Afzalliklari: -To‘liq stipendiya (1-o‘rin): Eng yaxshi nomzod aviachipta, turar joy, konferensiyaga kirish, diqqatga sazovor joylarni ko‘rish imkoniyatlari, biznes kechki ovqatda ishtirok etish va tashkilot tomonidan rejalashtirilgan boshqa barcha imtiyozlarni oladi. Moliyalash: 5 ta nomzod turar joy, konferensiyaga kirish, diqqatga sazovor joylarni ko‘rish imkoniyatlari, tarmoqli kechki ovqat va barcha tadbirlarni rag‘batlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qisman moliyalashtiriladi: Qisman moliyalashtirilgan 15 ta nomzod sammitning barcha imtiyozlarini, shuningdek, ishtirok etish narxiga 50% chegirmani oladi. 🔣 Kursni tugatgandan so‘ng sertifikat bilan taqdirlanadi. Hujjat topshirish muddati: 2024-yil 27-sentyabr. Batafsil o'qing 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
Ko'proq ko'rsatish ...
Ycdf - CSCD
Youth Cultural Diplomacy Forum Doha, Qatar View Modules Young Cultural Diplomacy Forum Doha, Qatar Dates November 7-9, 2024 Application Deadline September 27th, 2024 Venue Doha, Qatar Result Announcement October 4th, 2024 Young Cultural Diplomacy Forum Qatar 2024 The Center for …
5 044
105
Мамлакатимизга расмий ташриф билан келган Германия Федератив Республикаси Канцлери Олаф Шольц Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ҳамроҳлигида Регистон ансамбли билан — Прибывший в нашу страну с официальным визитом Канцлер Федеративной Республики Германия Олаф Шольц в сопровождении Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с ансамблем Регистан. 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
5 461
11
#Apellyatsiya 🇺🇿 "El-yurt umidi" jamg‘armasi Apellyatsiya komissiyasi 13-14-sentyabr kuni o’tkazilgan suhbat natijalarini e’lon qiladi!!! “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024-yilgi 1-stipendiya tanlovining suhbat jarayonlarida ishtirok etgan va apellyatsiya arizasi bilan murojaat qilgan nomzodlar bilan joriy yil 13-14-sentyabr kuni o‘tkazilgan suhbat natijalari bilan quyidagi HAVOLA orqali tanishish mumkin. Batafsil o'qing 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
Ko'proq ko'rsatish ...
6 260
37
Oxirgi yangilanish: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio