#markirovka
Raqamli markirovkalash dori vositalarini qalbakilashtirishning oldini oladi
13-19-sentabr kunlari Toshkent shahrida
Yevroosiyo farmatsevtika sammiti – 2024 boʻlib oʻtmoqda. Unda farmatsevtika bozorini rivojlantirish va sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlarning global tendensiyalari muhokama qilinmoqda.
Oʻzbekistonda 2022-yil 1-sentabrdan
boshlangan,
dori vositalarini markirovkalash tizimi joriy etilishiga bagʻishlangan muhokamalardan birida Soliq qoʻmitasi
boʻlim boshligʻi Axmadbek Fayziyev maʻruza bilan ishtirok etmoqda.
Taʼkidlanganidek, davlat tibbiy taʼminoti tizimini faol
raqamlashtirish va
davlat tibbiy sugʻurtasini joriy etish sharoitida asosiy eʻtibor dori vositalarining
haqiqiyligi, samaradorligi va aholi uchun
qulay narxlarda bo‘lishini taʻminlashga qaratilgan.
2023-yilning martidan 2024-yilning apreligacha boʻlgan davrda dori vositalarini
noqonuniy ishlab chiqarish va muomalaga kiritish bilan bogʻliq
600 dan ortiq fakt aniqlangan. Umumiy qiymati
28,1 milliard soʻmdan koʻp boʻlgan
raqamli markirovkasiz va
ruxsat beruvchi hujjatlari mavjud boʻlmagan 30 mingdan ortiq qadoqlar muomaladan chiqarildi.
Ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlarning
tovarlarni kuzatib borishning raqamli tizimiga
tayyorgarligini yakunlash muhim bosqich bo'ldi.
Markirovkalangan mahsulotlarni
kirim qilish va muomaladan chiqarish boʻyicha
chakana savdo subyektlari oʻrtasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Tadbirkorlar foydalanishi zarur bo‘lgan maxsus qurilmalar – 2D-skanerlarini sotib olishda
soliq imtiyozlari berilmoqda.
Xaridorlarga sotib olayotgan dori vositalarining
sifatiga ishonch hosil qilish uchun
“Soliq” mobil ilovasida
markirovkaning haqiqiyligini tekshirib koʻrish imkoniyati yaratildi.
Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida
dori vositalarining markirovkasini oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi bitim
imzolandi.
Shunday qilib, dori vositalarini raqamli markirovkalash
qonuniy farmatsevtika bozorining rivojlanishiga hissa qoʻshadi, bu borada xalqaro hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
____________
#маркировка
Цифровая маркировка лекарств защитит от контрафакта и подделки
С 13 по 19 сентября в Ташкенте
проходит Евразийский фармацевтический саммит - 2024, где обсуждаются глобальные тенденции развития фармацевтических рынков и реформы в системе здравоохранения.
Одна из дискуссий посвящена
внедрению маркировки лекарственных препаратов, которая
стартовала в Узбекистане с 1 сентября 2022 года. С докладом выступил
начальник отдела Налогового комитета Ахмадбек Файзиев.
Было отмечено, что в условиях активной
цифровизации системы государственного медицинского обеспечения и
внедрения государственного медицинского страхования основной акцент делается на обеспечении
подлинности, эффективности и
доступности лекарственных средств для населения.
За период с марта 2023 года по апрель 2024 года было выявлено более
600 фактов, связанных с
незаконным производством и оборотом лекарственных средств. Изъято из обращения
свыше 30 тысяч упаковок без цифровой маркировки и разрешительных документов на сумму
более 28,1 млрд сумов.
Важным этапом стало
завершение подготовки производителей и дистрибьюторов
к прослеживаемости товаров.
Проведена масштабная
работа среди субъектов розничной торговли по
оприходованию и
выбытию из оборота при реализации маркированной продукции потребителю. При ее реализации предпринимателям необходимо использовать специальные устройства - 2D-сканеры, за приобретение которых
предоставляются налоговые льготы.
Для удобства граждан в мобильном приложении
Soliq реализована возможность
проверить подлинность маркировки, что позволяет покупателям убедиться в
качестве приобретаемого лекарства.
Подписано соглашение о
взаимном признании маркировки лекарственных средств
между Узбекистаном и Российской Федерацией.
Таким образом, цифровая маркировка лекарств способствует
развитию легального фармацевтического рынка, открывая новые возможности для международного сотрудничества в этой сфере.
Тelegram |
Facebook |
Youtube|
Instagram |
X|
ThreadsShow more ...