⚡️
Avtokredit bo'yicha jonli efir vaqti eng ko'p berilgan savollarga javobni e'tiboringizga havola qilamiz!
📌
Avtokredit rasmiylashtirish uchun davlat tashkilotida ishlash shartmi? Men tadbirkorman, daromadim yaxshi lekin byudjet tashkilotida ishlamayman.
Yo‘q davlat tashkilotida ishlashingiz shart emas. Birlamchi bozor uchun avtokreditlar bo‘yicha doimiy rasmiy daromadga ega bo‘lishingiz shart. Bunda davlat tashkilotidan tashqari boshqa mulkchilik shakliga ega tashkilotlarda ham faoliyat yuritishingiz mumkin.
📌
Man bankdan ipoteka krediti olgandim, hali tugashi uchun 8 yil bor, avtokredit ham olishim mumkinmi?
Bunda Sizni skoring, ya’ni kreditga layoqatlik darajangiz tahlildan o‘tkaziladi. Agar oldin olgan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligiz bo‘lmasa, qarz yuki ko‘rsatkichingiz me’yorida bo’lsa va kreditga layoqatlikning boshqa me’yorlariga javob bersangiz kredit ajratishga ruxsat beriladi.
📌
Eng kam foizlik avtokredit haqida ma’lumot bersangiz.
Bugungi kunda bankimizda eng kam foizli avtokredit – Hamkor tashkilotdan KIA, Renault, LADA, Chery avtotransport vositalarini sotib olish uchun 12 oy muddatga
50% boshlang‘ich badal bilan yillik 5 % stavkada ajratiluvchi kreditlar hisoblanadi.
Veb-sayt |
MAVRID|
Instagram|
Facebook |
Call-markazShow more ...