Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Category
Channel location and language

all posts Kun.uz | Rasmiy kanal

🇺🇿  Kun.uz  saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998 78 113 10 10 Sayt:  http://kun.uz/uz  facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz 
Show more
121 644-397
~32 520
~28
19.89%
Telegram general rating
Globally
5 871place
of 78 777
37place
of 430
In category
275place
of 2 793
Posts archive
Toshkentdagi bog‘chada bolalarni qo‘rqitib, qo‘pollik qilgan tarbiyachi ishdan olindi Yunusobod tumanidagi 414-sonli davlat bog‘chasida tarbiyachi bolalarga qo‘pol muomalada bo‘lib, ularni qo‘rqitib, kuch ishlatgani aniqlandi. Poytaxt maktabgacha ta’lim boshqarmasi tarbiyachi ishdan bo‘shatilganini bildirdi. 👉 rasmiy kanali
5 457
8
Kran - ikkinchi uyim: 44 yildan beri balandlikda ishlaydigan ayol Farg‘ona shahrida yashovchi Muhtaram Meliboyeva 44 yildan beri kran boshqaradi. Korxonada erkaklar orasida ishlaydigan yagona ayolni barcha birdek hurmat qiladi. «61 yoshga kirdim, balandlikda ishlab rohatlanaman. Uyda bekor o‘tira olmayman, pensiyaga chiqsam-da, kran boshqaryapman», deydi u. 📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
9 682
6
«Real» – chempion. Madridga Ispaniyada raqobatchi topilmadi Karlo Anchelotti mavsumda faqat bir bor mag‘lub bo‘ldi va faoliyatidagi 27-sovrinni qo‘lga kiritdi. 📹 👉
11 841
10
Olimpiada yo‘llanmasi, Soliq qo‘mitasining “ishtahasi” va zaiflashgan so‘z erkinligi - hafta dayjesti O‘zbek futboli oxirgi 30 yildagi eng katta yutug‘ini qo‘lga kiritdi. So‘z erkinligi reytingida O‘zbekistonning o‘rni yana pasaydi. Uy-joy va avtomobil oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin. Toshkentning 100 ta mahallasida kutubxona ochilyapti. Rasmiy kambag‘allik chegarasi yangilandi. Ortda qolayotgan haftaning shu va boshqa xabarlari – . 📹 VIDEOSHARHNI TOMOSHA QILING
Show more ...
19 471
7
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 4 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 dan Diversity Visa - 2025 (Green Card) natijalari e’lon qilina boshlandi. 👉
21 547
112
Xufyona iqtisodiyot: Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? Prezident huzuridagi kengash yashirin iqtisodiyotga qarshi qaror loyihasining aksariyat bandlariga qarshi chiqqan. Tadbirkor Faxriddin Ilyosovning aytishicha, taklif etilayotgan o‘zgarishlar soyadagi biznesga emas, to‘g‘ri ishlayotgan tadbirkorlarga yuk bo‘ladi. Soliq maslahatchisi Murod Muhammadjonov esa bu choralarning foydasidan zarari ko‘proq bo‘lishini ta’kidladi. 📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING

Мои видео.mp4

21 577
22
Ko‘zini yo‘qotgan ukrain askarlari va Tokmakdagi vayrongarchiliklar. Urush suratlari Urushning 800-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj. 📸👉
20 468
1
Katta xavf ostidagi piyodalar yo‘lagi – Davlatobodda insonlar hayoti o‘yinchoqmi? Namangan shahri Davlatobod tumanida yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i ostida piyodalar yo‘lagi hamda xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qurilmoqda. surishtiruvidan so‘ng Namangan viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi holat bo‘yicha izoh berib, ushbu yer uchastkalari tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan auksionda sotib olinganini bildirdi. Ammo boshqarma kelajakda bu yerda to‘planadigan insonlar xavfsizligi qanday ta’minlanishiga to‘xtalmagan. 👉
Show more ...
19 745
4
Har bir o‘zbekistonlik minishni orzu qilgan avtomobil - GAZ-24 “Volga” ham amerikaliklardan o‘g‘irlanganmi? Bir paytlar GAZ-24 Volga deyilsa istalgan odam bir entikib qo‘yardi. U SSSRda ko‘pchilikning orzusidagi mashina bo‘lgan. Biroq o‘ta qimmatligi uchun uni sotib olishning o‘zi bo‘lmasdi. Bugunga kelib kichik “yuk mashinasi”ga aylangan afsonaviy avtomobil konsepsiyasi aslida amerikaliklardan o‘g‘irlanganini hamma ham bilavermasa kerak. 👉
19 071
34
Kanaldan topilgan sirli sandiq – Popdagi mudhish qotillik tafsilotlari El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi: 2022 yilning avgust oyida Namangan viloyatining Pop tumanidan oqib o‘tuvchi kanalda sirli sandiq topilgani qisqa fursatda atrofga ovoza bo‘ldi. Yetti yoshli boladan yetmish yoshli nuroniygacha shu sandiqni gapirardi go‘yo. Sababi, uning ichida bo‘laklarga bo‘lingan erkak murdasi bor edi. Jinoyat ishi ochilib, qotil kimligi aniq bo‘lganida esa hamma hayratdan yoqa ushladi. 👉
Show more ...
19 607
42
AQSh Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi Taxminlarga ko‘ra, ushbu mablag‘lar Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan foydadan qoplanadi, ular bo‘yicha foizlar yig‘ilishda davom etyapti. Vashington bunda «yakka Qo‘shma Shtatlar» emas, balki G7 mamlakatlari ham ishtirok etishini xohlayapti. 👉
19 335
7
Lochindan Qalqongacha: mudofaa texnologiyalariga oid noodatiy festivalidan fotoreportaj Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i”da mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali bo‘lib o‘tmoqda. Unda bir qator ishlab chiqaruvchilar, ixtirolar o‘z mahsulotlari bilan qatnashmoqda. muxbiri festivalda ishtirok etib, fotoreportaj tayyorladi. 📸👉
17 961
20
“Odamni itdan balandroq ko‘rishni boshlamas ekan, ayolim poyezdga chiqmaydi” – jurnalist “O‘zbekiston temiryo‘llari” haqida “Nukus–Samarqand” yo‘nalishida poyezdda yo‘lovchi sifatida kelgan jurnalist Isomiddin Po‘latov “platskart”dagi sharoitlar haqida yozib, vagonlardagi manzarani qo‘rqinchli tushga o‘xshatdi. “O‘zbekiston temiryo‘llari” bu haqda o‘ylaguncha asrlar o‘tib ketmasa bo‘ldi. Chunki “katta”larning xotini, qizlari bu vagonlar haqida tasavvurga ega emas, deb yozadi u. 👉
Show more ...
23 230
41
«Real» bugun chempion bo‘lishi mumkin, APLda poyga davom etadi, «Yuventus» Rimda mehmon - hafta o‘yinlari anonsi Kechadan boshlab Yevropada navbatdagi tur o‘yinlari boshlandi. Italiyada Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi masalasi hali ochiq turgan bo‘lsa, Angliyada «Arsenal» va «Manchester Siti» bosh sovrin uchun so‘nggi hamlalarni amalga oshirish arafasida turibdi. Albatta, bu pallada har bir o‘yin, har bir harakatning qiymati oltinga teng. 👉
20 103
3
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQShda "talabalar bahori" Qo‘shma Shtatlar oliygohlarida Falastin xalqini qo‘llab o‘tkazilayotgan namoyishlar AQSh demokratiyasini sinovdan o‘tkazayotgandek. Namoyish va norozilik aksiyalari bilan bog‘liq eng katta qarama-qarshiliklar qanday va ularning asosiy talablarini siyosiy tahlilchilar Kamoliddin Rabbimov va Hamid Sodiq bilan tahlil qildik. 📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING

1.mp4

20 543
15
Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi «O‘zgidromet» 6-8 may kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. 👉
20 539
2
O‘zbekistonga in qurgan moliyaviy piramidalar: “Blue culture” - navbatdagi “qopqon” O‘zbekistonda “Blue culture” nomli loyiha tobora ommalashib bormoqda. Tashkilotchilar odamlarni ushbu loyiha orqali mo‘maygina daromad olish mumkinligiga ishontirmoqda. Afsuski, “Parker” yoki “Sun Eco”dan xulosa chiqarmaganlar “Blue culture” sirtmog‘iga ham o‘z ixtiyorlari bilan bo‘yin tutmoqda. Birdan boyib qolish yo‘lidagi bu istak moliyaviy piramidachilarning tegirmoniga suv qo‘ymoqda xolos. 📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Show more ...

1 Qism Yutub.mp4

21 133
57
Isroilga eksportni to‘xtatgan Turkiya, Ukrainadagi urushning yangi bosqichi va Rossiyaga qarshi sanksiyalar - kun dayjesti O‘tgan sutka davomida jahon sahnasida sodir bo‘lgan e’tiborga molik voqea-hodisalar va yangiliklar tafsiloti bilan odatdagidek tanishtirishda davom etamiz. 👉

y2mate_com_Ukrainadagi_urushning_yangi_bosqichi_va_Rossiyaga_qarshi.mp4

20 008
3
Maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda har bir viloyatda bittadan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 10-11-sinf o‘quvchilarini pedagog kasbiga tizimli tayyorlash uchun pedagogik sinflar tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladi. 👉
20 427
19
Chilonzorda daraxt qulashi oqibatida yosh bola vafot etishi hodisasi yuzasidan tergov boshlandi O‘tkazilgan tekshirishda suv quvurlarini ta’mirlayotgan ishchilar xavfsizlik choralariga rioya qilmasdan, maxsus texnika yordamida qazish ishlarini olib borishgani, buning oqibatida bir tup darahtning ildizi ochilganligi hamda o‘z vaznini ko‘tara olmay yiqilganligi aniqlangan. surishtiruvida ham daraxt qulashiga Veolia Energy Tashkent issiqlik yetkazib berish kompaniyasi xodimlari va boshqa mas’ul idoralarning mas’uliyatsizligi sabab bo‘lgani oydinlashgandi. 👉
Show more ...
20 255
10
Toshkentda ko‘chadagi qizga nisbatan odobsiz harakatlar sodir etib, yuziga urgan shaxs 2,5 yilga qamaldi Toshkentda «tanishib, keyin turmush qurish» maqsadidagi erkak 17 yoshli qizga nisbatan qo‘pol va odobsiz harakatlar sodir etgan. Qiz qarshilik ko‘rsatganida, uning yuziga urgan. Sud uni 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. 👉
20 282
22
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi uch viloyat hissasiga to‘g‘ri kelyapti O‘zbekistonda bir oyda salkam 60 mlrd so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. 👉
20 240
6
🌍 Jahon xabarlari 🇮🇱 WSJ: Isroil HAMASga o‘t ochishni to‘xtatish masalasi bo‘yicha 🇷🇺 Rossiyadagi asosiy harbiy qabristonda joy 🇩🇪 Berlin va Parij universitetlarida Falastin tarafdorlarining norozilik 🇨🇳 Xitoy Oyning teskari tomoniga uchuvchisiz zondni ❌ Rossiya shakar eksportini vaqtincha
20 627
4
Shamol ham, yomg‘ir ham bo‘lmagan kunda daraxt quladi. Bunga VEOLIA xodimlari aybdormi? Toshkentda ko‘p yillik daraxt qulab tushdi. Oqibatda 1 yoshli bola nobud bo‘ldi, bir ayol jarohatlandi, yana bir fuqaroning qimmatbaho avtomobiliga zarar yetdi. na hodisa sabablarini o‘rgandi. Surishtiruvda daraxt qulashiga Veolia Energy Tashkent issiqlik yetkazib berish kompaniyasi xodimlari va boshqa mas’ul idoralarning mas’uliyatsizligi hamda harakatsizligi sabab bo‘lgani oydinlashdi. 👉
Show more ...

tg~1.mp4

21 717
31
Toshkentda dars paytida qarta o‘ynab o‘tirgan o‘quvchilarning ota-onasi jarimaga tortildi Yunusobod tumanidagi maktabda dars vaqti qarta o‘ynagan maktab o‘quvchilarining ota-onalari va sinf rahbari jazolandi. 👉
22 972
90
Zelenskiy: Ukrainani urushning yangi bosqichi kutmoqda Rossiya o‘z hujumlarini kengaytirmoqchi, Kiyev va uning ittifoqchilari bu rejalarni barbod qilishi kerak, dedi Ukraina prezidenti. 👉
21 464
4
Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi Kirov shahrida 21 yoshli migrant odam savdosida gumonlanib ushlandi. 👉
22 012
8
Milliy bog‘lar xuddi erkinlik kabi qadrlanishi, himoya qilinishi kerak – AQSh elchisi O‘zbekistondagi AQSh elchisi Jonatan Henik o‘zbekistonliklarning parklar va toza havoni himoya qilish say’-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi. 👉
22 162
1
Saida Mirziyoyeva Nodirbek Abdusattorovni TePe Sigeman turniridagi g‘alabasi bilan tabrikladi Nodirbek Abdusattorov TePe Sigeman Chess Tournament 2024 turniri chempioniga aylandi. O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Nodirbekni ushbu g‘alaba bilan tabrikladi. “Shvesiyaning Malmyo shahrida o‘tkazilgan nufuzli TePe Sigeman 2024 turnirida Nodirbek chempion bo‘ldi va O‘zbekiston ekanini yana bir bor isbotladi”, - deydi Saida Mirziyoyeva. 👉
Show more ...
23 846
11
Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston finalda Yaponiyaga mag‘lub bo‘lib, ketma-ket ikkinchi marta qit’ada ikkinchi o‘rinni egalladi Osiyo kubogi U23 finali doirasida O‘zbekiston olimpiya jamoasi Yaponiyaga alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi. Temur Kapadze shogirdlari Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqqach, turnirni Osiyoning vitse-chempioni sifatida yakunladi. Vakillarimiz 90+9-daqiqada penaltidan foydalana olishmadi. 👉
26 820
25
3 mayning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqealar va hodisalar Investorlar kengashining yalpi majlisi, matbuot erkinligi reytingida pasayish, 6 yilga kesilgan «Ziki eski shahar», Germaniya, Qatar va Saudiya Arabistoni bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha muzokaralar, 4,65 mlrd dollarlik pullik yo‘l loyihasi - kun davomida ’da yoritilgan O‘zbekiston yangiliklari bilan tanishing. 👉

y2mate_com_6_yilga_kesilgan_Ziki_eski_shahar_va_matbuot_erkinligi.mp4

25 859
5
Nodirbek Abdusattorov – «Tepe Sigeman-2024» turniri g‘olibi U asosiy davrada 4,5 ochko to’pladi va Arjun Erigaysi hamda Peter Svidler bilan bir xil ochko jamg’ardi. Tay-brek bahslarida esa Nodirbek ikkala raqibini ham mag’lub eta oldi va chempionga aylandi. 👉
24 792
13
«Bunday urushlar faqat kelishuvlar bilan yakunlanadi» - Ukraina razvedkasi generali Ukraina razvedkasi rahbari o‘rinbosari Vadim Skibitskiy urushni faqat jang maydonida yutib bo‘lmasligini aytdi. 👉
23 570
3
O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga kirishda to‘siqqa uchramayapti - Migratsiya agentligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kiritilmayotgani haqida internetda tarqalgan xabarlarni rad etdi. 👉
23 161
22
“O‘zbekneftgaz” “O‘ztransgaz”ning 46,8 foiz ulushini sotib oldi 29 mart kuni rasmiylashtirilgan bitimga ko‘ra, “O‘zbekneftgaz” “O‘ztransgaz”ning 46,8 foiz ulushini 292,8 mlrd so‘mga sotib olgan. 👉
23 371
14
Turkiya Isroil bilan savdo aloqalarini to‘xtatdi Erdo‘g‘an Isroil bilan yiliga 9,5 mlrd dollarlik savdo to‘xtatilganini tasdiqladi. 👉
23 941
12
Prezident AQSh, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi Uchrashuvlarda investitsiyaviy va innovatsiyaviy sheriklik, «yashil» energetikani rivojlantirish, suv ta’minoti, fuqarolik aviatsiyasi, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, turizm va boshqa sohalarda aniq loyihalarni amalga oshirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. 👉
23 666
11
Toshkentda 1 yoshli qiz ustiga daraxt qulashi oqibatida halok bo‘ldi Uni 55 yoshli enagasi bolalar aravachida olib ketayotgan bo‘lgan. Chilonzor tuman prokuraturasi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda. 👉
23 438
43
Oxirgi 3 yilda 2,5 mlrd dollarga yaqin xususiylashtirish amalga oshirildi - Davaktiv direktori “2,5 mlrd dollar nimadan iborat degan savol bo‘lsa, katta raqamlarni aytish mumkin. 252 mln dollarga Coca Cola Uzbekistan'dagi 57 foiz davlat ulushini sotganimiz, Ipotekabankni 324 mln dollarga sotganimizni ayta olaman”, dedi Akmalxon Ortiqov. U yirik bitimlar qatorida “Farg‘ona azot”, Farg‘onadagi oyna va spirt zavodlari hamda Toshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasini ham tilga oldi. 👉
Show more ...
22 890
9
Toshkent-Andijon pullik yo‘lining qiymati 4,65 mlrd dollarni tashkil etadi Joriy yilning iyun oyi oxirigacha Toshkent-Andijon pullik yo‘l qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy ishlari yakunlanadi. Loyihaning umumiy uzunligi 314 km bo‘lib, uning qiymati 4,65 mlrd dollarni tashkil qiladi. 👉
22 964
30
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi «Chegara bilmas muxbirlar» xalqaro tashkilotining matbuot erkinligi indeksida O‘zbekiston bir yil oldingiga qaraganda 11 pog‘onaga pastlab, 180 ta davlat orasida 148-o‘rinni egalladi. Kuzatuvchilar O‘zbekistonda so‘z erkinligi bo‘yicha vaziyatni «og‘ir»dan «juda jiddiy»ga o‘zgartirishgan. 👉
23 836
11
Bir oilaning uch a’zosi o‘ldirildi. Murdalar yoqib yuborilgan Sirdaryodagi mudhish qotillik tafsilotlari Sirdaryo tumanida yong‘in sodir bo‘lgan uydan ikki ayol va bir bolaning jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. muxbiri holatni o‘rganish uchun Ziyokor mahallasida bo‘lib, qurbonlarning qo‘shnilari va yaqinlari bilan suhbatda bo‘ldi. Tafsilotlarini eshitgan odam dahshatga tushadi. 👉

tg.mp4

22 851
53
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi Toshkentda «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan, dekabr oyida o‘tkazilgan reyd chog‘ida qo‘lga olingan Lutfulla Umarov 6 yil-u 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. 👉
23 291
24
Ispaniyami yoki Isroilga qarshi revansh? O‘zbekistonning Parij-2024dagi ehtimoliy raqiblari haqida O‘zbekiston olimpiya jamoasi futbolimiz tarixida ilk marta Olimpiadaga yo‘llanma oldi va bugun, 3 may kuni Yaponiyaga qarshi o‘tadigan finaldan so‘ng Parij-2024dagi raqiblarimiz nomi ham aniq bo‘ladi. Temur Kapadze shogirdlari Terri Anri murabbiyligidagi Fransiya va Maskerano boshchiligidagi Argentina bilan bir guruhdan joy olmasa-da, Ispaniya yoki Isroil bilan bir kvartetdan o‘rin olishi mumkin. Turnirda bir qator yulduzlarning ham ishtirok etish ehtimoli bor. 👉
Show more ...
22 835
6
Kasallik o‘chog‘iga aylanayotgan G‘azo, Amerikada to‘xtamayotgan namoyishlar va Rossiyaga qaytayotgan relokantlar - kun dayjesti O‘tgan sutka davomida jahon sahnasida sodir bo‘lgan e’tiborga molik voqea-hodisalar va yangiliklar tafsiloti bilan odatdagidek tanishtirishda davom etamiz. 👉

ДАЙЖЕСТ 03-05.mp4

22 568
4
Xorijiy investorlar kengashi doirasida 4 yo‘nalishda ishchi guruhlar tashkil etiladi Davlat rahbari kengash doirasida to‘rtta yo‘nalishda ishchi guruhlarni tashkil etish va ularni to‘liq amalga oshirishda faol ishtirok etishga taklif etdi. 👉
22 699
5
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni «Chegara bilmas muxbirlar» tashkilotining OAV erkinligi bo‘yicha yillik reytingiga ko‘ra, rekord miqdordagi mamlakatlarda ommaviy axborot vositalari erkinligi deyarli imkonsizdir. Vaziyat sezilarli darajada yomonlashgan davlatlar qatoriga Rossiya va Gurjiston ham kiritildi. 👉
1
0
Chorsuda zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi Eski jo‘va bozorida joylashgan zargarlik do‘koniga ayol 12 yoshli bola bilan kelib, zargarlik buyumlarini uzoq vaqt ko‘rgan. So‘ng u 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni tanlagan va sotib olish istagini bildirib qo‘liga olgan holda o‘g‘liga bergan. 12 yoshli bola esa noma’lum tomonga qochib chiqib ketgan. 👉
4 298
7
Rossiyaning Kursk oblastida migrantlarga taksi haydovchisi sifatida ishlash taqiqlandi Rossiya regionlarining taxminan uchdan bir qismida migrantlar ishlashi mumkin bo‘lgan sohalar bo‘yicha cheklovlar mavjud. 👉
1
0
Rossiyada odamlarni yong‘indan qutqargan o‘zbekistonlikka pul yig‘ib berildi Olimjon Ibrohimov uchun mahalliy aholi pul to‘plab berdi. 👉
5 426
5
Davlatobodda yuqori kuchlanishli tok liniyasining tagi xizmatlar ko‘chasiga aylantirilmoqda Yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i tagi auksion savdolariga chiqarilgan. G‘oliblar hududda servis va xizmat ko‘rsatish loyihalarini amalga oshiradi. Lekin tarmoqning himoya zonasida bunday loyihalarni amalga oshirish xavfli va belgilangan talablarga zid hisoblanadi. 👉
2 855
3
«GUR» rahbari o‘rinbosari: Rossiya Ukrainani beqarorlashtirish uchun «uch darajali reja»dan foydalanmoqchi Vadim Skibitskiyning so‘zlariga ko‘ra, yaqin oylarda Rossiya Ukrainani beqarorlashtirish uchun «uch darajali reja»dan foydalanadi, jumladan, Ukraina Qurolli kuchlari pozitsiyalariga keng ko‘lamli hujum va mamlakat ichida dezinformatsiya kampaniyasi kuzatiladi. 👉
3 183
0
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi Fransiya prezidenti o‘zining avvalgi pozitsiyasini takrorlab, Rossiyaning g‘alabasini oldini olish uchun hech narsani istisno qilmasligini aytdi. Makron The Economist nashriga bergan intervyusida qaysi holatda Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyor bo‘lishiga aniqlik kiritdi. 👉
3 747
1
Amudaryoda suvni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishi kutilyapti O‘zbekistonning Turkmanistonda joylashgan suv xo‘jaligi obektlari xatlovdan o‘tkaziladi va «Tuyamo‘yin» gidrouzelining «Sultonsanjar» to‘g‘onida «suv filtratsiyasiga qarshi devor qurish» loyihalari jadallashtiriladi. 👉
4 408
2
“Sanoat raqobatining xavfli bosqichidamiz” - Ar-Riyoddagi forumda energetika vazirlari nimalar dedi? Saudiya Arabistoni poytaxtiga, Xalqaro iqtisodiy forumga yig‘ilgan qator davlatlarning energetika vazirlari energiya borasidagi yechimlar ustida qanday bosh qotirilayotgani va barqaror energiyaga o‘tish masalalarini muhokama qildi. 👉
362
0
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonlik doimiy ish bilan ta’minlanishi mumkin Jiddada arab ishbilarmoni Ahmad Alxutami bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda til va turli kasblarga o‘qitish markazlari tashkil etish hamda 100 ming nafargacha o‘zbekistonlikni Saudiya Arabistonida doimiy ish bilan ta’minlash masalasi muhokama qilindi. 👉
6 416
18
Qirg‘iziston hukumati o‘z fuqarolariga Rossiyaga bormaslikni tavsiya qildi Rossiyaga safar qilish uchun «o‘ta muhim sabablarga ega bo‘lmagan» Qirg‘iziston fuqarolariga safardan tiyilish tavsiya etildi. 👉
2 364
0
Kemeron: Ukraina Rossiyaga Britaniya qurollari bilan zarba berishga haqli Britaniya tashqi ishlar vaziri Kiyevga tashrifi chog‘ida London o‘zining barcha texnika va qurol-yarog‘ zaxiralarini tugatganini tan oldi, biroq Ukrainaga har yili 3,5 milliard yevro miqdorida yordam berishini va’da qildi. 👉
2 269
0
«Nega doim Ukraina yon berishi kerak?» Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi Ukraina TIV rahbari «tajovuzkorni tinchlantirish» siyosati yanada kattaroq urushga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. 👉
12 700
2
2 mayning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqealar va hodisalar Toshkentda ish boshlagan xalqaro investitsiya forumi, sudda yopiq tarzda ko‘riladigan Jo‘rayevlar ishi, pullik yo‘l qurmoqchi bo‘layotgan xorijiy kompaniyalar, 100 mln so‘m jarimadan qochib yurgan avtomobil - kun davomida ’da yoritilgan O‘zbekiston yangiliklari bilan tanishing. 👉

Toshkentda_investitsiya_forumi_va_sudda_yopiq_tarzda_ko‘riladigan.mp4

7 372
2
Toshkentdagi noyob Usmon mushafi restavratsiya qilinadi Xalqaro mutaxasislar jamoasi dunyodagi eng qadimiy Qur’on qo‘lyozmasi – Usmon mushafi (Toshkent Qur’oni)ni restavratsiya qiladi. Loyihani prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva qo‘llab-quvvatlamoqda. 👉

Мои видео.mp4

10 495
17
Toshkentda sovuq qutili aravalarda sotilayotgan muzqaymoqlar bo‘yicha reyd o‘tkazildi Sanepidqo‘m Toshkent shahar boshqarmasi ko‘chalarda g‘ildirakli aravalarda muzqaymoqlar sotilishida sanitariya talablariga rioya etilishi holati yuzasidan reyd o‘tkazdi. 👉
12 143
14
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim – o‘zga elda yolg‘iz qolib ketgan odam (Hayotiy hikoya) Pul masalasida muammo yo‘q, meni qiynayotgan holat yolg‘iz qolganim. O‘zbekistonda qolib ketgan qizim turmushga chiqqan, hozir farzandlari bor. U boshqa birovni ota deb ulg‘aydi. Ukrainadagi o‘g‘lim ham 16 yoshga kirdi, u ham meni umuman tanimaydi. Hozir huvullagan kvartirada bir o‘zim yashayman. Sog‘ligimda muammo yo‘q, biroq issiq jon, bilib bo‘lmaydi. Bexosdan o‘lib qolishdan qo‘rqaman. 👉
Show more ...
14 339
20
9 mlndan oshiq uy tashlab ketilgan – nega Yaponiyadagi har 8 uydan birida hech kim yashamaydi? Mamlakatda barcha uylarning 14 foizida hech kim yashamaydi. Bo‘sh uylar “Akiya” deb ataladi. Bu uylarning har biriga 3 kishidan joylashtirilsa, butun Avstraliya aholisini uy bilan ta’minlash mumkin. 👉
15 058
20
Frontdagi keksa ko‘ngillilar va Moskvada harbiy o‘ljalar ko‘rgazmasi. Urush suratlari Urushning 798-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj. 📸👉
15 789
0
Angliyalik ta'lim maslahatchisi, mutaxassis Roy Andersenning kitobi endi sotuvda! Muallif kitobda "Ta'limdan ko'zlangan maqsadlarga erishilmaslik sabablari nimada?", "Qanday qilib fanlarni yaxshiroq o'zlashtiradilar?", "Sun'iy intellekt rivojlanayotgan davrda yoshlar o'z o'rinlarini topishlari nechog'lik muhim?" kabi savollariga javob izlaydi. Ushbu so'roqlar har bir millat, xususan, o'zbek ota-onasi va o'qituvchisiga ham dolzarbdir. Narxi: 36 000 Buyurtma berish:   / 998712300050 📚 Reklama
Show more ...
16 856
45
Bog‘chalarda ota-onalar to‘lovi oshgani yuzasidan izoh berildi Maktabgacha ta’lim agentligi vakilining ma’lum qilishicha, 2021 yilda ota-onalarning bog‘cha to‘lovlari bolalarning ovqatlanish xarajatlarini 60 foizga qoplagan, o‘tgan 3 yil ichida esa oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar narxi oshishi hisobiga bu ko‘rsatkich 35 foizga tushib qolgan. 👉
15 822
14
Abdulla Aripov Qambarota GESi haqida: “Bu O‘zbekiston uchun strategik loyiha” O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston ishtirokida Qirg‘izistonda quriladigan 1860 megavattlik Qambarota GESi qiymati 2,9 mlrd dollarni tashkil etadi. Stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasining Qirg‘iziston ehtiyojidan ortgan qismini O‘zbekiston va Qozog‘iston kafolatli sotib oladi. Bu haqda Toshkent investforumidagi nutqida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ma’lum qildi. 👉
Show more ...
16 432
7
Qirg‘izistonda yuk mashinasi 29 nafar bolani urib yubordi Holat Jalolobod viloyatining Suzoq tumanida “Manas” dostonini ijro etishga jamlangan o‘quvchilar bilan sodir bo‘lgan. O‘quvchilardan 3 nafarining ahvoli og‘ir. 👉

video_2024-05-02_17-48-40.mp4

18 153
69
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi Javobgar tomon – aka-uka Jo‘rayevlarning ishni yopiq sud majlisida ko‘rib chiqish haqida kiritgan iltimosnomasi qanoatlantirilgan. 👉
17 281
10
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi Dam olish maskanidan qaytayotgan bir necha yigit Traverse mashinasini boshqarib kelib, YPX inspektorlari oldida to‘xtagan va sirena chalgan. Inspektorlar esa “sizga mumkin” deganday shunchaki kulib qo‘ya qolishgan. 👉
17 775
19
O‘zbekistonda yil boshidan beri inflatsiya qariyb 2,6 foizni tashkil etdi Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda iste’mol narxlari oshishi 2,59 foizni tashkil etdi. Aprel oyida iste’mol narxlari 0,93 foizga oshdi. 👉
18 649
5
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi Ularning rahbarlariga nisbatan intizomiy ta’sir choralari qo‘llangan. 👉
19 772
51
Yaponiya va Turkiya O‘zbekistonda pulli yo‘l qurilishida ishtirok etmoqchi Yaponiyaning Sojitz hamda Turkiyaning Rönesans kompaniyalari davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda. 👉
18 775
9
«Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSh». Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi Saudiya Arabistonida Butunjahon iqtisodiy forumining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda juda ko‘p masalalar muhokama qilindi va ko‘pchilikning e’tibori G‘azodagi urush muhokamasiga qaratildi. Saudiyadagi forumning asosiy mehmoni – urush boshlanganidan buyon Yaqin Sharq bo‘ylab yettinchi turnesini o‘tkazgan AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bo‘ldi. 👉
Show more ...
19 202
5
O‘zbekiston AQSh va Britaniya bilan o‘ta muhim xomashyo sohasida strategik bitim imzolaydi Davlat rahbari strategik xomashyolarni chuqur qayta ishlash va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish uchun yetakchi kompaniyalarni O‘zbekistonga taklif etdi. 👉
18 927
12
Rafahda qochqinlar lageriga aviazarba, boykotning oqibatlari va G‘arb tomonidan ogohlantirilgan BAA - kun dayjesti O‘tgan sutka davomida jahon sahnasida sodir bo‘lgan e’tiborga molik voqea-hodisalar va yangiliklar tafsiloti bilan odatdagidek tanishtirishda davom etamiz. 👉

ДАЙЖЕСТ 02-05.mp4

19 232
8
«Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va investorlar huquqlari ishonchli himoya qilinishini kafolatlaydi» – Prezident Shavkat Mirziyoyevning ma’lum qilishicha, davlat bozor munosabatlarini rivojlantirishni, investorlar huquqlari ishonchli himoya qilinishini, qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishni, halol raqobat uchun yanada keng shart-sharoitlar yaratishni, xususiy mulk daxlsizligi va sud tizimining mustaqilligi ta’minlanishini o‘z zimmasiga olmoqda. 👉
Show more ...
19 580
6
Falastin tarafdorlari Kolumbiya universiteti binosini egallab olishi. Fotosuratlar Politsiya amaliyotlari egallab olingan 12 soat o‘tib ularni politsiya tarqatib yubordi - 300 kishi hibsga olingan. 📸 👉
19 225
6
2024 yildagi davlat budjeti defitsiti 25 trln so‘mdan oshdi Joriy yil yanvar oyida davlat budjeti taqchilligi 5,7 trln so‘mni, fevralda 7,2 trln so‘mni, martda 6,8 trln so‘mni, aprelda esa 5,7 trln so‘mni tashkil etdi. Umumiy hisobda o‘tgan to‘rt oylikdagi defitsit 25 trln 586 mlrd so‘mga yetdi. 👉
19 124
33
«Asakabank» xususiylashtiriladi Shavkat Mirziyoyevning Toshkent xalqaro investitsiya forumida ma’lum qilishicha, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan O‘zbekistonning yirik banklaridan biri bo‘lgan “Asakabank”ni xususiylashtirish bo‘yicha bitim imzolandi. 👉
18 720
34
Xorijiy sarmoyadorlar uchun yerlarni ijaraga berish muddati 49 yilgacha uzaytiriladi O‘zbekistonda xorijiy sarmoyadorlar uchun yerlarni ijaraga berish muddati 25 yildan 49 yilgacha - ikki barobar uzaytiriladi. Bunda, qonunlar bilan kafolatlangan amaldagi imtiyoz va preferensiyalar to‘liq saqlab qolinadi. 👉
18 536
9
Xorijiy sarmoyadorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar bo‘yicha soliqlardan 3 yilga ozod etiladi Shavkat Mirziyoyevning Toshkent xalqaro investitsiya forumida ma’lum qilishicha, endilikda xorijiy sarmoyadorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar bo‘yicha soliqlardan uch yil muddatga ozod etiladi. 👉
18 717
15
Toshkentdagi ko‘chalardan biri bir oyga yopildi Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi ko‘chalardan biri bir oy muddatga yopildi. 👉
19 071
24
Britaniyada Ruandaga deportatsiya qilish uchun dastlabki migrantlar qo‘lga olindi Britaniya hukumati noqonuniy ravishda kelgan muhojirlarni ularning boshpana so‘rovlarini hisobga olmasdan Ruandaga deportatsiya qilmoqchi. Yil oxirigacha Sharqiy Afrika davlatiga 5700 nafar noqonuniy muhojirni deportatsiya qilish rejalashtirilgan. 👉
19 803
4
Xitoy AQShning yangi sanksiyalarini «noqonuniy» deb atadi AQShning Kremlga qarshi joriy qilgan yangi sanksiyalar paketiga Xitoy va Hongkongda ro‘yxatdan o‘tgan 20 ta kompaniya ham kiritilgan. 👉
19 760
4
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi «Chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonunga qarshi chiqqan miting ishtirokchilari parlamentning yon eshiklarini chiqindi qutilari bilan to‘sib qo‘ydi. 👉
19 960
4
AQSh Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi AQSh Davlat departamentining da’vo qilishicha, Rossiya qo‘shinlari jang maydonida Ukraina Qurolli kuchlari askarlariga qarshi zaharli modda bo‘lgan xloropikrindan foydalangan. 👉
20 389
3
AQSh sudi Binance kriptovaluta birjasi asoschisini 4 oylik qamoq jazosiga hukm qildi Chanpen Chjao birjada noqonuniy faoliyatni moliyalashtirish bilan bog‘liq tranzaksiyalardan xabardor bo‘lgani isbotlandi. Qamoq jazosidan tashqari u 50 million dollar jarima ham to‘laydigan bo‘ldi. 👉
21 321
26
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mashrab Kimsanov vafot etdi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli kinoaktyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. 👉
22 517
52
YeChL. «Borussiya» yarimfinalning birinchi o‘yinida «PSJ»ni mag‘lub etdi Javob bellashuvi 7 may kuni Parijda o‘tkaziladi. 👉
24 080
6
Ar-Riyodda forum: AQSh-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida Jahon iqtisodiy forumi – global miqyosdagi iqtisodiy-siyosiy masalalar muhokama qilinadigan yetakchi platformalardan. Saudiya poytaxti Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan navbatdagi forum G‘azodagi urush fonida Entoni Blinkenning Yaqin Sharqdagi amaldorlar bilan uchrashuvlari va AQSh–Xitoy ziddiyati borasidagi fikrlar bilan yodda qoldi. 📹 VIDEONI TOMOSHA QILING

Мои видео.mp4

24 402
5
1 mayning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqealar va hodisalar Jamoatchilik muhokamasiga tashlanayotgan qaror, Buxoro va Andijondagi yangi hokimlar, bemor bolalar uchun platforma, Buxoroda talon-toroj qilingan mablag‘lar - kun davomida ’da yoritilgan O‘zbekiston yangiliklari bilan tanishing. 👉

Talon_toroj_qilingan_mablag‘lar_va_pora_bilan_qo‘lga_tushgan_prokuror.mp4

23 837
5
Eng kam pensiyalar minimal iste’mol xarajatlari miqdoriga yetkazildi May oyidan boshlab to‘liqsiz ish staji bilan pensiyaga chiqqanlar va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchi mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyalar miqdori 621 ming so‘mdan 648 ming so‘mga yetkazildi. 👉
23 542
28
“Uch kishiga tushlik olib keling” – Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi Inspektor haydovchi bilan suhbatda “50 kundan beri quyoshda turgani”ni aytib, ezilib ketganini ta’kidlagan. Bo‘lib o‘tgan “savdo”dan keyin haydovchi Nexia-3 mashinasida o‘tirgan odamga 70 ming so‘m berib ketgan. Hozirda holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. 👉

Мои видео.mp4

25 140
286
Ozarboyjon, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘z energiya tizimlarini birlashtirish niyatida Uch tomon «yashil» energiya ishlab chiqarish va uni Ozarboyjon orqali Yevropaga eksportini tashkil etishni rejalashtirmoqda. 👉
22 050
13
Toshkent viloyatida 400 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi U oldindan bo‘nak tariqasida 40 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. 👉
22 614
8
Miyamizni o‘g‘irlashlari mumkin – Ilon Mask kompaniyasi inson miyasini o‘qish ustida ishlayaptimi? Inson miyasiga chip o‘rnatish orqali undagi fikrlarni o‘qish ustida harakatlar boshlab yuborilgan. Agar bular amalda qo‘llana boshlasa, inson miyasi ortiq maxfiy bo‘lmay qoladi. Undan istalgan axborotni olish mumkin bo‘ladi. 👉

tg~1.mp4

22 949
30
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari brakonerlar hujumiga uchradi Baliqni noqonuniy ovlab yurgan shaxslar ekologiya inspektorlariga hujum qilib, qochib ketishgani aytilmoqda. 👉
22 207
4
Eksperiment: “kvartplata”dan qarzi borlarning sveti o‘chirib qo‘yiladi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatovga ko‘ra, bunday tartib ishlab chiqilgan va “Hududiy elektr tarmoqlari” bilan integratsiya ishlari bajarilgan. Bu tartib tegishli qonunga o‘zgartirish kiritilgach, eksperiment tariqasida Navoiy shahrida sinab ko‘riladi. 👉
23 184
41
Last updated: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio