Сервіс доступний і на вашій мові. Для перекладу натиснітьУкраїнська
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Category
Channel location and language

all posts Kun.uz | Rasmiy kanal

🇺🇿  Kun.uz  saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998 78 113 10 10 Sayt:  http://kun.uz/uz  facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz 
Show more
119 837-397
~32 520
~28
19.89%
Telegram general rating
Globally
5 871place
of 78 777
37place
of 430
In category
275place
of 2 793
Posts archive
Samarqandda Cobalt 15 yoshli o‘quvchi qizni urib yubordi Haydovchi katta tezlikda harakatlangan. YTH oqibatida qiz shifoxonaga yotqizilgan. 📹 👉
24 289
16
YI Gurjistonda namoyishchilarga nisbatan zo‘ravonlikni qoraladi Jozep Borrel Gurjiston rasmiylarining «chet el agentlari» haqidagi qonun loyihasiga qarshi namoyishlar ishtirokchilarining hibsga olinishiga olib kelgan harakatlarini qoraladi va Tbilisini tinch miting o‘tkazish huquqini ta’minlashga chaqirdi. 👉
25 025
4
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi 3-6 may kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. 👉
24 761
28
«Dahshatli zo‘ravonlik harakatlari». Politsiya Kolumbiya universitetini shturm qildi, Kaliforniya universitetida talabalar to‘qnashdi Politsiyachilarning Kolumbiya universitetida o‘tkazgan reydi ortidan Kaliforniya universiteti ham diqqat markaziga tushdi, bu yerda turli qarashlardagi namoyishchilarning ikki guruhi o‘zaro to‘qnashgan. 👉
24 163
6
O‘zbekistonda eng ko‘p ish beruvchi kompaniyalar o‘ntaligi e’lon qilindi O‘zbekistonda eng ko‘p ish beruvchi top-10 korxonalar ro‘yxati ochiqlandi. 👉
23 712
23
Namanganda 68 yoshli erkak 7 yoshli qizga nisbatan uyatsiz harakatlar qilganlikda gumonlanmoqda Yangi Namangan tumanida 68 yoshli erkak ko‘chada o‘ynayotgan 7 yoshli qizni mashinasiga chiqarib, unga nisbatan uyatsiz harakatlar qilishda gumonlanmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 👉
24 024
22
Toshkent viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi 1−8 may kunlari Toshkent viloyatidagi Chotqol tizmasi tog‘lari hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud. 👉
24 015
4
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ular tovar-moddiy boyliklar sotib olish hamda tarixiy obektlarni restavratsiya qilish uchun ajratilgan katta miqdordagi budjet mablag‘larini talon-toroj qilishda gumonlanmoqda. 👉
24 780
26
Farg‘onada tuman prokurori o‘rinbosari 2 ming dollar olayotganda ushlandi U sud ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha aybdorga jazo qo‘llanishida yengillik qilishni va’da berib, pul olgan. 👉
23 827
29
Falastinni tan olayotgan Yevropa, Rafahga ko‘z tikkan Netanyahu va Buryatiyadagi yong‘inlar - kun dayjesti Jahonda ro‘y bergan voqea va hodisalar, yangiliklar va bayonotlarning qisqacha sharhi bilan odatga ko‘ra tanishtirishda davom etamiz. 👉

y2mate_com_Falastinni_tan_olayotgan_Yevropa_va_Rafahga_koz_tikkan.mp4

23 379
10
O‘zbekistonda «kvartplata»ning minimal miqdori tasdiqlandi Qurilish va uy-joy xo‘jaligi vazirining buyrug‘i bilan ko‘p kvartirali uylardagi majburiy badallarning eng kam miqdorlari tasdiqlandi. To‘lovlar hududlar kesimida binoda kommunikatsiya tarmog‘i, lift bor yoki yo‘qligi hamda qavatlar soniga qarab turlicha bo‘ladi. 👉
23 305
30
Andijon viloyatining ikki tumanida hokim o‘zgardi O‘tkirbek Ma’murov Marhamat tumani hokimi lavozimiga . U bungacha Buloqboshi tumani hokimi edi. Buloqboshi tumaniga Furqatbek Bo‘taxonov yangi hokim . U ushbu tuman hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
24 017
13
⚡️ Yangi uylar bozorida nima gaplar? — O‘rtacha 1 m² uchun 9 000 000 so‘mdan — Bo‘lib to‘lash 12 oydan - 5 yilgacha 👉 Uylarni ko'rish Reklama
23 176
8
Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi 1-2-3 may kunlari Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni avtomobil yo‘lining 34-54 kilometrlari oralig‘ida transport harakati cheklanadi. Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuruvchi fuqarolarga Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etildi. 👉
23 604
34
AstraZeneca koronavirusga qarshi o‘z vaksinasi tromb hosil qilishini tan oldi Vaksina juda kamdan-kam hollarda «tromb hosil qilishi va trombotsitlar darajasini pasaytirishi», bu esa o‘limga olib kelishi mumkin. 👉
24 429
82
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi Loyiha Tadbirkorlik kengashi, jamoatchilik faollari hamda idora va vazirliklarning tomonidan berilgan takliflar asosida qayta ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, hujjat loyihasi hukumatga kiritilishidan oldin keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi. 👉
23 468
15
AQSh Senati Rossiyadan uran importini taqiqlashni qo‘llab-quvvatladi Senatorlar qonun loyihasini bir ovozdan ma’qulladi. Hujjat imzolash uchun Jo Baydenga yuborilgan. U qabul qilinganidan keyin 90 kun o‘tib kuchga kiradi. 👉
23 220
6
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? Butun dunyoda biologik faol qo‘shimchalar odamlarning kunlik iste’mol mahsulotiga aylanib ulgurdi. Xo‘sh, bu qo‘shimchalarning tanaga ta’siri qanday, O‘zbekistonda sotilayotgan BFQ qanday tekshiruvlardan o‘tadi, ularni shifokor maslahatisiz olib ichish mumkinmi? yuqoridagi savollarga javob olish uchun soha mutaxassislariga mikrofon tutdi. 📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
23 888
33
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik Hukumat tayyorlagan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish dasturi loyihasida ijobiy takliflar bilan birga, ertaga tadbirkorlarni, oddiy odamlarni qiynashga zamin yaratadigan choralar ham ko‘zda tutilgan. Bloger Qobil Xidirov Soliq qo‘mitasiga qo‘shimcha vakolat berishda yetti o‘lchab bir kesishga chaqirdi. 👉
23 413
16
Anor yetishtirishdan bo‘yoq ishlab chiqarishgacha – davlat tashkilotlarining nosohaviy aktivlari Bir qator davlat tashkilotlari va banklar o‘z faoliyat turiga aloqador bo‘lmagan korxonalarda ulushdor hisoblanadi. Ular orasida anorchilik, mineral suv qadoqlash, uy qurish, stomatologlik, bo‘yoqlar ishlab chiqarish kabi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari ham bor. Yangi xususiylashtirish dasturiga ko‘ra, bunday korxonalar sotuvga qo‘yiladi. 👉
Show more ...
23 621
6
Buxoro shahriga yangi hokim tayinlandi Jamol Nosirov sog‘ligi yomonlashgani munosabati bilan Buxoro shahar hokimi lavozimidan ozod etishni so‘rab, ariza bilan murojaat qilgan. Qurilish vazirligida boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan Qurbon Tursunov shahar hokimi etib tasdiqlandi. 👉
24 872
58
Sinoptiklar may oyida kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi May oyi birinchi o‘n kunligi oxirida, shuningdek, ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda havo harorati ba’zi joylarda +38 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. 👉
24 093
13
Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi Akmal Mirzayev bungacha Sardoba tumani hokimi edi. 👉
24 812
9
Suv purkagichlar va kaltaklangan muxolifatchilar: Gurjistonda politsiya «chet el agentlari» qonuniga qarshi namoyishchilarni tarqatib yubordi Tbilisida politsiya «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonunga qarshi namoyishni suv purkagichlar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan holda tarqatdi. «Gurjiston xalqi tinch namoyish o‘tkazish huquqidan mahrum etildi», deb yozdi prezident Zurabishvili. 👉
25 358
5
YeChL. «Bavariya» va «Real» Myunxendagi yarimfinalda jangovar durang qayd etishdi Javob bahsi 8 may kuni Madridda bo‘lib o‘tadi. 👉
26 374
10
Ehtiyot bo’ling! Telegramda ma’lumot o‘g‘irlovchi virus tarqatilmoqda. U karta ma’lumotlarni o‘g‘irlash bilan birga, xabarnomani kontaktingizdagi boshqalarga ham avtomatik jo‘natadi.

An91KYJvN7azI26rtBqWliSkDARf7o5_Yd_868udd4EKy_wuAmgJvlMW6KkVFuQVR7efqT.mp4

43 067
284
Moskva aeroportlarida - Tojikistonning mingdan ortiq fuqarolari Rossiyaga o‘tkazilmayapti Rossiya-Qozog‘iston chegarasida ham 200 ga yaqin avtomobil ushlab turilibdi. RF rasmiylari «chegaradan o‘tayotganlarning barchasi fuqaroligidan qat’i nazar» tekshirilayotganini bildirgan. 👉
25 509
13
⭐️ «Yil brendi» tanlovi o‘tkazilmoqda ham OAV yo‘nalishida nomzod sifatida tanlovda ishtirok etmoqda. Hurmatli obunachilari, ushbu tanlovda bizni qo‘llab-quvvatlashingizni so‘raymiz. Buning uchun makon_brand_bot orqali ro‘yxatdan o‘tish hamda «OAV va reklama» bo‘limida brendiga ovoz berishingiz kerak bo‘ladi. Albatta, bizni munosib deb bilsangiz! 😊 👍 Ishonchingiz uchun rahmat!
23 349
4
30 aprelning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqealar va hodisalar Futbolchilarga prezidentdan tabrik, Al-Kuvayt va Farg‘ona o‘rtasida aviaqatnovlar rejasi, tabiatga yetkazilayotgan zararlar, mashinada odam urib o‘ldirgan maktab o‘quvchisi - kun davomida ’da yoritilgan O‘zbekiston yangiliklari bilan tanishing. 👉

Мои видео.mp4

24 292
4
“Vaqtida Navoiydagi maktabga ham olishmagandi” – dunyoning top universitetga to‘liq grant yutgan yigit Kanadaning Toronto universiteti dunyo miqyosida 21-raqamlisi hisoblanadi. 2024 yil kuzidan boshlab Diyorbek Namozov shu oliygohda to‘liq grant asosida o‘qiy boshlaydi. “Amerikaning oddiy universitetiga ham, reytingi balandiga ham kirdim, ammo menga grant berishmadi. Gransiz esa o‘qiy olmasdim”, – deydi u 'ga bergan intervyusida. 📹 TO‘LIQ VIDEONI KO'RING

tg.mp4

24 406
37
MIB talablari bilan hisoblashmayotgan sug‘urtachilar – “olarda kirar jonim, berarda chiqar jonim”mi? O‘zbekistonda YTH oqibatida shikast yetgan transport vositasi uchun sug‘urta kompaniyasidan sug‘urta to‘lovi undirib olish oson ish emas. Shu sababli, ovoragarchilikka vaqt sarflab o‘tirishni istamaganlar sug‘urta to‘lovidan ixtiyoriy voz kechib, qo‘l siltab qo‘ya qolishadi. Qo‘l siltamaganlar esa sun’iy kuttirish hisobiga shunga majbur qilinadi. Bu orada aybdorlar MIBning “changali”ga ilinib, yo‘q joydan otning kallasiday jarima ham to‘laydi. Shunday holatni “Kapital sug‘urta” kompaniyasi bilan bog‘liq bir keysda ko‘rib chiqamiz. 👉
Show more ...
25 338
24
Davlat bog‘chalarida bolalar ta’minoti uchun to‘lovlarning yangi miqdori tasdiqlandi To‘lovlar miqdori 2024 yil 1 iyundan va 2025 yil 1 yanvardan o‘zgarishi kutilmoqda. 👉
24 894
63
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi Ular taksi haydovchisini oshxona pichog‘i bilan jarohatlab, uni bo‘g‘ishayotganda Yangiyo‘l tumani IIB tungi navbatchilik guruhining to‘rt nafar a’zosi kelib qolgan va yigitlar qo‘lga olingan. 👉
25 046
21
"To‘ra Abdiyevich, qattiqroq oling" - Zoyir Mirzayev tibbiyotda yosh kadrlarni ishga olishdagi muammolar haqida Toshkent viloyati hokimi tibbiyot muassasalari talabalari bilan uchrashdi. Unda tumanlardagi tibbiyot muassasalariga ishga qabul qilishda tegishli qonunlar ishlamayotgani, “sun’iy bar’yerlar” qo‘yilganini aytdi. 👉

Мои видео.mp4

25 617
57
Takror qoida buzishlar ortidan halok bo‘layotgan odamlar – jarima ballarini hisoblash tizimini joriy etish nega kechikyapti? 2024-yil 15-aprel kuni Jizzax viloyatida aholi maskanida katta tezlikda harakatlangan “Lasetti” uch bolani urib yubordi. Oqibatda ular halok bo‘lishdi. Viloyat YHXB haydovchi 2023-yil dekabrdan buyon 11 marta tezlik qoidalarini buzganini ma’lum qildi. Agar jarima ballariini hisoblash tizimi vaqtida joriy qilinganda va bu haydovchining “pravasi” olib qo‘yilganda shu mudhish voqea balki yuz bermasmidi... 👉
Show more ...
24 062
4
Internet-qaroqchilik. Bu uchun qanday javobgarlik bor? Qirg‘izistonlik rejissyor Ruslan Akunning «Jannat onalar oyog‘i ostida» filmi hali premerasi tugamay turib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi. Bu esa jamoatchilik orasida keskin e’tirozlarga sabab bo‘lyapti. Huquqshunos Murodjon Najmiddinovning tushuntirishicha, muallif ruxsati olinmay tarqatilayotgan film havolasini shaxsiy xabarda ulashish ham javobgarlikka sabab bo‘ladi. 👉
25 594
77
Odessada raketa zarbasidan keyin «Harri Potter qal’asi» yonib ketdi. Cherkassda amputatsiya qilingan urush faxriylari futbol maydonida reabilitatsiya jarayonini o‘tamoqda Urushning 796-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj. 📸 👉
24 106
11
Banklar Toshkentdagi 100 ta mahallada kutubxona tashkil etadi Tijorat banklari Olot tumanida kutubxona ochgan Shahnoza Navro‘zovadan ilhomlanib, Toshkent shahridagi 100 ta mahallada kutubxona tashkil etyapti. Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Timur Ishmetovga ko‘ra, bu maskanlar 1-maydan boshlab ketma-ket ishga tushiriladi. O‘zbekistonda kutubxonalar soni 2000-yildagi 6027 tadan 2021-yilda 402 tagacha qisqarib ketgan. 👉
23 946
24
O‘zbekistondagi maktablarning 87 foizida kanalizatsiya yo‘q — Delivery Unit Hatto jozibali ko‘rinish va zamonaviy jihozlarga ega yangi maktablarda bino ichida hojatxona bo‘lsa-da, ular qulflab qo‘yilgan, natijada o‘quvchi va o‘qituvchilar elementar talablarga javob bermaydigan hovlidagi hojatxonalarga borishga majbur. Bu haqda O‘zbekistondagi 9,5 mingga yaqin maktab bo‘yicha tadqiqot o‘tkazgan Strategik islohotlar agentligining Delivery Unit jamoasi ma’lum qildi. Aniqlanishicha, maktablarning yarmidan ko‘pi markazlashgan suv ta’minotiga ulanmagan. Tashabbuskorlar maktablarga mablag‘ ajratishni ko‘paytirishni va “uch yulduz” tizimini taklif etmoqda. 👉
Show more ...
23 610
20
O‘zbekiston olimpiyachilarining tarixiy g‘alabasidan asosiy lahzalar Qatarda o‘tayotgan Osiyo kubogi U23 yarimfinalida O‘zbekiston olimpiya jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, finalga chiqish bilan birga o‘z tarixida ilk bor Olimpiadaga yo‘llanma oldi. Temur Kapadze shogirdlari Parijda o‘tadigan har to‘rt yillikning eng yirik sport musobaqasida ishtirok etishadi.

Мои видео.mp4

23 641
31
Qozog‘istonda IIV sobiq rahbari 2022-yilgi namoyishlar ishi bo‘yicha qo‘lga olindi Qozog‘istonning sobiq ichki ishlar vaziri Yerlan Turg‘umbayev og‘ir oqibatlarga olib kelgan hokimiyat va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishda gumonlanmoqda. 👉
23 484
1
Namanganda o‘quvchi boshqaruvchidagi Lacetti yo‘l chetida turgan talabalarni urib yubordi Yangi Namangan tumanida 17 yoshli o‘quvchi boshqaruvida bo‘lgan Lacetti yo‘l chetidagi talabalarni urib yubordi. YTH oqibatida ulardan biri shifoxonada vafot etdi. 👉

003.mp4

23 831
17
«Biz va’damizni bajarmadik» - NATO bosh kotibi Kiyevga keldi U rostgo‘y bo‘lishini aytdi va Ukrainaga yangi va’dalar berdi. 👉
23 283
7
Jizzaxda favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari majburiy mehnatga jalb qilingan bo‘lishi mumkin – fotolar Tahririyatga kelib tushgan fotosuratlarda viloyat FVB xodimlari Zomin tumanida odamlarning uylarini tozalab, devorlarini oqlash va bo‘yash ishlarida ishtirok etayotgani ko‘rinadi. Ma’lumot uchun, bu tuzilmaning asosiy vazifasi tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda fuqarolar muhofazasini ta’minlashdan iborat. 📸 👉
23 611
65
Boshlang’ich to’lov 30% bilan gibrid muddatli to’lov. Biznes-klass xonadonlar markazdan 5 daqiqalik masofada. O'z Makon Farg’ona yo’lining birinchi qatoridagi turar joy majmuasi. Qulay xonadonlar, zamonaviy o'yin maydonchalari, sayr qilish xiyobonlari, qulay avtoturargoh va boshqalar. Taklif faqat aprel oyining oxirigacha amal qiladi. Batafsil Reklama
23 419
9
O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi yangilandi O‘zbekistonda 2024-yil may oyidan minimal iste’mol xarajatlari miqdori 4,4 foizga oshirilib, kishi boshiga 1 oyga 648 ming so‘m etib belgilandi. 👉
24 512
29
«Biz va’damizni bajarmadik» - NATO bosh kotibi Kiyevga keldi U rostgo‘y bo‘lishini aytdi va Ukrainaga yangi va’dalar berdi. 👉
1
0
Levandovski 3 ta gol urib, «Real»ning chempionligini kechiktirdi «Valensiya» bilan o‘yin taqdirini darvozabon chetlatilishi va hakam qarorlari hal qildi. 📹 👉
24 646
5
Netanyahuga qarshi order, AQSh talabalarining namoyishi va ishg‘ol etilish xavfi ostidagi Xarkiv - kun dayjesti Dunyoda sodir bo‘lgan voqea va hodisalar, yangiliklar va bayonotlarning kundalik sharhi bilan odatdagidek tanishtirishda davom etamiz. 👉

ДАЙЖЕСТ 30-04+++.mp4

24 556
7
«Agrobank» Oltinsoy filiali boshqaruvchisi xizmat avtomobilida YTHga uchradi Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati tumanlarining birida «Agrobank» boshlig‘i bankka olingan yangi Onix avtomobilini mast holda boshqarib, avariyaga uchragani to‘g‘risida xabar tarqaldi. «Agrobank» matbuot xizmati holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi. 👉
25 563
30
Odessaga raketa zarbasi. Yaralanganlar orasida Sergey Kivalov ham bor - u rus tili himoyachisi va Yanukovichning tarafdori edi Dushanba kuni Rossiya armiyasi Odessa bo‘ylab raketa zarbasi yo‘lladi. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, to‘rt kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi hujum vaqtida ro‘y bergan insultdan vafot etgan. Tinch aholi vakillaridan 32 kishi jarohat olgan, ular orasida - taniqli ukrain siyosatchisi Sergey Kivalov ham bor. 👉
24 683
7
Ohangarondagi bog‘da 1,5 mingga yaqin daraxt yoqib yuborilgani aytildi Toshkent viloyati Ohangaron tumanida noma’lum shaxs 1500 ga yaqin mevali va manzarali daraxtni yoqib yuborgani aytilyapti. Ekologiya boshqarmasi to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilganini bildirdi. 👉
24 883
9
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi Kemeron o‘tgan haftada hashamatli Embraer Lineage 1000 samolyotida Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston va Mo‘g‘ulistonga besh kunlik tashrif bilan borgan edi. 👉
24 201
7
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi Poytaxt markazidagi Istiqbol ko‘chasida asfalt o‘pirilib tushdi. Hodisaga issiqlik quvurida avariyaviy holat yuz bergani sabab ekani aytilyapti. 👉
25 254
45
AQSh Moliya vazirligi Rossiya banklari bilan operatsiyalarga vaqtincha ruxsat berdi 2024 yilning 1 noyabriga qadar Rossiya banklari bilan energetika bo‘yicha hisob-kitoblarga oid operatsiyalarni taqiqlash bekor qilindi. 👉
24 241
9
Toshkentda “Ona uyi” ijtimoiy markazi ochiladi Markaz qiyin ijtimoiy vaziyat va turli salbiy holatlarda onalarga bolalarini o‘zlari tarbiyalash imkoniyatini berish orqali yordamlashadi. 👉
24 436
12
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parijda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasiga tabrik yo‘lladi. 👉
26 278
12
BMT Rossiyaning Xarkivga KXDR raketasi bilan hujum qilganini tasdiqladi Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisobotida aytilishicha, topilgan parchalar Shimoliy Koreyadan kelgan Hwasong-11 raketasiga tegishli. Bu KXDR tomonidan qurol-yarog‘ embargosining buzilganidan dalolat beradi. 👉
25 035
4
AQSh Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti Avvalroq Isroil OAV Binyamin Netanyahu XJS uni hibsga olish uchun order berishidan xavotirda ekani haqida xabar qilgan edi. 👉
26 406
8
Germaniyada ikki ukrainalikning o‘ldirilishi: yangi tafsilotlar Yaralanganidan keyin tiklanish uchun Bavariyaning Murnau shahrida bo‘lgan ikki ukrainalik harbiyning o‘limi ukrainaliklarni shokka tushirib qo‘ydi. DW qotil va jinoyat tafsilotlari haqida ma’lumot berdi. 👉
26 637
6
"Qurbonlar" yarim millionga yetmoqda: o‘zbekistonliklarni moliyaviy piramidalardan kim qutqaradi? Har kuni yuzlab odamlar bir necha ming dollarlarini moliyaviy piramidalarga tikib, kuyib qolishmoqda. Qancha ogohlantirilmasin, bong urilmasin, odamlar baribir aldanishda davom etyapti. O‘nlab aldov loyihalar huquq posbonlarining “burunlari ostida” gurkirab bormoqda. Ammo ularni to‘xtatadigan na bir tashkilot, na bir idora yo‘q, borlari ham “jabrlanuvchi yoki ariza yo‘q” degan bahona bilan o‘zlarini chetga olishadi. tayyorlagan ushbu ko‘rsatuvda firibgarlik va birovlarni talash ustiga qurilgan o‘nlab “biznes”lar haqida gap boradi. 📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Show more ...

Мои видео.mp4

33 198
114
⭐️ «Yil brendi» tanlovi o‘tkazilmoqda ham OAV yo‘nalishida nomzod sifatida tanlovda ishtirok etmoqda. Hurmatli obunachilari, ushbu tanlovda bizni qo‘llab-quvvatlashingizni so‘raymiz. Buning uchun makon_brand_bot orqali ro‘yxatdan o‘tish hamda «OAV va reklama» bo‘limida brendiga ovoz berishingiz kerak bo‘ladi. Albatta, bizni munosib deb bilsangiz! 😊 👍 Ishonchingiz uchun rahmat!
24 649
8
29-aprelning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan voqealar va hodisalar Ishga qaytgan prezident, sudyalar kengashining OAV va blogerlarga murojaati, Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov ochayotgan Qatar Airways, Nurobodda bir yilga yetmay buzilgan yo‘l - kun davomida ’da yoritilgan O‘zbekiston yangiliklari bilan tanishing. 👉

videoplayback (5).mp4

28 643
9
Qurbonlar yarim millionga yetmoqda: o‘zbekistonliklarni moliyaviy piramidalardan kim qutqaradi? Har kuni yuzlab odamlar bir necha ming dollarlarini moliyaviy piramidalarga tikib, kuyib qolishmoqda. Qancha ogohlantirilmasin, bong urilmasin, odamlar baribir aldanishda davom etyapti. O‘nlab aldov loyihalar huquq posbonlarining “burunlari ostida” gurkirab bormoqda. Ammo ularni to‘xtatadigan na bir tashkilot, na bir idora yo‘q, borlari ham “jabrlanuvchi yoki ariza yo‘q” degan bahona bilan o‘zlarini chetga olishadi. tayyorlagan ushbu ko‘rsatuvda firibgarlik va birovlarni talash ustiga qurilgan o‘nlab “biznes”lar haqida gap boradi. 📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Show more ...

Мои видео.mp4

8 769
34
Futbol. O‘zbekiston ilk marta Olimpiadaga chiqdi Qatarda o‘tayotgan Osiyo kubogi U23 yarimfinali doirasida O‘zbekiston olimpiya jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, finalga chiqish bilan birga o‘z tarixida ilk bor Olimpiadaga yo‘llanma oldi. Temur Kapadze shogirdlari Parijda o‘tadigan har to‘rt yillikning eng yirik sport musobaqasida ishtirok etishadi. Vakillarimiz finalda 3 may kuni Iroq – Yaponiya o‘yini g‘olibiga qarshi saf tortadi.
32 051
68
Dushanbe: Rossiyada Tojikiston fuqarolarining huquq va erkinliklari keng miqyosda poymol qilinmoqda Tojikiston TIV Rossiya elchisiga norozilik notasi topshirdi. Notada Rossiyadagi Tojikiston fuqarolariga nisbatan ommaviy tarzda keskin salbiy munosabatlar kuzatilayotgani, ularning huquq va erkinliklari keng miqyosda poymol etilayotganidan xavotir bildirilgan. 👉
27 639
13
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi Unga ko‘ra, Qibray, Yangiyo‘l, Chinoz, Zangiota, Toshkent va Oqqo‘rg‘on tumanlari hududida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalar o‘rnatiladi. 👉
28 028
43
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish rejalari ishlab chiqildi, unda bahsli normalar ham bor Ko‘chmas mulk va avtomobil sotuvi faqat naqdsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin. Soliq qo‘mitasi yana kartadan kartaga o‘tkazmalarni nazorat qilishga urinyapti. Naqd pulda xarid qilgan fuqarolarga keshbek bermaslik, QQSni qaytarish muddatini uzaytirish va soliq organlariga tadbirkorning hududiga kirish vakolatini berish kabi takliflar ham bildirilmoqda. 👉
Show more ...
27 382
50
Oshxonada tayyorlanayotgan dronlar va Ocheretino uchun jang. Urush suratlari Urushning 795-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj. 📸👉
25 681
1
“Sudga nisbatan ijtimoiy bosim paydo bo‘lmoqda” - Sudyalar oliy kengashi Botir Qodirov kiritgan da’vo ishi haqida O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashi xonanda Sherali Jo‘rayevning otalik faktini belgilashga oid da’vosi bo‘yicha davom etayotgan fuqarolik nizosida tomonlarni turli xil bayonotlar berishdan tiyilishga chaqirdi. Kengash, shuningdek, OAVni sud ishiga doir axborot tarqatishga mas’uliyatli bo‘lishga da’vat qildi. 👉
25 830
8
NYT: Isroildagilar Haaga sudi Netanyahuni hibsga olishga order berishidan xavotirda Isroil hukumati vakillari G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazilishiga to‘sqinlik qilishda hamda Hamasning 2023-yil 7-oktyabridagi hujumiga «haddan tashqari qattiq javob qaytarish»da ayblanishi mumkin. 👉
25 433
6
O‘zbekistonliklar ko‘proq qaysi rusumli avtomobillarni tanlaydi? 2024 yil 1 yanvar ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisida 3 mln 760 mingga yaqin yengil avtomobil mavjud. Xo‘sh, o‘zbekistonliklar qaysi rusumdagi avtomobillardan ko‘proq foydalanadi? Dunyoda-chi? Ushbu videoda shu kabi savollarga javob olish mumkin. 📹VIDЕONI TOMOSHA QILING
25 576
16
Boltiqbo‘yi mamlakatlari Rossiyani mintaqada havo qatnoviga xalaqit berishda aybladi Uch Boltiqbo‘yi respublikasi tashqi ishlar vazirlari so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Boltiq dengizi mintaqasida GPS’ni bostirmoqda va havo qatnoviga xalaqit bermoqda. 👉
26 100
5
«Frontda vaziyat keskinlashdi». Sirskiy Rossiya Donetsk oblastidagi taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi Avdiyivkadan g‘arbda yana uchta qishloq tashlab chiqilgan. Ammo ekspertlar bu yo‘nalishda Rossiya kuchlarining tezkor yorib o‘tishi ro‘y beradi deb hisoblamayapti. 👉
25 980
2
Samarqandda 1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ikkita issiqxona aniqlandi Hududlarda gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. 👉
25 691
2
Sulh taklifini o‘rganayotgan HAMAS, Ukrainada keskinlashgan front va Nigeriyada tibandlikda yongan mashinalar - kun dayjesti Dunyoda sodir bo‘lgan voqea va hodisalar, yangiliklar va bayonotlarning kundalik sharhi bilan tanishtirishda davom etamiz. 👉

ДАЙЖЕСТ 29-04.mp4

26 976
8
Xitoy kompaniyalari AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini chetlab o‘tish yo‘llarini qidiryapti - OAV Xitoyning yirik banklari Rossiya Federatsiyasi bilan bog‘liq operatsiyalarni moliyalashtirishdan bosh tortar ekan, ayrim firmalar yashirin moliyalashtirish kanallariga o‘tmoqda, deb yozadi Reuters. 👉
26 089
3
Yangiyo‘ldagi sil kasalxonasiga “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi joylashtirildi. Aholi virus yuqtirib olishdan qo‘rqyapti Epidemiyaga qarshi kurashga vakolatli organ bunga xulosa bermagan. Markazga kelib ketuvchi aholi sil yuqishidan xavotir olib, markaz boshqa joyga ko‘chirilishini so‘rayapti. 👉

IMG_5530.MP4

25 309
11
Hafta davomida harorat foni ko‘tarila boshlaydi O‘zbekiston bo‘yicha 29-30 aprel va 1-3 may kunlariga ob-havo prognozi berildi. 👉
25 244
7
Yangi qurilayotgan xonadonlar uchun to‘langan pullarni o‘zlashtirganlikda gumonlangan ikki shaxs qidiruvga berildi Toshkentda fuqarolarning yangi xonadonlar uchun to‘langan pullarini o‘zlashtirganlikda gumonlanayotgan ikki shaxs qidiruvga berilgan. Uylar ruxsatnomalarsiz qurilgani aytilmoqda. Kompaniya rahbari qamoqqa olingan. 👉
25 297
37
APLda chempionlik poygasi: «Arsenal»da muhim g‘alaba, «Siti» ham xato qilmayapti «Tottenhem» London derbisida «Arsenal»ni qiynadi, «shporlar»da «Siti» va «Liverpul» bilan ham o‘yin bor. 📹 👉
24 961
4
Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi Bugun davlat rahbari prezident maslahatchilari, qator vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi. 👉
25 861
25
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi Bir kun avval pichoqlanishi tufayli halok bo‘lgan ikki Ukraina fuqarosi yaralanganidan keyin reabilitatsiyada bo‘lgan harbiy xizmatchilar edi, deb xabar berdi Ukraina TIV. 👉
24 761
4
Tbilisida namoyishchilar bilan politsiya to‘qnashdi «Chet el agentlari» haqidagi qonunga qarshi minglab kishilarning navbatdagi namoyishi ishtirokchilari hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi mitingi uchun tayyorlangan sahnani qo‘riqlayotgan politsiya xodimlari bilan to‘qnash keldi. Rasmiylar maxsus kuchlarni chaqirtirgan. 👉
25 280
8
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi Bir qator OAV xabarlariga ko‘ra, «GUR» va «SBU»ning rasmiy botlari, Ukraina janubi bo‘yicha koordinator bot va dronlarni kuzatish uchun havo hujumidan mudofaa botlari bloklangan. «GUR» boshqa platformalarda bot funksiyalarini tiklayotgani haqida xabar berdi. 👉
25 329
4
O‘zbekiston meva-sabzavot eksportida eng katta ulushga ega mahsulot ma’lum bo‘ldi Statistika agentligi meva-sabzavotlar eksporti statistikasini e’lon qildi. 👉
25 602
14
Saudiyadagi sammitda Isroil va Hamas o‘rtasida muzokaralarni tiklashga harakat qilinmoqda Isroilning G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga yurishini ortga surish uchun Isroil va Hamas o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatishga erishishga urinishlar davom ettirilmoqda. 👉
27 513
6
Qatar Airways Doha-Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi Shu yilning 2 iyun kuni Doha-Toshkent-Doha aviaqatnovining tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi. 👉
28 061
15
Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan? Entoni Blinkenning Xitoy rahbariyati bilan uchrashuvi global beqaror geosiyosiy fonda yuz berdi. Uchrashuvlar yopiq tarzda o‘tgan bo‘lsa-da, asosiy muhokama mavzulari haqida mujdalar bor. Xo‘sh, Si Jinping «qizil chiziqlar» deganda nimani nazarda tutdi? 📹 TO‘LIQ VIDEONI KO'RING

Мои видео.mp4

29 613
17
Qo‘qonda 11-sinf o‘quvchisi mashina boshqarib odam urib yubordi Jabrlanuvchi ayolning jarohatlari jiddiy bo‘lishiga qaramasdan IIB profilaktika inspektori uning ota-onasidan bemorni shifoxonadan olib ketishni talab qilgan. 👉
30 578
12
Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi Ocheretino qishlog‘i hududida mudofaa chizig‘i yorib o‘tilishi Ukraina qurolli kuchlari uchun deyarli butun Donetsk oblastidagi mag‘lubiyat xavfini tug‘diradi. RF qurolli kuchlari AQSh yordami frontga yetib kelmasidan kattaroq yutuqqa erishishga harakat qilmoqda. 👉
29 192
6
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi Unga shuningdek xizmat libosi va faxriy yorliq berilgan. 📸 👉
28 705
24
Energetika islohotiga birinchi qadam qo‘yildimi? Otabek Bakirov bilan suhbat 1 maydan maishiy iste’molchilar uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha ijtimoiy norma kuchga kirib, yangi differensial tariflar amal qila boshlaydi. muxbiri bu jarayonda paydo bo‘layotgan qator savollarni iqtisodchi Otabek Bakirov bilan muhokama qildi. 📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
26 956
13
Sirdaryoda yong‘in sodir bo‘lgan uydan qotillik alomatlari bilan ayol va ikki bolaning jasadi topildi Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 👉
25 989
16
RF armiyasining navbatdagi raketa zarbasi Xarkivdagi psixiatriya shifoxonasiga yo‘llandi. Urush suratlari Urushning 794-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj. 📸👉
26 482
6
G‘azo sektoridagi shifoxona hududidan ommaviy qabrlar topildi Uchta birodarlik qabrida 392 kishining jasadi aniqlangan. BMTga ko‘ra, ayrim qurbonlarning qo‘llari bog‘liq holda bo‘lgan. Falastin va Isroil bir-birini ayblamoqda. 👉
26 686
12
«MY» autsayderni yengolmadi, VAR «Chelsi»ni gollardan mahrum qildi. Kun o‘yinlari Shanba oqshomida Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat. 📹 👉
26 282
2
Hududlarda tabiiy resurslardan qarzdorliklarni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan mas’ullar ushlandi Andijonda elektr tarmoqlari korxonasi elektromontyori, Toshkentda suv ta’minoti tashkilotining inspektori, Samarqandda “Hududgaz” xodimi ushlagan. 👉
26 897
9
Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi Avvalroq Tojikiston TIV so‘nggi bir necha hafta ichida mamlakat fuqarolarining Rossiyaga kirishiga ommaviy to‘sqinlik qilinayotgani haqida xabar bergan edi. 📹 👉
26 618
16
Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning sheriklari qamaldi 40 yoshli ayol bungacha ham 12 marta sudlangani ma’lum bo‘ldi. 👉
27 483
24
Last updated: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio