📣 E'lon
Kamida 5 yil mehnat staji mavjud boʻlgan, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar oʻqishga qabul qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida”gi 2022-yil 9-iyundagi 322-son Qarori bilan tasdiqlangan “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, mutaxassisligi bo‘yicha kamida
5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami
500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.
Oʻqish istagida boʻlganlar quyidagi raqamga bogʻlaning. 998970102833 Maxzuna Yusupova
Kanalga a’zo boʻlish 👈
✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati
Show more ...