Xizmat sizning tilingizda ham mavjud. Tarjima qilish uchun bosingO'zbek
Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Category
Channel location and language

all posts Ta'lim nazorati

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha:  @Uztdibot  Hamkorlik bo‘yicha:  @Uztdihamkorbot  
90 785-123
~23 650
~4
37.59%
Telegram general rating
Globally
16 947place
of 78 777
of 0
In category
712place
of 2 347
Posts archive
Quyidagi holatlarda oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratdan ozod etilishi mumkin Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi nizomga koʻra tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi va umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi qarori bilan oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratdan ozod etilishi mumkin. Oʻquvchilarga sinfdan sinfga koʻchirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod boʻlish huquqini beruvchi kasalliklar roʻyxati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Oʻquvchilarning xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari hamda boshqa koʻrik-tanlovlardagi ishtiroki yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazorat muddatlariga toʻgʻri kelib qolgan taqdirda, ular tegishli yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratlardan ozod etiladi. Ularning bilimlarini yakuniy baholash va reytingini aniqlash yillik baholar asosida amalga oshiriladi. 👉Bitiruvchilarni yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod qilish huquqini beruvchi kasalliklar roʻyxatiTa’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
9 643
78
Xususiy maktab ochaman deb niyat qilib yurgan tadbirkorlarimizga ajoyib taklif tayyor ishlab turgan biznes Navoiy shahrida xususiy maktab sotuvga qo‘yildi 💵 Zamonaviy xususiy maktab yurib turgan biznes sifatida o‘z egasiga yaxshigina daromad keltiradi. Maktab 300 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, unda ayni damda 100 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Maktab binosida sifatli ta’lim berish uchun quyidagi shart-sharoitlar mavjud: 📚 Keng va yorug‘ kutubxona 🎓 O‘nta 25 o‘rinli sinfxona 🖥 Kompyuter xonasi 👨‍🍳 100 o‘rinli oshxona 🏋️‍♂️ Gimnastika xonasi 🏊 Bolalar basseyni ⚽️ Mini sportzal 🏟 Sun’iy chim qoplamasi 🤖 Robototexnika xonasi 📍 Shaharda qulay joylashuv. Yuqori foyda keltiradigan biznesga ega bo‘lish istagidagi tadbirkorlarga ushbu xususiy maktab loyihasini taklif qilib qolamiz. Imkoniyatdan foydalanib qoling! Bino ijarada faqat biznes o'zi sotiladi. ☎️ Batafsil ma’lumot: 998981242999 💬 Telegram:
Show more ...

IMG_9621.MP4

10 633
35
⚡️Yangi ishga o‘qituvchilarni kasbiy sertifikatlash imtihonlari 21-21-may kunlari o‘tkaziladi 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etilishi haqida xabar bergan edik. Joriy yilning 21-21-may kunlari ilk marotaba o‘qituvchilarni kasbiy sertifikatlash imtihonlari o‘tkaziladi. Nazorat sinovi 50 ta topshiriqdan iborat boʻladi, har bir toʻgʻri bajarilgan topshiriq 2 ball bilan baholanib, nazorat sinovi uchun jami 100 ball beriladi. Sinovi natijasi boʻyicha 56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor nazorat sinovidan oʻtgan hisoblanadi. 🗓 Birinchi marotaba nazorat sinovida ishtirok etib, undan oʻta olmagan talabgor uchun navbatdan tashqari nazorat sinovi har yili yangi oʻquv yili boshlangunga qadar tashkil etiladi. 💵 Qayta ishtirok etish uchun talabgor tomonidan BHMning bir baravari miqdorida ❗️Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball toʻplay olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi. 👉 Ma’muriy reglament 👉 Kasbiy sertifikatlash boʻyicha asosiy maʼlumotlar 👉 Sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...

IMG_9606.MP4

55 392
1 740
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi ✅ 2024-yil 20-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi. 👨🏻‍💻 Test natijalari saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar. ❕ Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (16-18-may) sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
21 263
113
'
4
0
Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar aniqlandi ✅ , maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida mehnat qilayotgan, oʻquvchilari yuqori natijalarga erishgan, oʻz ustida doimiy ishlaydigan, oʻz oʻqitish uslubiga ega malakali pedagoglarga Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama belgilash maqsadida ikki bosqichli tanlov jarayonlari oʻtkazildi. ❗️ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar roʻyxati tasdiqlandi. 👉 Unga koʻra, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan 1 005 nafar malakali pedagog kadrlarga 2024-yil may oyidan 2025-yil yanvar oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdori (hozirda 5 775 000 soʻm)da har oylik ustama toʻlab boriladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...

Vazir jamg`armasi ustama oladiganlar 2024.pdf

43 946
963
⚡️Bog‘cha va maktablarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi 2024-yil 7-may kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining "Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi va mezonlarning baholash koʻrsatkichlarini hamda hisoblash metodikasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 146-son buyrug‘i qabul qilindi. ➖1-ilova – Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlarini ichki baholash tartibi; ➖2-ilova – Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlarini tashqi baholash tartibi; ➖3-ilova – Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarining baholash koʻrsatkichlari va umumiy ballarni hisoblash metodikasi; ➖4-ilova – Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarining baholash koʻrsatkichlari va umumiy ballarni hisoblash metodikasi tasdiqlandi. Zarur jadvallar 👉 (xls formatda) Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...

146-sonli buyruq.pdf

36 748
916
⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul iyun oyidan boshlanadi Prezident maktablariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga bir xil 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga Agentlik tomonidan belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi. ❗️Quyidagi hujjatlar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi: ➖o‘quvchilarning tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi; ➖imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati; ➖o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari. 📝 O‘quvchilar Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablariga hujjat topshirish jarayonida ularga ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi. 📌 Bunda, Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Bunda kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi. Batafsil: 👉 Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
Ta'lim nazorati
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
25 612
242
📣 Umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishga doir zarur tavsiyalar ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi. 🔹 Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari: ➖ joriy yilning 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi; ➖ maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi; ➖ mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi; ➖ faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi; ➖ yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantiriladi; ➖ maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi. 📍 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi: ➖ turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish; ➖ bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish. ➖ oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi. 👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini soʻrab qoladi.
Show more ...
40 823
624
⚡️Endi davlat granti har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi Endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanishi haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov ushbu yangilik bo‘yicha intervyu berdi: "Bu yil o‘tgan yilgidan farqi grantga ega bo‘lgan talaba bir yil davomida grantga ega bo‘ladi. Bir yilni natijasi bo‘yicha uning bahosi tahlil qilinadi. Agar uni to‘plagan ballari kontraktda o‘qiyotgan yoshlarni balidan past bo‘ladigan bo‘lsa, kontraktda o‘qiyotgan yuqori ballga ega bo‘lgan yoshlarimiz u yerdagi grant o‘ringa tavsiya qilinadi va ularni ichidan eng yaxshi ball to‘plaganlarga grant qayta taqsimlab beriladi." Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...

IMG_9500.MP4

30 701
181
Bu videoni oxirigacha ko‘rishingiz shart! Barcha bitiruvchi oʻquvchilar va ularning ustozlari diqqatiga! “University of Business and Science” Fan olimpiadasining 2-mavsumi start oldi! 🥇 Vodiy bo‘ylab o‘tkaziladigan fan olimpiadasining bu yilgi sovrin jamg‘armasi 4 MLRD so‘mni tashkil qiladi! 👨🏻‍💻 O‘tgan yili 10 mingga yaqin o'quvchilarini jalb qilgan olimpiada bu yil 15 mingdan ziyod bitiruvchilarni qamrab oladi. — Tarix; — Fizika; — Ingliz tili; — Matematika; — Ona tili va adabiyot fanlaridan o‘tkaziladigan olimpiada 18-19-may kunlari universitetning yangi o‘quv binosida bo‘lib o‘tadi. 🏆 G’oliblar grant kvotalari va qimmatbaho sovg‘alar bilan, ularning o‘qituvchilari esa noutbuklar bilan taqdirlanadi. UBS — siz orzu qilgan universitet! 🖤 Youtube orqali tomosha qiling ◽️ UBS bilan ilmga yo‘l oching! Telegram: @ubsuzbekistan Web-sayt: https://ubsu.uz/
Show more ...

FULL (2).mp4

29 666
63
#e’lon #attestatsiya Akademik litsey va professional taʼlim muassasalari pedagoglari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi 20—24-may kunlari o‘tkaziladi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan akademik litsey va professional taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi test shaklida joriy yilning 20—24-may kunlari belgilangan grafikka asosan o‘tkaziladi. Test sinovlari markazlashgan holda har bir hududda tashkil etilgan kompyuterli xonalarda olib boriladi. Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini pedagog.edu.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali aniqlashlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
31 728
264
Ommalashtirish.uz platformasiga joylangan metodik ishlar tekshirilishi nihoyasiga yetmoqda Metodik xizmat boʻlimlari huzuridagi Oʻquv metodik kengashlar tomonidan platformasiga joylangan metodik ishlar tekshirilishi nihoyasiga yetmoqda. ❌ 2024-yil 15-may kuni Kengashlar tomonidan "Rad etilgan" metodik ishlar va rad etish sabablari eʼlon qilinadi. ➡️ 2024-yil 20-may kuni barcha tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirilgan metodik ishlar eʼlon qilinadi. ❌ Metodik ishlari Oʻquv metodik kengash qarori bilan "Rad etilgan" talabgorlardan apellyatsiya qabul qilinmaydi. ➡️ Qolgan barcha turdagi shikoyat arizalari 20-maydan 23-maygacha o'z ishlarini ommalashtirishga topshirgan ishtirokchilar apellyatsiya arizasi taqdim etishi mumkin. Arizalar faqat talabgorning shaxsiy kabineti orqali (PDF formatda) qabul qilinadi. ➡️ 2024-yilning 20-maydan 30-maygacha Metodik xizmat boʻlimlari tomonidan tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasi talabgorlarning arizalarini koʻrib chiqadi va javob xatini talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboradi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
44 120
448
🟥🟥🟥 🟥🟥🟥 🎓Magistratura va Doktorantura uchun Turk tili sertifikati ham qabul qilinadi! 🇹🇷 Turk tili ona tilimizga yaqinligi sabab, boshqa tillarga nisbatan o'rganish ancha oson! ✅ Siz ham qisqa muddatda Turk tilini o'rganib, til sertifikati olishni xohlaysizmi❔ 📍"Hilol Edu" o'quv markazi sizni tez fursatda o'rganish mumkin bo'lgan Turk tili darslariga taklif etadi! ✅Hoziroq bizga murojaat qiling, biz sizni markazimizda kutib qolamiz! 📞 +998332878888 Telegram va instagram sahifalarimizga obuna bo'lishni unutmang 👇🏻 ✈️ Telegram 🌐 Instagram 📍Manzilimiz
Show more ...
24 407
79
⚡️ Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati muhokamaga qo‘yildi Muhokamalar portaliga joylashtirilgan qo‘shma qaror bilan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash rejalashtirilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 28-iyulda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining qarori bilan 2023-2024 oʻquv yilida ustama toʻlanadigan Sertifikatlar roʻyxati tasdiqlangan edi. Loyihada ayrim sertifikatlar bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish taklif etilmoqda: ➖GRE va GMAT sertifikatlarida faqat Quantitative Reasoning qismi boʻyicha toʻplangan ballar inobatga olinadi; ➖Digital SAT) sertifikatida faqat matematika (math) qismi boʻyicha toʻplangan ballar inobatga olinadi; Ushbu sertifikatlar quyidagi pedagoglar uchun amal qiladi: ➖oʻzbek tili va adabiyot fani sertifikatini olgan ona tili va adabiyoti hamda oʻzbek tili (davlat tili) fanidan dars beruvchi pedagoglar uchun; ➖rus tili va adabiyoti fani sertifikatini olgan milliy hamda rus tili sinflarida dars beruvchi pedagoglar uchun; ➖TRKI sertifikati taʼlim tili rus tili boʻlmagan sinflarda dars beruvchi rus tili fani pedagoglari uchun amal qiladi; Avvalroq, ustama olish uchun fan o‘qituvchilariga B+, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat talab qilinishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. Batafsil: 👉 Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
31 446
296
🔹 Professor-oʻqituvchilar, metodistlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va taʼlim tizimidagi barcha muassasalar xodimlari diqqatiga! 🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2024-yil 28-iyun kuni “Taʼlimda zamonaviy texnologiyalar: muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi munosabati bilan maqolalar qabuli davom etmoqda. 🔹 Maqolalarni 2024-yil 15-iyunga qadar @markaz_2024_bot telegram manziliga yuborishingiz mumkin. 🔹 Batafsil maʼlumot axborot xatida. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
26 068
128
⚡️ Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati muhokamaga qo‘yildi Ta'lim vazirlarining "Хorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi buyrug‘i loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi. Hujjat bilan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash rejalashtirilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 28-iyulda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining qarori bilan 2023-2024 oʻquv yilida ustama toʻlanadigan Sertifikatlar roʻyxati tasdiqlangan edi. Loyihada ayrim sertifikatlarni ro‘yxatdan chiqarish va ayrim tillar bo‘yicha yangi sertifikatlar qo‘shish taklif etilmoqda, Muhokamada ishtirok etish👇 Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
41 282
452
⚡️Magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlar ro‘yxati muhokamaga qo‘yildi Ta'lim vazirlarining "Хorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi buyrug‘i loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi. Hujjat bilan oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlash rejalashtirilmoqda. ✅ Barcha tillar (shu jumladan pushtu, dariy, urdu, hindiy, uygʻur, fors tillari) bo‘yicha ro‘yxatga Bilim va malakalarni baholash agentligining chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikatlarni qo‘shish rejalashtirilmoqda. ❌ Oliy, fan va taʼlim vazirining buyrugʻi (65-son, 23.03.2023) bilan solishtirganda quyidagi sertifikatlarni ro‘yxatdan chiqarib yuborish taklif etilmoqda: Ingliz tili bo‘yicha ➖Test of English for International Communication (TOEIC)* Fransuz tiliTest de Connaissance du Francais (TCF) Itaylan tili bo‘yicha ➖Certificatos di Conoscenza della Lingua Italiana (CELI) ➖Certificazione di Italiano come Lingua Straniera (CILS) Yapon tili bo‘yicha ➖Japanese Language Proficiency Test (JLPT) Nemis tili bo‘yicha ➖Deutsches Sprachdiplom (DSD II) Arab tili bo‘yicha ➖The Arabic Language Proficiency Test, Arabic Proficiency Test (ALPT, APT, E-TOAFL, American Council on the Teaching of Foreign Languages (ACTFL) Loyihaga ko‘ra mazkur qaror kuchga kirgunga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz qoʻllaniladi. Avvalroq, magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati B1 darajaga pasaytirilishi haqida xabar bergan edik.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...

Magistratura chet tili sertifikatlari 2024.pdf

29 573
334
⚡️ “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi yurtimizdagi barcha davlat oliy ta'lim muassasalariga joriy qilinmoqda Prezident Sh.Mirziyoyev huzurida oliy ta'lim tizimi bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, unda barcha davlat oliy ta'lim muassasalarida ta'lim grantlari bir yilga ajratilishi va har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanishi belgilandi. “Yangi O‘zbekiston” universitetida mazkur tizim 2022-yildan bo‘lib, o‘zini to‘laqonli oqlaganligi va talabalar orasida ta'lim olish bo‘yicha sog‘lom raqobatni shakllantirganligi sababli qolgan oliy ta'lim muassasalariga ham tatbiq etilmoqda. Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan muhandislik sohasida ta'lim sifatiga ham alohida e'tibor qaratildi. “Yangi O‘zbekiston” universiteti muhandislik sohasida eng zamonaviy va xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan yo‘nalishlarda imkonini beradi. ❤️ “Yangi O‘zbekiston” universiteti rasmiy kanali
Show more ...
28 261
46
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi 🔔Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi.  Unga ko‘ra: ✏️test sinovining yozma qismi — 11-12, 14-15 va 18-19-may kunlari; 🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 13-maydan 12-iyunga qadar bo‘lib o‘tadi(dam olish kunlaridan tashqari). 📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. 6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi. 📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
31 513
249
👉 Magistratura va doktoranturaga xorijiy til bilish sertifikati talabi 👉 O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari 👉 Sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik 👉 Oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili 👉 Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar Ta’lim nazorati rasmiy kanali
41 428
364
⚡️ Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda talabalar qabul qilishni kamaytirib, bo‘shagan kvotalarni muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlarga o‘tkazish taklif etilyapti. Shuningdek, kvotalarni oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinadi, qabul parametrlarini oliygohlarning o‘zi belgilaydi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
40 105
241
⚡️Oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkaziladi. Bunda: — abiturientlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; — oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda: 1-bosqich ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash; 2-bosqich oliygoh – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi. Amalda abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda mos 5 tagacha oliygohni (yo‘nalishni) tanlaydi va ushbu oliygohlar (yo‘nalishlar) bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
43 325
387
⚡️Sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi. Sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etish orqali tugatiladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
30 675
201
⚡️O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari o'zgardi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish balini 2 bosqichda oshirib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball); ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
42 861
564
⚡️Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi: ➖ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi; ➖ soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi; (Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajada saqlanadi)Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
41 684
826
⚡️Ustama olish uchun fan o‘qituvchilariga B+, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat talab qilinishi mumkin Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qarori bilan endilikda umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha A+, A, B+, B, C+, C, darajali sertifikatlar berilishi belgilangan. Yangi Rash modeli boʻyicha fan oʻqituvchilariga A+, A va B+ darajadagi, boshlangʻich taʼlim (matematika va ona tili va adabiyot) yoʻnalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama berish boʻyicha hujjat loyihasi ishlab chiqilgan. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xodimi jonli muloqotda maʼlum qildi. Ayni vaqtda amaldagi hujjatlariga oʻzgarish kiritish haqidagi loyiha ishlab chiqib, Adliya vazirligiga kiritilgan va tasdiqlanishi kutilmoqda. Eslatib oʻtamiz, Rash modeliga koʻra milliy sertifikat uchun quyidagi sertifikatlar beriladi: “70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja; 65 — 69,9 ball olganlarga A daraja; 60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja; 55 — 59,9 ball olganlarga B daraja; 50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja; 46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...

IMG_9399.MP4

80 327
1 324
Joriy yilning 6-, 7-, 8-may kunlari Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Metodik marafon o‘tkazilmoqda. Xususan, shu yilning 6-may kuni Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazida “Malakali ustoz – millat koʻzgusi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Jarayon tafsilotlari bilan video orqali tanishishingiz mumkin. 🌐Youtube (HD)da ko'rish: 🔹 🔹 🔹 🔹 🔹 🔹
Show more ...

IMG_5985.MP4

22 525
6
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6 -maydagi 263-son qarori bilan Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalarga erishayotgan umumiy urta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi toʻgʻrisida NIZOM tasdiqlandi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

ВМҚ-263.pdf

68 712
1 504
⚡️ Endi davlat granti o‘rinlari eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar tanlovi asosida belgilanadi Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tgan taqdimotda oliy ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish, qabul va malaka tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar Yangi tartibga ko‘ra, muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi.  Yana bir yangilik: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi. Davlatimiz rahbari bu tizimni adolatli yo‘lga qo‘yish, yoshlarga va ota-onalarga yetkazish zarurligini ta’kidladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
41 918
352
❗️Talaba boʻlish istagidagi xotin-qizlar shoshiling: Oila va xotin-qizlar qoʻmitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi Hukumat qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinishi belgilangan. Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi boʻlgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tavsiyanomasiga ega boʻlishlari lozim. Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak: ➖ oʻrta maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlishi (kollej, texnikum diplomiga ega bo‘lishi); ➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi (davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarida o‘qimayotgan bo‘lishi kerak); ➖oʻrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlishi. ▪️Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha roʻyxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etadilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: ➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi; ➖ mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan koʻchirma; ➖ oʻrta-maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha diplom. ▪️ Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi. ❗️2022-hamda 2023-yillarda tavsiyanoma olgan, biroq oliy taʼlim muassasalarida talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarning tavsiyanomalari 2024-yilda ham amal qiladi. Batafsil: Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
38 859
428
Ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi Hukumat qarori (30.09.2019 №823) bilan tasdiqlangan nizomga asosan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga 40 foizgacha har oylik ustamalar belgilanadi. 👩🏻‍🏫Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi: ➖ 65 — 70 ball toʻplasa — 10 foiz; ➖71 — 75-ball toʻplasa — 15 foiz; ➖76 — 80 ball toʻplasa — 20 foiz; ➖81 — 85 ball toʻplasa — 25 foiz; ➖86 — 90 ball toʻplasa — 30 foiz; ➖91 — 95 ball toʻplasa — 35 foiz; ➖96 — 100 ball toʻplasa — 40 foiz. ✅Oʻqituvchilar 40 foizlik ustamadan tashqari metod birlashma rahbarligi uchun yana 10 foiz ustama olishlari mumkin. 📚Kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplangan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi: ➖65 — 75 ball toʻplasa — 10 foiz; ➖76 — 85-ball toʻplasa — 15 foiz; ➖86 — 100 ball toʻplasa — 20 foiz. 👫 Psixolog xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplangan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi: ➖65 — 75 ball toʻplasa — 10 foiz; ➖76 — 85-ball toʻplasa — 15 foiz; ➖86 — 100 ball toʻplasa — 20 foiz. Umumtaʼlim muassasalari pedagog, kutubxona va psixolog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamgʻarma hisobidan har oylik ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi. Ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilayotgan fan olimpiadalari, koʻrik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar roʻyxati: 👉 👉 — Oylik hisoblash uchun bot. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
58 750
1 139
⚡️Pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi. ➖BiologiyaChizmachilikCHQBTDavlat va huquq asoslariFizikaGeografiyaInformatikaIngliz tiliIqtisodJismoniy tarbiyaKimyoMatematikaMusiqaOna tili va adabiyotiO`zbek tiliTarbiyaTarixTexnologiyaTexnologiya va dizaynTa’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
47 105
309
⚡️Tarbiya fani bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun ishlab chiqilgan sinov topshiriqlari 👉Barcha fanlar bo‘yicha Ta‘lim nazorati (@uztdi) kanalidaTa’lim nazorati rasmiy kanali

Tarbiya.pdf

33 743
86
⚡️Texnologiya va dizayn fani bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun ishlab chiqilgan sinov topshiriqlari 👉Barcha fanlar bo‘yicha Ta‘lim nazorati (@uztdi) kanalidaTa’lim nazorati rasmiy kanali

Texnologiya va dizayn.pdf

30 210
72
⚡️Tarix fani bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun ishlab chiqilgan sinov topshiriqlari 👉Barcha fanlar bo‘yicha Ta‘lim nazorati (@uztdi) kanalidaTa’lim nazorati rasmiy kanali

Tarix.pdf

24 843
183
⚡️Texnologiya fani bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun ishlab chiqilgan sinov topshiriqlari 👉Barcha fanlar bo‘yicha Ta‘lim nazorati (@uztdi) kanalidaTa’lim nazorati rasmiy kanali

Texnologiya.pdf

22 184
96
⚡️Musiqa fani bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun ishlab chiqilgan sinov topshiriqlari 👉Barcha fanlar bo‘yicha Ta‘lim nazorati (@uztdi) kanalidaTa’lim nazorati rasmiy kanali

Musiqa.pdf

24 385
66
⚡️O‘zbek tili fani bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun ishlab chiqilgan sinov topshiriqlari 👉Barcha fanlar bo‘yicha Ta‘lim nazorati (@uztdi) kanalidaTa’lim nazorati rasmiy kanali

O‘zbek tili.pdf

20 551
81
⚡️Kimyo fani bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun ishlab chiqilgan sinov topshiriqlari 👉Barcha fanlar bo‘yicha Ta‘lim nazorati (@uztdi) kanalidaTa’lim nazorati rasmiy kanali

Kimyo.pdf

21 249
90
⚡️Geografiya fani bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun ishlab chiqilgan sinov topshiriqlari 👉Barcha fanlar bo‘yicha Ta‘lim nazorati (@uztdi) kanalidaTa’lim nazorati rasmiy kanali

Geografiya.pdf

19 649
164
⚡️Iqtisod fani bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun ishlab chiqilgan sinov topshiriqlari 👉Barcha fanlar bo‘yicha Ta‘lim nazorati (@uztdi) kanalidaTa’lim nazorati rasmiy kanali

Iqtisod.pdf

18 296
69
⚡️Informatika fani bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun ishlab chiqilgan sinov topshiriqlari 👉Barcha fanlar bo‘yicha Ta‘lim nazorati (@uztdi) kanalidaTa’lim nazorati rasmiy kanali

Informatika.pdf

20 687
175
⚡️Jismoniy tarbiya fani bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun ishlab chiqilgan sinov topshiriqlari 👉Barcha fanlar bo‘yicha Ta‘lim nazorati (@uztdi) kanalidaTa’lim nazorati rasmiy kanali

Jismoniy tarbiya.pdf

17 330
155
⚡️Chizmachilik fani bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun ishlab chiqilgan sinov topshiriqlari 👉Barcha fanlar bo‘yicha Ta‘lim nazorati (@uztdi) kanalidaTa’lim nazorati rasmiy kanali

Chizmachilik.pdf

16 395
132
⚡️Davlat va huquq asoslari fani bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun ishlab chiqilgan sinov topshiriqlari 👉Barcha fanlar bo‘yicha Ta‘lim nazorati (@uztdi) kanalidaTa’lim nazorati rasmiy kanali

Davlat va huquq asoslari.pdf

17 881
151
⚡️Fizika fani bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun ishlab chiqilgan sinov topshiriqlari 👉Barcha fanlar bo‘yicha Ta‘lim nazorati (@uztdi) kanalidaTa’lim nazorati rasmiy kanali

Fizika.pdf

18 957
184
⚡️CHQBT fani bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun ishlab chiqilgan sinov topshiriqlari 👉Barcha fanlar bo‘yicha Ta‘lim nazorati (@uztdi) kanalidaTa’lim nazorati rasmiy kanali

CHQBT.pdf

16 691
94
⚡️Ingliz tili fani bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun ishlab chiqilgan sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi. 👉Barcha fanlar bo‘yicha Ta‘lim nazorati (@uztdi) kanalidaTa’lim nazorati rasmiy kanali

Ingliz tili.pdf

17 898
208
⚡️Ona tili va adabiyot fani bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun ishlab chiqilgan sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ona tili va adabiyot.pdf

21 678
276
⚡️Matematika fani bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun ishlab chiqilgan sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Matematika.pdf

22 908
217
⚡️Biologiya fani bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun ishlab chiqilgan sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Biologiya kasbiy sertifikatlash.pdf

23 921
151
⚡️ Huquqshunoslik fanlaridan o‘tkaziladigan aprobatsiya sinovlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi 📆 2024-yil 3-may (juma) kuni Toshkent, Buxoro, Namangan va Urganch shaharlarida huquqshunoslik fanlaridan o‘tkaziladigan aprobatsiya sinovlari uchun ruxsatnomalar 📱 Aprobatsiya sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani havolasi orqali yuklab olishlari mumkin. 📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi. ✅ Talabgorlar aprobatsiya sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 14:00 dan boshlab (aprobatsiya sinovi 15:00 da) kiritiladi. ❕Aprobatsiya sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha aprobatsiya o‘tkazilmaydi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
24 170
61
Malaka test sinovlarida eng yuqori natija ko‘rsatayotgan hududlar nomi ma'lum qilindi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan kimyo, fizika hamda O‘zbek tili (Davlat tili), ona tili va adabiyot fanlari bo‘yicha qaysi hudud pedagoglari yaxshiroq natija ko‘rsatayotgani ma’lum qilindi. 30-apreldagi kimyo, fizika fanlaridan test sinovlarida o‘rtacha ball natijalarining tahlili bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar: 🔸 Andijon viloyatida – 65,24 ball; 🔸 Buxoro – 64,47 ball; 🔸 Namangan – 62,28 ball; 🔸 Farg‘ona viloyatida esa – 61,32 ball qayd etilgan. Eslatib o‘tamiz, 25-apreldagi O‘zbek tili (Davlat tili), ona tili va adabiyot fanlaridan test sinovlarida o‘rtacha ball natijalari tahlili bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar: 🔸 Buxoro – 69,98 ball, 🔸 Xorazm – 69,22 ball, 🔸 Toshkent shahri – 67,9 ball 🔸 Farg‘ona viloyatida esa – 65,43 ball qayd etilgan. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
28 760
124
Tarix va fizika fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi 📝 2024-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan tarix va fizika fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari 📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin. ✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi: 🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja; 🔹 65 - 69,9 ball — A daraja; 🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja; 🔹 55 - 59,9 ball — B daraja; 🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja; 🔹 46 - 49,9 ball — C daraja. ✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi: 🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball; 🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball; 🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball. Imtihon natijalarining statistik tahlili Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
33 955
341
#Qonunchilikdagi_yangiliklar “Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to'lovi miqdorlarini tasdiqlash to'g'risida”gi Hukumat qarori (246-son, 29.04.2024 y.) qabul qilindi. 🔰Unga ko'ra, 2024-yil 1-iyundan va 2025-yil 1-yanvardan boshlab amal qiladigan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to'lovi miqdorlari tasdiqlandi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
33 449
289
⚡️Ertaga eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashishga ariza topshirishning so‘nggi kuni Turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan fuqarolarning eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkaziladi. 🖥 Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qaroriga muvofiq, eksternat tartibida imtihon olish uchun arizalar qabul qilish davlat xizmati shaklida amalga oshiriib, arizalar har yili 1-martdan 1-mayga qadar (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali () orqali qabul qilinadi. Mazkur davlat xizmati bepul amalga oshiriladi. Fuqarolar aynan ta’lim olgan maktab joylashgan hududga emas, hozirda doimiy (yoki vaqtinchalik) yashayotgan hududdagi eksternat maktabga onlayn ariza yuborishlari ham mumkin. Buning uchun maktab yoki hududiy bo‘limlarga borish shart emas. ➡️ Yuqoridagi video-yo‘riqnoma orqali eksternat tartibidagi imtihonlar borasidagi barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin. 👉 2023-2024-o‘quv yilida eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan maktablar ro‘yxatiTa’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...

Ariza Topshirish 01-1.mp4

39 137
356
🎓Toshkent shahridagi Amity universitetida 2024-2025 o‘quv yili uchun qabul boshlandi! Grant asosida xorijiy universitet talabasi bo‘ling! Imtihon sanasi: 16-may Shoshiling, joylar cheklangan 📌 IELTS 5.5+ sertifikati yoki ichki ingliz tili imtihonini topshiring ☎️ 998712079006 📞 🌐 🌐 🌐 🌐
23 969
51
⚡️Maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi va ularni bitirganlarga MTT tarbiyachi yordamchisi bo'lib ishlash uchun sertifikat beriladi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻquvchilarini pedagog kasbiga maqsadli tayyorlash va bitiruvchilarning bandligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (29.04.2024, №242) qabul qilindi. Qarorga asosan, NaN oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri hamda har bir viloyatda bittadan maktablarda 10-11-sinf oʻquvchilarini pedagog kasbiga tizimli tayyorlash uchun pedagogik sinflar tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladi. Pedagogik sinflarni tashkil etish tegishli hududdagi pedagogika oliy taʼlim muassasasining ishtirokida amalga oshiriladi. Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida pedagogik sinflar uchun alohida oʻquv dasturi ishlab chiqiladi. Pedagogik sinflarni tamomlagan bitiruvchilarga shahodatnoma hamda Milliy malakalar ramkasining 2-darajasidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi kasbi boʻyicha ishlash huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...

Pedagogik sinflar qaror va nizom.pdf

36 559
365
Osiyo Xalqaro Universitetida «Karyera-2024» mehnat yarmarkasi bo'lib o'tdi ✅ Bugun universitetimizda Buxoro viloyati tarixidagi eng katta, «Karyera-2024» mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Oldin xabar berganimizdek yarmarkada Buxoro viloyatidagi 30 dan ziyod nufuzli tashkilot va korxonalar ishtirok etib, ular bilan bir nechta hamkorlik memorandumlari tuzildi. 📌 Yarmarkada talabalar bank, moliya, turizm, ishlab chiqarish, sanoat, pedagogika, neft-gaz, sport, ekologiya, xizmat ko'rsatish, IT, sog'liqni saqlash sohalari bo'yicha bo'sh ish o'rinlari va ishga joylashish shartlari to'g'risida kerakli ma'lumotlarga ega bo'lishdi. 🔖 Shuningdek yirik yarmarka davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib korxona va tashkilotlar tomonidan kerakli javoblarni qabul qilib olishdi. Tashkil etilgan yarmarka talabalar uchun har tomonlama foydali va manfaatli tarzda bo'lib o'tdi. 🌐 www.oxu.uz Telegram | Instagram | Facebook
Show more ...

0426.mp4

75 789
37
🔹 Ayni paytda Toshkent shahridagi 110-maktabda test administratorlari, maktab koordinatorlari va AKT mutaxassislari uchun “PISA 2025 tadqiqoti tajriba-sinov jarayonlarida test administratorlarining vazifalari” mavzusidagi seminar-trening boʻlib oʻtmoqda. 🔹 "PISA tadqiqotlarning natijalariga koʻra, oʻquvchilarimiz olgan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qoʻllay olmasligi namoyon boʻlmoqda. Oʻquvchilarni PISA yoki boshqa testlarga maqsadli tayyorlash emas, balki ushbu tadqiqotlar yordamida baholanadigan kompetensiyalar va amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish hamda baholanishiga tayyorlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, ushbu tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, oʻquvchilarda funksional savodxonligikni oshirish, kreativ fikrlash va 4K koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida oʻqituvchilar uchun qishki va bahorgi taʼtil davrida respublikamizning barcha hududlarida “Metodik marafon” tashkil etildi. Mazkur marafonlarda 20 mingga yaqin oʻqituvchilarning kasbiy mahorati oshirildi va bu jarayonlar yana davom etmoqda." – Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy metodik markazi direktori v.v.b. Yuliya Risyukova 🔹 🔹 🔹 🔹 🔹 🔹
Show more ...
25 284
8
Jismoniy tarbiya fanidan maktab o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi uchun qur’a tashlandi Qur’a natijalari bo‘yicha bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tishlari uchun mashqlar va normativlar belgilandi. Qiz bolalar: 8-bilet 1 Yengil atletika. Yugurib kelib kichik (150 gr) tennis topini uzoqlikka uloqtirish. Me'yor: (metr) 28 – 23 – 18 – 13 2. Gimnastika. Arg'amchida 1 daqiqa davomida sakrash. Me'yor: (marta) 120 — 100 — 90 — 80 3. Basketbol. Basketbol savatiga belgilangan jarima to'pini 8 imkoniyatdan tashlash. Me'yor: (marta) 4 —3 —2 — 1 — — — — — — O‘g‘il bolalar 10-bilet 1. Yengil atletika. 2000 metr masofaga vaqt hisobga olingan holatda yugurish. Me'yor: (daqiqa) 9,30 – 10,00 – 11,00 – 12,00 2. Gimnastika. Baland turnikda tortilish (bajarish texnikasiga e'tibor berish). Me'yor: (marta) 10 – 8 – 6 – 4 3. Futbol: Futbol to'pini "aut"dan o'yinga kiritish (bajarish texnikasiga e'tibor berish). ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
177 520
6 135
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2023-2024 o'quv yili bo'yicha yanuniy davlat attestatsiya imtihonlarini o'tkazish bo'yicha ko'rsatma xati yuborildi. Ushbu ko'rsatma xatda: - yakuniy imtihon o'tkazilish tartibi; - qaysi fanlardan imtihon topshirilishi; - imtihon bo'lib o'tadigan sanalar; - imtihon uchun qancha vaqt ajratilishi ko'rsatilgan. Yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish boʻyicha zarur metodik tavsiya va materiallar: O‘ZBEK TILI ➖9-sinf Jismoniy tarbiya9-sinf Matematika9-sinf O'zbekiston tarixi9-sinf Ona tili va adabiyot9-sinf Matematika spetsifikatsiyasi11-sinf Davlat va huquq asoslari11-sinf Fizika11-sinf Geografiya11-sinf Ingliz tili11-sinf Matematika11-sinf Ona tili va adabiyoti11-sinf O'zbekiston tarixi11-sinf Kimyo11-sinf Matematika spetsifikatsiya 👉На русском языкеTa’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...

Ko'rsatma xat. Yakuniy imihon sanalari va tartibi..pdf

69 757
1 323
⚡️2024-yil yanvar-mart oylarida ta’lim sohasida o‘rtacha ish haqi 3 mln 434,9 ming so‘mni tashkil qildi Joriy yilning yanvar-mart oylarida oʻrtacha oylik ish haqi miqdori 4,9 mln soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 19,8% ga oʻsgan. Eng koʻp maosh oluvchi soha “bank, sugʻurta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati boʻlib qolmoqda – ushbu yoʻnalishda oʻrta oylik ish haqi 13,2 mln soʻmni tashkil qilgan. Taʼlim va sogʻliqni saqlash sohasi xodimlari esa boshqa sohalarga nisbatan eng quyi pog‘onalarda ekanligini ko‘rishimiz mumkin. (3,4-3,2 mln soʻm). ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
28 820
111
#jobfair Toshkent Kimyo xalqaro universiteti joriy yilning 2-may kuni mamlakatimizning barcha oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari uchun oʻtkaziladigan anʼanaviy boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi – KIUT Job Fair-2024 ga taklif etadi. Tadbir doirasida: 🔷 Ish beruvchi kompaniya va tashkilotlar va ularda mavjud boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishasiz. 🔸“Axborot tizimlari muxandisligi” yoʻnalishi talabalarining eng soʻngi loyihalar taqdimoti guvohi boʻlasiz. 🔹“Liboslar dizayni” yoʻnalishi talabalari tomonidan yaratilgan libos kolleksiyalarini koʻrasiz. 🔸Rangtasvir yoʻnalishi talabalari bilan ijodkorlik mahoratingizni sinab koʻrasiz. 🔹Kitob yarmarkasida ishtirok etib eng arzon narxlarda kitob xarid qilishingiz mumkin boʻladi. 🔸Va albatta xonanda Dilnoz Hakimovaning eng soʻngi xitlaridan bahramand boʻlasiz. ❗️Shuningdek, universitetda mavjud yoʻnalishlar va qabul jarayonlariga qiziqish bildirgan abituriyentlarni ham mehmonga taklif qilamiz. ☎️+ 998 78 129 40 40 (ichki raqam 1)
Show more ...
38 399
51
⚡️ Matematika fani bo‘yicha yangi testlar joylandi Pedagoglar attestatsiyasi sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida umumtaʼlim fanlari boʻyicha O‘qituvchilarning talab va istaklardan kelib chiqqan holda, diagnostika testlari o‘tkazilayotgan telegram botlarga matematika va pedagogik mahorat bo‘yicha yangi test savollari joylandi. Diagnostik testlarni ishlash uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling: 👉 @uztditestbot 👉 @uztdi_testbot 👉 @uztditestt_bot 👉 Telegram botlardan foydalanish bo‘yicha videoyo‘riqnoma: 📌 Diagnostika testlarini ishlab ko'rish mutlaqo bepul. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...

IMG_8755.MP4

34 491
161
Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati ✅ Ma’lumki, Agentlik xodimlari xalqaro hamkorlar (British Council, Cambridge Assessment English, CITO International) bilan birgalikda ko‘p darajali (multilevel) test sinovini takomillashtirish yuzasidan tegishli ishlarni olib borishmoqda. ✍️ Chet tilini bilish darajasini baholash boshqarmasi tomonidan gapirish ko‘nikmasi uchun yangi format loyihasi ishlab chiqildi. ⌚️ Hozirda ushbu formatni Agentlik huzuridagi Ilmiy o‘quv-amaliy markaz bilan hamkorlikda approbatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan. Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati 2024-yil sentabr oyidan boshlab amaliyotga joriy etiladi. 📱 Talabgorlar va barcha qiziquvchilar yangi format va namunaviy topshiriqlar (pdf) bilan tanishishlari mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...

Speaking yangi format.pdf

32 642
323
⚡️Maktab bitiruvchilari oʻrgangan kasb-hunari boʻyicha amaliy imtihon topshiradi va ularga davlat namunasidagi elektron sertifikat beriladi Muhokamalar portaliga "Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilariga oʻrgangan kasb-hunari boʻyicha amaliy imtihonlarni oʻtkazish va davlat namunasidagi elektron sertifikat berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida"gi Hukumat qarori loyihasi joylashtirildi. Loyihaga ko‘ra kasb-hunar egallagan va va amaliy imtihondan oʻtgan bitiruvchilarga 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda “Ishga marhamat” monomarkazlari tomonidan imzolanadigan, ularga ishlash huquqini beruvchi elektron shaklda sertifikat beriladi. Har bir bitiruvchining bandlik holatini onlayn monitoring qilib borish maqsadida kasb.maktab.uz platformasini “bandlik xizmati” (abkm.mehnat.uz) axborot tizimi va boshqa axborot tizimlariga integratsiya qilinadi. Mazkur sertifikat O‘zbekiston Respublikasi milliy malakalar ramkasining 2-darajasiga tenglashtiriladi. 👉 Muhokamada ishtirok etish: Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
29 754
101
​⚡️ERTAGA ONLAYN TEST BO'LADI! 📆 Ertaga, 27-aprel kuni tomonidan 5⃣-onlayn test tashkil etiladi. Testda kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi lozim! 📆 Test vaqti: 27-aprel (kun davomida) 💻 Test tillari: O'zbek va Rus 💳 Ishtirok etish narxi: BEPUL 📲 Ro‘yxatdan o‘tish shart Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting: 👨🏻‍💻Testga ro‘yxatdan o‘tish: 🔖 Test yakunida sertifikat beriladi!
Show more ...
image
16 383
154
Viloyat hokimi «Telefonsiz maktab» loyihasini qo‘llab-quvvatlagan maktabga 300 million so‘m topshirdi Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev «Telefonsiz maktab» loyihasini faol qo‘llab-quvvatlagani uchun Angren shahridagi 17-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Zebo Mahkamovaga 300 million so‘m pul Qayd qilinishicha, ushbu maktab 50 kundan buyon yangi loyihani faol tatbiq qilib kelmoqda. Shu yil fevral oyida Zoir Mirzayev maktab direktorlari bilan o‘tkazgan muloqotida «Telefonsiz maktab» tizimini joriy etish, telefondan foydalanmaslik taklifini ilgari surib, buni amalga oshirgan maktablarni 300 million so‘m bilan taqdirlashga va’da bergan edi. Keyinroq, Angren shahridagi 13- va 17-son umumta’lim maktablarida «Telefonsiz maktab» tizimi joriy etilgani, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning telefonlari maxsus javonlar, qutilarga solib qo‘yilayotgani haqida xabar berildi. Ta’kidlanishicha, bu chora o‘quvchilarning e’tiborini ustozlar tomonidan berilayotgan bilimlarni yanada chuqurroq egallashga qaratadi. Shuningdek, ota-onalar kuzatuv kengashi bilan maktab ma’muriyati yig‘ilish o‘tkazib, ta’lim muassasasida telefondan umuman foydalanmaslik taklifi ilgari surilgani va bu barcha tomonidan birdek ma’qullangani aytildi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
32 701
127
‼️‼️‼️‼️ Matematika fanidan attestatsiya imtihonlari boshlanishiga ham roppa-rosa 1 kun qoldi Ba'zi ustozlarimiz esa hali ham tushgan savollar va ularning yechimlarini qayerdan topish kerakligini, savollarni qanday tez ishlash usullarini o'rgatuvchi kanalni haligacha qidirib yuribdi 🧐 2022-yildan buyon ustozlar attestatsiyasi bilan shug'ullanuvchi va shu paytgacha 1000 dan ziyod ustozlarni attestatsiya imtihonidan muvaffaqiyatli o'tishiga hissasini qo'shib kelayotgan @attestatsiya_online kanali haqida bilarmidingiz? Ertadan boshlanadigan imtihon savollari va ularning yechimlarini birinchilardan bo'lib o'rganib borishingiz uchun hoziroq @attestatsiya_online kanaliga obuna bo'lishni unutmang 😊 P.S. bugun kechki soat 20:00 da ham aynan shu kanalda attestatsiya imtihonidan avval aynan nimalar qilish kerakligi haqida zarur tavsiyalar va amaliy masalalarga asoslangan dars bo'lib o'tadi 👉 @attestatsiya_online 👉 @attestatsiya_online 👉 @attestatsiya_online
Show more ...
71 799
129
⚡️ Chet tili imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish uchun 2 kun vaqt qoldi ✅ 2024-yil fevral-may oylarida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkazilishi haqida avval . 📱 Ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshirilmoqda va 27-aprel (to‘lov qilish 11-12-may) ga qadar davom etadi. ❗️ Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlarga 2 kun qolganini eslatib o‘tamiz. 📆 Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari (yozma qismi) 2024-yil 11-12-may (shanba, yakshanba) kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
33 744
286
“Yangi O‘zbekiston” universiteti ko'plab grant imkoniyatlarini taqdim etadi Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o'tgan quyidagi talabgorlar 4 yil davomida davlat granti asosida xalqaro olimpiada g‘oliblari; ➖ijtimoiy himoya yagona reestriga kirgan oila a’zolari; ➖Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining eng yuqori ball asosida qabul qilingan 5% talabgorlariga. ✅ Bir yillik tabaqalashtirilgan grantlar: –top 10% talabalarga 100% grant; –keyingi 10% talabalarga 70% grant; –keyingi 15% talabalarga esa 50% grant ajratiladi. ❗️Mazkur tabaqalashtirilgan grant miqdorlari talabaning bilim salohiyatiga ko‘ra ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi bosqichda tahsil olayotganida saqlanib qolinishi, ko'payishi yoki kamayishi mumkin. Universitetda davom etmoqda. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang.
Show more ...
27 191
34
Milliy sertifikat uchun huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari o‘tkaziladi 📝 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq 2020-2024-yillarda oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga imtihon topshiriladigan 9 ta umumta’lim fanidan milliy sertifikat joriy etish vazifasi qo‘yilgan edi. Mazkur topshiriq agentlik tomonidan 2023-yilda nihoyasiga yetkazildi. ⚖️ Agentlik tomonidan huquqshunoslik fanlaridan ham milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etish ustida ish olib borilayotgan bo‘lib, joriy yilning 3-may kuni aprobatsiya test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. 📱 Bunda huquqshunoslik fanlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan va huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/service/98 havolasi orqali aprobatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 📍 Huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari Toshkent (200 nafar), Buxoro (600 nafar), Namangan (600 nafar) va Urganch (600 nafar) shaharlarida tashkil etiladi. 📆 Aprobatsiya sinovlarida ishtirok etish bepul bo‘lib, talabgorlarni ro‘yxatga olish 28-aprelgacha davom etadi. 🖥 Aprobatsiyada ishtirok etuvchilar soni cheklangan bo‘lib, ma’lum bir hududda o‘rinlar soni to‘lganda, ro‘yxatga olish muddatidan oldin yakunlanishi mumkin. Kelgusida tashkil etiladigan imtihonlarning yanada sifatli bo‘lishini ta'minlash maqsadida huquqshunoslik fanlaridan tayyorgarlikka ega bo‘lgan va aprobatsiya sinovlarida albatta ishtirok etish imkoniyati mavjud bo‘lgan talabgorlarning ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz!Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
42 903
425
⚡️ Pedagogik mahorat bo‘yicha yangi testlar joylandi Pedagoglar attestatsiyasi sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida umumtaʼlim fanlari boʻyicha O‘qituvchilarning talab va istaklardan kelib chiqqan holda, diagnostika testlari o‘tkazilayotgan telegram botlarga pedagogik mahorat bo‘yicha yangi test savollari joylandi. Diagnostik testlarni ishlash uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling: 👉 @uztditestbot 👉 @uztdi_testbot 👉 @uztditestt_bot 👉 Telegram botlardan foydalanish bo‘yicha videoyo‘riqnoma: 📌 Diagnostika testlarini ishlab ko'rish mutlaqo bepul. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
46 382
483
⚡️ Matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi 📆 2024-yil 28-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi. 📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani saytining bo‘limidan olishlari mumkin. 📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi. ✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da) kiritiladi. ❕ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
40 428
165
⚡️2-sinfda “Informatika va axborot texnologiyalari” hamda 5-sinfda “Tabiiy fan (Science)” fani joriy etiladi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrug‘i (26.03.2024 94-son) bilan umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 2024-2025-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv reja tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab, umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 2-sinfida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani hamda 5-sinfida “Tabiiy fan (Science)” fani joriy etiladi. Mazkur fanlardan dars beradigan “Biologiya”, “Geografiya” fani oʻqituvchilari uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi. Boshlanadigan oʻquv yilida dars taqsimoti shu oʻquv-reja asosida amalga oshiriladi. Bosh vazir topshirig‘i bilan “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlarini boshlangʻich sinflarda “Boshlangʻich taʼlim” oʻqituvchilari, “Tabiiy fan (science)ni 5-6-sinflarda esa “Geografiya”, “Biologiya” va “Fizika” oʻqituvchilari dars oʻtishlariga rozilik berilgani haqida xabar bergan edik.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...

94-сонли 2024-2025 таянч режа.pdf

72 929
976
⚡️Утверждены методические рекомендации и материалы по проведению итоговой государственной аттестации учащихся выпускных классов на русском языке 9-класс Математика ➖9-класс История Узбекистана 9-класс Физическая культура 9-класс Физика 9-класс Русский язык и литература 11-класс География 11-класс Английский язык 11-класс Химия 11-класс Математика 11-класс Узбекский язык (Государственный язык) 11-класс История Узбекистана 11-класс Русский язык и литература 11-класс Основы государства и праваTa’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
52 083
673
Bitiruvchi sinf oʻquvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazishga doir metodik tavsiya va materiallar tasdiqlandi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan bitiruvchi sinf oʻquvchilari ishtirokida oʻtkaziladigan yakuniy attestatsiya fanlari spetsifikatsiyalari hamda yakuniy davlat attestatsiyasi (ogʻzaki va yozma) topshiriqlari ishlab chiqildi. Unda umumtaʼlim maktablari va alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 9- va 11-sinf oʻquvchilarini tegishli fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish boʻyicha zarur metodik tavsiya va materiallar oʻrin olgan. O‘ZBEK TILI ➖9-sinf Jismoniy tarbiya9-sinf Matematika9-sinf O'zbekiston tarixi9-sinf Ona tili va adabiyot9-sinf Matematika spetsifikatsiyasi11-sinf Davlat va huquq asoslari11-sinf Fizika11-sinf Geografiya11-sinf Ingliz tili11-sinf Matematika11-sinf Ona tili va adabiyoti11-sinf O'zbekiston tarixi11-sinf Kimyo11-sinf Matematika spetsifikatsiyaTa’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
Ta'lim nazorati
9-sinf Jismoniy tarbiya fanidan namunaviy nazorat materiallari ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
66 777
1 237
9-sinf Matematika spetsifikatsiya ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

9-sinf matematika spesifikatsiya.pdf

39 302
678
11-sinf matematika spetsifikatsiya ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

11-sinf matematika spesifikatsiya.pdf

45 152
591
11-синф Физика фанидан намунавий назорат материаллари Ta’lim nazorati rasmiy kanali

11-sinf Fizika imtihon savollari.pdf

66 147
1 345
11-синф География фанидан намунавий назорат материаллари Ta’lim nazorati rasmiy kanali

11-sinf Geografiya imtihon savollari.pdf

62 094
1 219
11-синф Инглиз тили фанидан намунавий назорат материаллари Ta’lim nazorati rasmiy kanali

11-sinf Ingliz tili imtihon savollari.pdf

71 093
2 118
11-синф Кимё фанидан намунавий назорат материаллари Ta’lim nazorati rasmiy kanali

11-sinf Kimyo imtihon savollari.pdf

59 562
1 440
11-синф Математика фанидан намунавий назорат материаллари Ta’lim nazorati rasmiy kanali

11-sinf Matematika imtihon savollari.pdf

68 339
2 390
11-синф Она тили ва адабиёт фанидан намунавий назорат материаллари Ta’lim nazorati rasmiy kanali

11-sinf Ona tili va Adabiyoti imtihon savollari.pdf

65 858
2 349
11-синф Давлат ва ҳуқуқ асослари фанидан намунавий назорат материаллари

11-sinf Davlat va huquq asoslari imtihon savollari.pdf

57 883
1 732
11-синф Ўзбекистон тарихи фанидан намунавий назорат материаллари

11 -sinf O'zbekiston tarixi imtihon savollari.pdf

66 288
2 366
9-синф Ўзбекистон тарихи фанидан намунавий назорат материаллари

9-sinf O'zbekiston tarixi imtihon savollari.pdf

86 758
4 363
9-синф Она тили ва адабиёт фанидан намунавий назорат материаллари

9-sinf Ona tili va Adabiyoti imtihon savollari.pdf

86 312
4 460
9-синф Математика фанидан намунавий назорат материаллари

9-sinf Matematika imtihon savollari.pdf

81 490
4 228
9-синф Жисмоний тарбия фанидан намунавий назорат материаллари

9-sinf Jismoniy Tarbiya imtihon savollari.pdf

78 572
3 829
⚡️Rash modeli asosida hisoblab berilgan milliy sertifikat bilan imtiyozga ega boʻlish uchun qanday natija qayd etish kerak? Xabaringiz bor, Hukumat (10.01.2024 17-son) qarori bilan umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikatini olish uchun test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanishi belgilandi. “70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja; 65 — 69,9 ball olganlarga A daraja; 60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja; 55 — 59,9 ball olganlarga B daraja; 50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja; 46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda. Qarorda abituriyentlarga beriladigan imtiyoz aniq koʻrsatilgan boʻlib, 65 balldan oʻtgan abituriyent “A +, A” darajaga ega boʻladi va OTMga kirishda oʻsha fandan maksimal ballga ega boʻladi. Oʻtgan yillarda olingan milliy sertifikatlar 100 ballik tizimda hisoblanar edi va oʻqituvchilar uchun ustama belgilash boʻyicha qoʻshma qaror 100 ballik tizim boʻyicha minimum 80 va undan yuqori ball, boshlangʻich taʼlim ustozlari (ona tili va adabiyot va matematika fanlaridan) minimum 60 va undan yuqori ball toʻplagan taqdirda ustama toʻlanishi belgilangan edi. Hozirlikcha vakolatli vazirliklar tomonidan qoʻshma qarordagi oʻzgarish va ballar haqida rasmiy maʼlumot berilmadi. Biroq bizga bu borada juda koʻp savollar yuborilgani uchun mustaqil mutaxassislardan izoh soʻraganimizda pedagoglarga minimum A daraja (65 — 69,9 ball), boshlangʻich taʼlim ustozlar esa minimum C daraja(46 — 49,9 ball) olgan taqdirda ustama toʻlanishi mantiqan toʻgʻri boʻlishini maʼlum qilishdi. Vazirliklar tomonidan bu haqida rasmiy maʼlumot berilsa kanalimiz (@uztdi) orqali xabar beramiz.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
68 272
1 052
⚠️Abituriyentlar diqqatiga! 🏫 Qo‘qon universitetida 2024/2025 o‘quv yili uchun kunduzgi va masofaviy ta'lim shakli yo‘nalishlariga qabul boshlandi! 💠Qoʻqon universitetining ta'lim va ta'lim shaklida mavjud yoʻnalishlar. ⚠️Ro‘yxatdan o‘tish uchun kerakli 😄Xorijiy til sertifikati borlar uchun 🗓Hujjatlar Qo‘qon universiteti Axborot-kutubxona markazi binosida offlayn va platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. 👨🏻‍💻 Axborot-maslahat markazi (call center) 🔽 📞998735454444; 📞998735455555. Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasi, 28-a uy, Axborot-kutubxona markazi binosi.
Show more ...
27 502
44
#Xushxabar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirigʻi bilan: Umumtaʼlim muassasalarida “Tabiiy fan (science)“, “Tarbiya” va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlarini boshlangʻich sinflarda “Boshlangʻich taʼlim” oʻqituvchilari, “Tabiiy fan (science)ni 5-6-sinflarda esa “Geografiya”, “Biologiya” va “Fizika” oʻqituvchilari, 5-11-sinflarda “Tarbiya” fanini, Tarix, Milliy istiqlol gʻoyasi va huquq mutaxassisligiga ega fan oʻqituvchilari dars oʻtishlariga: “Tabiiy fan (science)“ va “Tarbiya” fanidan dars berayotgan boshlangʻich taʼlim, shuningdek, fizika, geografiya, biologiya, tarix, davlat va huquq asoslari fanidan amaldagi malaka toifalariga mos ravishda haq toʻlanishiga rozilik berildi. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan belgilangan, oliy malaka toifa (bosh oʻqituvchi lavozimi)ga ega boʻlganidan soʻng oliy malaka toifani 15-yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaslik tartibi 2022-yil 2-avgustga qadar 15 yillik uzluksiz ish stajiga hamda oliy malaka toifaga ega (bunda oliy toifaga ega boʻlganlik davri muhim emas) boʼlgan pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi 312-son qarorining 9-bandida keltirilgan talablar ikkinchi xorijiy til pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilandi.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
132 209
3 141
❗️ 21-29-aprel kuni attestatsiya imtihonini topshiradigan MATEMATIKA fani ustozlari uchun MUHIM XABAR 21-28-aprel kunlari @attestatsiya_online telegram kanalida bir necha xalqaro olimpiadalar g'olibi, 2019-yil Jautikov xalqaro olimpiadasi oltin medal sohibi va 2 yildan beri ustozlar attestatsiyasi bilan shug'ullanib kelayotgan ABBOSXON SAYLIEV tomonidan 1 haftalik BEPUL-JONLI intensiv darslar bo'lib o'tadi Darslar @attestatsiya_online telegram kanali orqali bo'lib o'tadi. Dars mavzularini yuqoridagi rasm orqali ko'rib olishingiz mumkin. Darslarni o'tkazib yubormaslik uchun hoziroq ushbu telegram kanaliga obuna bo'lib qo'ying 👇 ⚡️ @attestatsiya_online ⚡️ @attestatsiya_online ⚡️ @attestatsiya_online P.S. bu xabarni matematikadan attestatsiya topshiradigan ustozlarga yuborib qo'yamiz 😉
Show more ...
31 406
194
⚡️Vazir jamgʻarmasidan ustama olishga nomzodlarning kasbiy mahoratini mezonlari va suhbat bo‘lib o‘tadigan manzil va sanalar tasdiqlandi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qaroriga asosan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasidan ustama olish uchun oʻtkazilgan birinchi bosqich test sinovlarida maksimal ballning 80 va undan yuqori foiz natijani qayd etgan nomzodlar ikkinchi bosqichga tavsiya etilgan. Ikkinchi bosqichda nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun mamlakatimizning barcha hududlarida joriy yilning 23-27-aprel kunlari suhbat oʻtkaziladi. Shu munosabat bilan Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama toʻlanadigan nomzodlarning 2-bosqich kasbiy mahoratini baholash boʻyicha Nizom, baholash mezonlari va hududlarda suhbat oʻtkazish jadvali tasdiqlandi. Har bir nomzod hududiy maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari tomonidan suhbat topshiradigan kuni va vaqti bo'yicha qo'shimcha xabardor qilinadi.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...

vazir jamg'armasi 2-bosqich.pdf

40 616
621
34 293
380
Oʻqituvchi navbatdagi majburiy attestatsiyada ishtirok etmasa nima boʻladi? Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomda attestatsiyada uzrli yoki uzrsiz sabablarga asosan ishtirok etmaganlik uchun koʻriladigan choralar belgilab qoʻyilgan. ✅ Pedagoglar attestatsiyada uzrli sababga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra kelmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi. Pedagog kadr uzrsiz sababga koʻra navbatdagi majburiy attestatsiyada ishtirok etmagan boʻlsa, u attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda uning tegishli malaka toifasi (lavozimi) bir pogʻona tushiriladi. ❗️Uzrsiz sababga koʻra attestatsiyada ishtirok etmagan mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimidagi pedagog kadr attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda ish beruvchi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega. ✅ O‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagog kadrlarning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ularga navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishdan oldin amalda bo‘lgan malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show more ...
31 166
138
Last updated: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio