⚡️ Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati muhokamaga qo‘yildi
Muhokamalar
portaliga joylashtirilgan qo‘shma qaror bilan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan
pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 28-iyulda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining qarori bilan
2023-2024 oʻquv yilida ustama toʻlanadigan Sertifikatlar roʻyxati tasdiqlangan edi.
Loyihada
ayrim sertifikatlar bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish taklif etilmoqda:
➖GRE va GMAT sertifikatlarida faqat
Quantitative Reasoning qismi boʻyicha toʻplangan ballar inobatga olinadi;
➖Digital SAT) sertifikatida
faqat matematika (math) qismi boʻyicha toʻplangan ballar inobatga olinadi;
Ushbu sertifikatlar quyidagi pedagoglar uchun amal qiladi:
➖oʻzbek tili va adabiyot fani sertifikatini olgan
ona tili va adabiyoti hamda oʻzbek tili (davlat tili) fanidan dars beruvchi pedagoglar uchun;
➖rus tili va adabiyoti fani sertifikatini olgan milliy hamda rus tili sinflarida dars beruvchi pedagoglar uchun;
➖TRKI sertifikati
taʼlim tili rus tili boʻlmagan sinflarda dars beruvchi rus tili fani pedagoglari uchun amal qiladi;
Avvalroq, ustama olish uchun
fan o‘qituvchilariga B+, b
oshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat talab qilinishi mumkinligi haqida
xabar bergan edik.
Batafsil: 👉
https://talimxabarlari.uz/4647/
✅
Ta’lim nazorati rasmiy kanaliShow more ...