Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Category
Channel location and language

audience statistics Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Rasmiy: 🌐 www. piima.uz  📱 t.me/piimauz ⌨️ facebook.com/ piima.uz   🖥 instagram.com/ piima.uz   Murojaat: 📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1 📬 info@ piima.uz  ☎️ +998(71)207-40-48 🤖 t.me/piimasavollar_bot 
Show more
42 838-171
~14 203
~19
25.12%
Telegram general rating
Globally
18 534place
of 78 777
678place
of 2 295
In category
767place
of 2 347

Subscribers gender

Find out how many male and female subscibers you have on the channel.
?%
?%

Audience language

Find out the distribution of channel subscribers by language
Russian?%English?%Arabic?%
Subscribers count
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

User lifetime on the channel

Find out how long subscribers stay on the channel.
Up to a week?%Old Timers?%Up to a month?%
Subscribers gain
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine
#EʼLON ⚡️BITIRUVCHI SINF OʻQUVCHILARINI YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASIDAN OʻTKAZISHGA DOIR METODIK TAVSIYA VA MATERIALLAR TASDIQLANDI Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan bitiruvchi sinf oʻquvchilari ishtirokida oʻtkaziladigan yakuniy attestatsiya fanlari spetsifikatsiyalari hamda yakuniy davlat attestatsiyasi (ogʻzaki va yozma) topshiriqlari ishlab chiqildi. ❗️Unda Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 9- va 11-sinf oʻquvchilarini tegishli fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish boʻyicha zarur metodik tavsiya va materiallar oʻrin olgan. 📶 Batafsil: https://piima.uz/page/metodik-tavsiya-va-materiallar Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show more ...
16 169
206
⚡️58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasining yakuniy natijalari e'lon qilindi. 20-26-aprel kunlari Xitoyning Shenjen shahrida 40 ga yaqin davlatlarning terma jamoalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida yurtimiz o‘quvchilari 1 ta kumush, 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi Medal sohiblari bilan tanishing: 🥈Kumush - Daler Rahimov, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi; 🥉Bronza - Ahrorbek Bahodirov, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi; 🥉Bronza - Saida Abdullayeva, Navoiy viloyati, 11-son AFCHO'IM, 11-sinf o‘quvchisi; 🥉Bronza - Elyorbek Adhamov, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi; 🥉Bronza - Mirjaxon Muxammadov, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi. Barcha g’oliblarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini tabriklaymiz! Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang. Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yor bo‘lsin! Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show more ...
7 195
22
O’zbekiston terma jamoasi Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etish uchun Bolgariyaga yetib bordi ✅  Joriy yilning 27-aprel-2 may kunlari Bolgariyaning Varna shahrida 41-Bolqon Matematika olimpiadasi o’tkaziladi. Xalqaro olimpiadada turli mamlakatlardan jami 138 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etishi kutilmoqda. ❗️O’zbekiston terma jamoasi mazkur xalqaro olimpiadada jamoaviy tarzda ikkinchi marta ishtirok etmoqda. Terma jamoamiz a’zolari bilan tanishing: ➖ Boboqulov Asadbek– Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi, ➖ Suyunova Madina —Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning  11-sinf o‘quvchisi, ➖ Axtamov Ozodbek —  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi, ➖ Zohidjonov Elbek —  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi, ➖ G‘affarov Rasulbek — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabning 9-sinf o‘quvchisi, ➖ Jaylovov To‘lqin — Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi. ❗️Eslatib o‘tamiz, 40-Bolqon Matematika olimpiadasida 4 ta bronza medali qo‘lga kiritilgan edi. Terma jamoamiz a’zolariga omad va zafarlar tilab qolamiz! Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show more ...
5 618
12
#hududlardan_xabarlar ⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabida Washington fan va texnologiya universiteti professorlari bilan muloqot tashkil etildi. ⏺Fargʻona shahridagi Prezident maktabi, O’zbekiston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilari "RoboKU-2024" tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. ⏺Guliston shahridagi Prezident maktabi, Boyovut tuman va Shirin shahar ixtisoslashtirilgan maktablarida Turkiyaning nufuzli universitetlari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi. ⏺Samarqand shahridagi Prezident maktabida tabiiy fanlar oʻqituvchilari uchun trening tashkil etildi. ⏺Termiz shahridagi Prezident maktabida prokuratura sohasi mutaxassislari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. ⏺Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi delegatsiyasi Nurafshon shahridagi Prezident maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. ⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida “Ayaziy ixlosmandlari” tanlovi tashkil etildi. ⏺Farg’ona shahridagi Prezident maktabi, Ogahiy nomidagi ijod maktabi, Shayxontohur, Uzun, Chust, Uchqoʻrgʻon, Buxoro,Gʻijduvon, Kosonsoy, Oltiariq, Uchkoʻprik, Yozyovon, Boyovut, Mirzaobod, Qarshi, Guliston tumanlari va Namangan, Kogon, Margʻilon, Yangiyo‘l, Guliston, Shahrisabz shaharlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarga ega boʻldi. ⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Farmatsevtika texnik universiteti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. ⏺Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari ishtirokida "Harakatsiz nishonlarda oʻq otish" mavzusida amaliy mashgʻulot oʻtkazildi. ⏺Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Turon yo‘lbarslari” musobaqasi tashkil etildi. ⏺Quyi Chirchiq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Milliy qadriyatlar-millat tayanchi” shiori ostida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show more ...
8 220
11

IMG_2854.MOV

5 424
4
#Seminar_trening 🔴 Ayni damda poytaxtimizda “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida tashkil etilgan o‘quv seminari davom etmoqda. Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, ziyolilar, mamlakatimizning barcha tuman va shaharlaridan kelgan pedagoglar ishtirok etishdi. Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi: ➖Yoshlarimizni ma'naviy tahdidlardan asrash, ularni kamolotga yetkazishda eng katta mas'uliyat aynan ustozlarimiz yelkasiga yuklanadi. Zero, ta'lim tarbiya bilan chambarchas bogliq jarayondir Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri: Bugungi seminar orqali maktablardagi tarbiyaviy ishlarni zamonaviy metodlarda tashkil etish, bunga mas’ul rahbarlarning ish uslubi, malakasini oshirishni niyat qilganmiz. ❗️Shuningdek, tadbir davomida vazirlik tomonidan tayyorlangan “Ota-ona – murabbiy” kitobi taqdimoti ham tashkil etildi. 👉 Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1576 Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show more ...
7 136
19
#OAV_biz_haqimizda Oʻzbekiston 24 | Gulistonlik bir oilaning uch nafar farzandi Prezident maktabida taʼlim olmoqda Renessans TV |Prezident maktabi oʻquvchisi URSINUS kollejiga 100 foizlik grant asosida qabul qilindi Oʻzbekiston 24 | Prezident maktablari: ta’limdagi islohotlar samarasi Oʻzbekiston 24| Президентские школы: достойные дети нового Узбекистана Fargʻona MTRK | Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida oʻtkazilgan "Ijodiy olimpiada"ning Agentlik bosqichi, "Fargʻona oqshomlari" tadbirlari Sirdaryo MTRK | Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻrtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi Namangan MTRK | Namangan shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi, informatika fanidan Xalqaro Jautikov olimpiadasida kumush medal sohibi, bir nechta mintaqaviy olimpiada va tanlovlar g'olibi hamda 2024-yilgi respublika fan olimpiadasida 1-o'rin sohibi Husanboy Mansuraliyev haqida reportaj Andijon MTRK | Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan 1-rolik Andijon MTRK | Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan 2-rolik Andijon MTRK | Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan 3-rolik Xorazm MTRK | "Assalom, Xorazm" dasturida Ogahiy nomidagi ijod maktabi faoliyati haqida lavha Fargʻona MTRK | Pedagog kadrlarning attestatsiyasi Xorazm MTRK | Ogahiy nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi Hilolaxon Jumanazarova "Assalom, Xorazm" teledasturi mehmoni Oʻzbekiston 24 | "Yashil makon" umummilliy loyihasi: natija va samaradorlik Xorazm MTRK | Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Gulshan Rahimova va 9- sinf oʻquvchisi, IELTS 7.5 ball natijani qoʻlga kiritgan Doniyor Matyakubov "Assalom, Xorazm" dasturi mehmoni "Hurriyat" gazetasi | “Adabiy laylatul qadr" Qashqadaryo MTRK | Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi vakillari "Fazyli kun" musiqiy dam olish dasturi mehmoni Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show more ...
6 072
13
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda 26-aprel – O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun. Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan. Shoir adabiyotimizda betakror timsollar yarata olgan, hayot voqeligini chuqur va o‘ziga xos tarzda ifodalagan, ajoyib iste’dod sohibi sifatida munosib iz qoldirgan. Muhammad Yusuf 2021-yil 47 yoshida vafot etgan. Ma’lumot uchun, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 2017-yildan faoliyat yuritib kelmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show more ...

y2mate_com_Muhammad_Yusuf_Ozbekiston_Муҳаммад_Юсуф_Ўзбекистон_480p.mp4

11 926
74
#hududlardan_xabarlar ⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabida “Zakovat” intellektual o’yini bo’lib o’tdi. ⏺Qarshi shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari “O'zaeronavigatsiya” Markazi mutaxassislari bilan uchrashdi. ⏺Jizzax shahridagi Prezident maktabida hududdagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilari oʻrtasida sport musobaqasi oʻtkazildi. ⏺Guliston shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari IV Respublika kitoblar ko‘rgazmasida ishtirok etdi. ⏺Fargʻona shahridagi Prezident maktabida "Liderlar kuni" oʻtkazildi. ⏺Navoiy shahridagi Prezident maktabida biologiya fani oʻqituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi. ⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari fransuz pianinochisi Joanna Godal konsertida bo’ldi. ⏺Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Bobur milliy bog‘i majmuasiga sayohat qildi. ⏺Xiva shahridagi Prezident maktabida hududdagi STEM fanlari pedagoglari uchun mahorat darslari tashkil qilindi. ⏺Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida psixologik trening oʻtkazildi. ⏺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida O‘zFA akademiklari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. ⏺Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Sardorjon Sunnatullayev Turon yakkakurashi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan "O‘zbekiston chempionati"da 3-o‘rinni egalladi. ⏺Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari "Nurota tuman hududiy elektr tarmoqlari AJ" faoliyati bilan tanishdi. ⏺Jarqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilari IELTS sertifikatiga ega boʻldi. ⏺Furqat tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Qo‘qon shahrida joylashgan harbiy qismga ekskursiya qildi. ⏺Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari xalqaro taʼlim grantlarini qoʻlga kiritdi. ⏺Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida xalqaro va milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar taqdirlandi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show more ...
7 402
8
#Ijodiy_olimpiada IJOD MAKTABLARI OʻQUVCHILARI OʻRTASIDA ILK BOR OʻTKAZILGAN IJODIY OLIMPIADA YAKUNLANDI Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining 8-9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida ikki bosqichli “Ijodiy olimpiada” yakunlandi. Agentlik bosqichida ishtirokchilar ijodiy matn, monolog, bahribayt shartlari asosida oʻzaro kuch sinashdi. Yakuniy natijalar va hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra: 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida: 1-o‘rinni – Nigina Rustamboyeva, Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi; 2-o‘rinni – Zilola G‘ofurjonova, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktab o‘quvchisi; 3-o‘rinni – Hojira Kamoliddinova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktab o‘quvchisi; 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida: 1-o‘rinni – Rayyona Alijonova, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktab o‘quvchisi; 2-o‘rinni – Zulxayo Mingboyeva, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktab o‘quvchisi; 3-o‘rinni – Shahlo Safarova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktab o‘quvchisi egalladi. Olimpiada gʻoliblari hamda ishtirokchilari munosib taqdirlandi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show more ...
6 678
37
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor ⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Zangiota tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf oʻquvchisi Xojiakbar Toʻrabekov IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi. 💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz! Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
6 634
50
"Yangi O'zbekiston" universiteti: dunyoning 1-raqamli oliygohi – Massachusetts texnologiya instituti bilan hamkorlikda ta'limni rivojlantirish ustida ish olib boriladi Ta’kidlash joiz, bunday keng miqyosdagi tadbir Markaziy Osiyoda ilk marotaba tashkil etilmoqda, unda o‘z sohasining eng tajribali mutaxassislari bir yerga jamlanadi. Biz mahorat darslarida yurtimiz bo‘ylab barcha oliy ta'lim muassasalarini jalb qilishni va hamkorlik aloqalarini kuchaytirishni maqsad qilganmiz. Mazkur xalqaro tadbir 29-aprel — 2-may kunlari poytaxtimizdagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida bo’lib o’tadi. Mahorat darslarida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.
Show more ...
5 186
14
#Ekologiya TABIATNI ASRAB-AVAYLASH – MUQADDAS BURCH Nukus shahridagi Prezident maktabida Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi vazirligi, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati, “Sudoche-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasi vakillari ishtirokida tabiatni asrab-avaylash mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Unda Ona sayyoramiz, tabiatni asrab-avaylashga barcha masʻul ekanligi taʼkidlandi. Mutaxassislar, oʻquvchilar tomonidan ekologik muvozanatni asrash, jonivorlarga ziyon yetkazmaslik, tabiatni ifloslantirmaslik, tevarak-atrofni pokiza tutish haqida taqdimotlar qilindi. Tadbirda faol qatnashgan o‘quvchilar taqdirlandi. Ko‘chat ekish aksiyasi ham oʻtkazildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show more ...
4 903
4
Last updated: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio