Best analytics service

Add your telegram channel for

  • get advanced analytics
  • get more advertisers
  • find out the gender of subscriber
Category
Channel location and language

audience statistics Taomlanish ilmi

📚 Taomlanishga oid tasdiqlangan tibbiy-ilmiy ma'lumotlar berib boriladi. 🎓 Muallif:  @doctorferuz  ⚖️ TMI:  @tanamassaindeksi_bot  📥 Reklama:  @taomlanish_ads  
Show more
24 530+12
~18 838
~9
61.97%
Telegram general rating
Globally
29 773place
of 78 777
of 0
In category
303place
of 960

Subscribers gender

Find out how many male and female subscibers you have on the channel.
?%
?%

Audience language

Find out the distribution of channel subscribers by language
Russian?%English?%Arabic?%
Subscribers count
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

User lifetime on the channel

Find out how long subscribers stay on the channel.
Up to a week?%Old Timers?%Up to a month?%
Subscribers gain
ChartTable
D
W
M
Y
help

Data loading is in progress

Since the beginning of the war, more than 2000 civilians have been killed by Russian missiles, according to official data. Help us protect Ukrainians from missiles - provide max military assisstance to Ukraine #Ukraine. #StandWithUkraine

video.mp4

3 534
0
24. YOGʻLI GEPATOZ (jigarning alkogolsiz yogʻli distrofiyasi) muolajasi. Retsept: — Yetarlicha suyuqlik iching (kunda 1,5 l). — Pomidorni kunda 1-2 dona iste’mol qiling. Tarkibidagi likopin moddasi jigar hujayralarni zararlanishini himoya qiladi. — Kunda 2-3 chashka (125 ml’lik) kofe iching. Gepatoprotektor bor. — Kletchatkaga boy iste’mol qiling. Bu jigarga tushadigan yuklamani kamaytiradi. — Ortiqcha vazn boʻlsa Busiz yogʻli gepatozni bartaraf qilish ilojsiz. 👉
Show more ...
6 531
169
23. Homilador ayollar mevalarni ichida nok va behini tanlagani yaxshi. Sababi bu mevalarni tarkibida kletchatkasi nisbatan koʻpligi uchun homiladorlikdagi qabziyatni ketkazadi.
11 549
204
22. QON BOSIMINI KOʻTARISH (Gipotoniya) muolajasi. Retsept: — Kunda har 1 kg tana vaznga 30 ml suv ichish kerak (kamida). Hisoblash uchun tana vazningizni 30 ga koʻpaytirasiz. Masalan: vazn 70 kg boʻlsa, 70x30=2100 ml (2 litr) — Kunda har 1 kg tana vazniga 1,2 gr oqsil yeyish kerak (kamida). Hisoblash: 70x1,2=84 gramm. — Salatlarga (taomga ham) tuzni biroz koʻproq solib yeyish kerak. Tuzdan qoʻrqmaslik kerak va uni 10 grammgacha yesa boʻladi.
12 744
170
21. ANOR foydalari — Yalligʻlanishga qarshi kuchli taʼsirga ega, chunki antioksidantlarga boy. — Saraton hujayralarini hosil boʻlishiga qarshilik qilib, hatto oʻldiradi. Sut bezi rakida tavsiya qilingan! — Qon bosimini tushiradi. Tajribada, har kuni 150 ml anor sharbati ichilganda, 2 hafta oʻtib qon bosimi pasaygan. — Aterosklerozni oldini oladi. Uni davolashda, har kuni 100 ml anor sharbati isteʼmol qilish kerak. — Erkaklar salomatligida juda muhim bo'lib, jinsiy quvvatni yaxshigina oshiradi.
Show more ...
12 938
197
20. Kuz faslida yeyish kerak boʻlgan eng yaxshi mevalar — aynan shu faslda pishadiganlar: xurmo, behi, uzum… Mevalarga toʻyib olish kerak!
13 481
110
Immunitet haqida siz bilishingiz kerak boʻlgan muhim gaplar… 1,5X tezlikda eshitish mumkin. — kayfiyatni ta’siri bormi? — immunitetni mustahkamlashda qanday odatlar muhim? — qaysi mahsulotlar immunitetni koʻtaradi? Shu kabi savollarga javob olasiz. Yaqinlaringizga ulashing!

file

11 786
251
19. “Suv yoki choy ichgim kelmaydi, uncha-munchaga chanqamayman, sababini bilmayman” deb murojaat qiladiganlar bilan gaplashib koʻrdim. Ma’lum boʻlishicha ular odatda gazli/gazsiz shirin ichimliklarni (napitok’lar) koʻp ichishar ekan. Xulosa oʻzingizdan.
13 689
54
18. Kunda 100 gramm UKROP yeyish — organizmda temir (Fe) elementini kunlik ehtiyojini qondiradi. Bu bilan kamqonlikni (anemiya) oldini olish va agar anemiya boʻlsa uni davolash mumkin. Temirga kunlik ehtiyoj: Erkaklarga — 10 mg Ayollarga — 15 mg
17 113
319
17. Goʻshtni KOʻKATLAR bilan birga yeyishga sabab Har qanday goʻsht, hatto tabiiysi ham kolorektal saraton (yoʻgʻon ichak va toʻgʻri ichak oʻsma kasalligi) rivojlanishiga sabab boʻlishi mumkin. Xalqaro Saraton tadqiqotlari agentligi (XSTA) bundan ogohlantiradi! Bunga asosiy sabab goʻshtga qizil rang beruvchi pigment — gem moddasidir. Gemni zararli ta’siridan himoya qiluvchi modda — yashil rangli xlorofill pigmentidir. U yashil rangga ega oʻsimliklarda koʻp miqdorda boʻladi. «Qizilni yashil yengishi» taʼsiri Gollandiya olimlari tomonidan 9 yil davomida 120 ming kishini kuzatgan tadqiqoti bilan tasdiqlangan. Demak, goʻsht va goʻshtli taomlar bilan doim yashil rangli koʻkatlar isteʼmol qilish kerak.
Show more ...
16 886
296
16. JIGAR salomatligi uchun Oshqovoqni turli koʻrinishlarda: somsa, manti, shirguruchga solib, oʻzini duxovkada pishirib, turli salatlarga qoʻshib isteʼmol qilsa boʻladi. Hattoki uni bir yoshgacha boʻlgan bolalarga pishirib, ezib berish mumkin. Oshqovoq tarkibida kuchli antioksidant — flavanoidlar judayam koʻp. Bu moddalar jigar hujayralarini turli toksinlardan himoya qiladi va tiklaydi.
14 450
326
15. SHAMOLLAGANDA eng yaxshi ichimliklardan biri — na’matak damlamasi hisoblanadi. Bu ham immunitetni mustahkamlaydi. Tayyorlanishi: 4-5 osh qoshiq quruq mevasini (ikkiga boʻlib) 1 litr suvga solinadi va bir qaynab chiqqandan keyin oʻchirilib, damlab qoʻyiladi. Tabga koʻra asal qoʻshish mumkin.
15 934
278
14. Behi yeyish yurak xastaligini ketkazadi. (Taomlanishda nabaviy tavsiyalardan)
16 238
182
13. Uzoq vaqt oʻtirish chanoq sohasida va oyoqlarda qon aylanishini buzilishiga olib keladi. Bu esa kichik chanoq sohasi va oyoqlarda varikoz rivojlanishiga, shu soha a’zolarida (jinsiy a’zolar, yoʻgʻon ichakni oxirigi 2 ta qismi) qon aylanishini buzilishiga sabab boʻladi. Doim oʻtirib ishlaydiganlar har soatda bir marta oʻrnidan turib, biroz aylanib kelish tavsiya qilinadi.
17 397
209
12. YERYONGʻOQ ilmiy jihatdan dukkakli o'simliklar oilasiga kiradi.  Garvard universiteti olimlari o'tkazgan tadqiqotda haftasiga besh kun va undan ko‘proq yeryong‘oq iste’mol qilganlarda yurak kasalliklari xavfi, haftasiga bir yoki undan kam miqdorda iste’mol qilgan odamlarga nisbatan bir necha barobar kamayganini aniqlashgan.  Haftada bir yoki bir necha qism yeryong'oq iste'mol qiladigan o'smir qizlarda fibrotik o'zgarishlarning rivojlanish xavfi sezilarli darajada kamayadi, bu esa ko'krak bezi saratoni rivojlanishini oldini oladi. Har kuni bir siqimdan yeryongʻoq yeyishga harakat qiling.
Show more ...
17 550
225
T-Bankda yangi dizayndagi Black kartalari ishlab chiqilganidan xabaringiz bormi? Yangi dizayndan tashqari, karta boshqa afzalliklarga ham ega: agar sizda Pro obunasi (birinchi oy bepul) boʻlsa, T-Bank ilovasida ona tilingizda migratsiya masalalari boʻyicha maslahat olishingiz va MDH mamlakatlariga tez pul oʻtkazishingiz mumkin, eng muhimi rasmiylashtirish uchun Rossiya fuqaroligiga ega boʻlishingiz shart emas. Hozir kartalar Tojikiston, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Armaniston, Qirgʻiziston va Belarus tabiati bilan cheklangan dizaynda mavjud. Tojik, oʻzbek, qirgʻiz yoki rus tillarini bilishingizdan qatʼi nazar, T-Bank ilovasi mutaxassislari sizga yordam beradi: - Hujjatlar bilan bogʻliq muammolarni hal qilishda; - Ish va uy-joy topishda; - Tibbiy yordam va taʼlim olishda. Siz yangi dizayndagi Black kartasini quyidagi havolada rasmiylashtirish mumkin: - Реклама. АО "ТБанк", ИНН 7710140679, лицензия ЦБ РФ № 2673, erid: 2VtzqvhEJ3w
Show more ...
9 083
9
11. GIPERTONIYADA koʻp miqdorda suyuqlik ichish tavsiya qilinmaydi. Tana vazni 100 kg’gacha boʻlganlar kunda 1,5 litrgacha (6 stakan), 100 kg’dan ortiq vaznda esa 2 litrgacha (8 stakan) ichish mumkin, undan koʻp emas.
13 506
133
10. GIPERTONIYA (qon bosimini ortishi) muolajasi. Retsept: Karkade oʻsimligini gul yaproqlarini quritilgani sotiladi. Shundan olasiz va choy damlagandek damlab, kunni ikkinchi yarmida ichib yurasiz. Bu ichimlik oxiri -pril bilan tugaydigan dori guruhidan yaxshiroq natija beradi. 1 kishi uchun: 1 osh qoshiq karkadeni 0,5 litr qaynagan suvga damlanadi. Tabga koʻra ozgina asal qoʻshish mumkin.
17 055
312
10. GIPERTONIYA (qon bosimini ortishi) muolajasi. Retsept: Karkade oʻsimligini gul yaproqlarini quritilgani sotiladi. Shundan olasiz va choy damlagandek damlab, kunni ikkinchi yarmida ichib yurasiz. 1 kishi uchun: 1 osh qoshiq karkadeni 0,5 litr qaynagan suvga damlanadi. Tabga koʻra ozgina asal qoʻshish mumkin. Bu ichimlik kaptopril dorisidan yaxshiroq natija beradi.
1
0
9. Ayollar muntazam ravishda (haftada 2-3 marta) loviya yeyishlari kerak. Loviya oʻzida koʻp miqdorda fitoestrogenlar saqlaydi. Bu modda ayol organizmi uchun muhim, jumladan: — estrogenlar yetishmovchiligida — erkaklik gormoni — testosteron ortib ketishida — libidoni pasayishi yoki yoʻqolishida — pred-post-menopauza sindromida — tuxumdonlar polikistoz sindromida — hayz siklini buzilishida va boshqa ayollarga xos muammolarda yordam beradi.
17 098
384
8. BUYRAKLARDA TUZ va TOSH hosil boʻlishini asosiy sababi yetarlicha suv ichmaslikdir. Kunda kamida 6-7 stakan toza suv ichib yuradigan odamlarda buyrak-tosh kasalligi rivojlanish xavfi juda past boʻladi. Hojatga qatnashdan qoʻrqib suv ichmaslik — kelajakda shifoxonaga qatnashga majbur qiladi.
16 568
303
7. QONNI SUYULTIRISH muolajasi. Retsept: — Yetarlicha (kunda kamida 6-7 stakan) suv iching. Qonni 60% qismi suvdan iborat, agar tanada suv kamaysa dastlab qondagi suv kamayadi va qon quyuqlashadi. — Suvga boy meva va sabzavotlarni kunda (2-3 dona) 400-500 gramm yeyish kerak.
19 650
308
6. Sabzavot va mevalarni YUVISH texnikasi 10% tuzli eritma 5% sirka eritmasi bilan bir xil taʼsirga ega! Pestitsidlardan halos etuvchi tuzli eritmani tayyorlash uchun toʻqqiz qism suvga bir qism tuz qoʻshib, aralashtiring. Tayyor boʻlgan eritma bilan sabzavot va mevalarga ishlov bergandan (1-2 daqiqa) soʻng ularni oqar suvda yuvishni unutmang!
16 276
112
5. UYQU VAQTI qancha boʻlishi kerak? Yaponiyalik olimlar 14 yil davomida 100,000 o'rta yoshli erkak va ayolni kuzatishgan. Ma’lum boʻlishicha 4 soatdan kam yoki 10 soatdan koʻp uxlaganlarda insultdan o'lish xavfi 50% ga oshgan. 150,000 amerikalik ishtirok etgan yana bir tadqiqotda bu yanada chuqurroq o'rganildi. 6 soatdan kam yoki 9 soatdan koʻp uxlaydigan odamlarda insult bo'lish ehtimoli ko'proqligi yana bir karra isbotlandi. Eng past xavf 7-8 soat uxlaydigan odamlarda kuzatilgan. Yevropa, Xitoy va butun dunyoda keng ko‘lamli tadqiqotlar 7-8 soatlik uyqu organizmga eng kam xavf solishini tasdiqladi.
Show more ...
16 978
192
4. UYQUSIZLIK muolajasi. Agar tunda telefonda oʻynab, oʻqib yoki videolar tomosha qilsangiz — melatonin (uyqu gormoni) yetarlicha ishlab chiqarilmaydi va tabiiyki uyqu kelmaydi. Bu gormon qonga chiqishi uchun koʻzdan yorugʻlik toʻsilishi kerak. Retsept: — Uxlash xonasi qorongʻu boʻlsin va uxlashdan oldin telefonga qaramang. — Xandon pistani uxlashdan 1-1,5 soat oldin 2-3 ta dona yeb oling (pistani 1 grammida 0,2 gramm melatonin bor).
14 644
308
3. QABZIYAT (запор) muolajasi. Retsept: — Suvni kun davomida kamida 6 stakan (250-300 ml’lik) iching (axlat massasini yumshatadi). — Kletchatkaga boy mahsulotlar: don, dukkaklilar, koʻkatlarni ratsionda koʻpaytiring (axlatni evakuatsiyasi tezlashadi). Qabziyatni eng asosiy sababi kletchatkani kam iste’mol qilish hisoblanadi.
14 163
335
2. Kamqonlik (anemiya) muolajasi. Retsept: — Sitrus mevalar, bulgʻor qalampirini muntazam iste’mol qiling (ichaklarda temirni soʻrilishi uchun muhim boʻlgan vitamin C’ga boy). — Grechkani haftada 2 mahal, har qanday koʻrinishda pishirib yeyish kerak (temirga boy). — Choyni kamida ovqatdan 30 daqiqa oldin va 1 soat keyin iching (tarkibidagi tanin moddasi temirni soʻrlishiga qarshilik qiladi).
15 734
389
1. Erkaklarda uchraydigan erektil disfunksiyani muolajasida har kuni 4-5 boʻlak tarvuz yeyish tavsiya qilinadi. Tarvuzdagi sitrullin moddasi “a’zo” tomirlarini kengaytirib, qon oqimini oshiradi.
13 620
106
FORMAT OʻZGARYAPTI… Bundan keyin ma’lumotlarni tushunarli, oson, qulay va oʻqishli boʻlishi uchun qisqa koʻrinishda, bilan raqamlab joylab boraman. Sizlardan talab esa imkon qadar amal qilish! Kelishdikmi?!
13 084
14
FORMAT OʻZGARYAPTI… Bundan keyin ma’lumotlarni tushunarli, oson, qulay va oʻqishli boʻlishi uchun qisqa koʻrinishda, hashtag bilan raqamlab joylab boraman. Sizlardan talab esa imkon qadar amal qilish! Kelishdikmi?!
12
0
Last updated: 11.07.23
Privacy Policy Telemetrio