⚡️
O‘zbekneftegaz moliyaviy holatiga nazar solamiz
2023 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekneftegazning alohida va konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlari tubga inayotgan monopolistning ahvoli yanada og‘irlashganini ko‘rsatadi.
Likvidlik keskin kamaygan. Pul mablag‘lari qoldig‘i 2 487
mlrd.so‘mdan 960
mlrd.so‘mgacha qisqargan.
Debitor qarzlar ortgan. Debitorlar jami 3 905
mlrd.so‘mdan 5 265
mlrd.so‘mgacha yetgan. Debitorlar ortganiga qaramay, yo‘qotishlar uchun zaxiralar kamaygan.
Affillangan tomonlarning O‘zbekneftegazga qarzi (yana Uz−Kor Gas Chemical, Natural Gas Stream, O‘ztransgaz bilan bog‘liq) 707
mlrd.so‘mdan 7 558
mlrd.so‘mga yetgan.
Sotiladigan aktivlar qiymati 1 811
mlrd.so‘mdan 4 887
mlrd.so‘mga yetgan. Ushbu keskin oshish yana o‘sha shonli Saneg uchun sovg‘a qilingan Sho‘rtan 2 loyihasi bilan bog‘liq. Qanday qilib 1,8
trln.so‘mlik aktiv 4,9
trln.so‘mgacha ko'tarilib qolgani bo‘yicha auditor tafsilotlarni keltirmagan.
Qisqa va uzoq muddatli qarzlar keskin oshgan. Uzoq muddatli 32 627
mlrd.so‘mlik qarzning 8 661
mlrd.so‘mlik qismi joriy yilda so‘ndirilishi kerak. Bu kreditorlarni xavotirga tushiradigan ko'rsatgichdir.
O‘zbekneftegaz so‘mda 26%dan, valyutada 13%gacha qarz olishga o‘tgan (odatda qarz botqog‘iga botganning ko‘ziga foiz ko‘rinmaydi). Monopolistning shu holatiga 2024 yilning may oyida O‘zSQB, Hamkorbank va KDB banklar 57 mln.dollar kredit berishgan.
O‘zbekneftegazning sof foydasi 4,5 barobardan ziyod 2 853
mlrd.so‘mdan 628
mlrd.so‘mgacha kamaygan.
Moliyaviy natijalarning keskin yomonlashuvi kurs farqidagi ulkan yo‘qotishlar (1 193
mlrd.so‘mdan 4 217
mlrd.so‘mngacha) va foiz to‘lovlarini o‘z ichiga oladigan moliyaviy xarajatlar (2 694
mlrd.so‘mdan 4 430
mlrd.so‘mgacha) oshgani fonida yuz bergan.
Manbaa - Bakiroo
@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog.Show more ...